izostaziya,
ya’ni muvozanat holatini tushuntiradi. Yerning magnit
va elektrik xossalarini o ‘rganish esa geologiya qidirish ishining eng
muhim usuli bo‘lgan
magnitometriya
razvedkasida juda ahamiyat-
lidir. Qazilma boyliklami qidirishda bu usul ko‘p ishlatiladi.
14
Yerni geofizik jihatdan tekshirishda uning eng chuqur qismini
tekshiruvchi seysmometrik usuldan foydalaniladi. Bu usul Yer
qatlamlaridagi seysmik (zilzila) to'lqinlarning tarqalish tezligi,
yutilish va qaytish qonuniyatlarini, Yerning fizik va kimyoviy
xususiyatlarini o ‘rganadi.
Shuningdek, geologiyada geokimyoning yutuqlari ham katta
o ‘rin tutadi. Geokimyoviy tog‘ jinslarini tashkil etgan kimyoviy
moddalami aniqlaydi, metallogeniya va vulqon otilishi jarayonlarida
vujudga kelgan kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini
o'rganadi.
Geologiyada tarixiy usul.
Tabiat va jam iyatni o'rganishda
tarixiy usul dialektikaning eng asosiy jarayonlaridan hisoblanadi.
Bu usulda har qanday voqea va hodisa tarixiy rivojlanish sharoiti
asosida o ‘rganiladi. Geologiyada tarixiy usul geologik tushunchalar
paydo bo‘lgandan keyin, ayniqsa ilmiy geologiya paydo bo ‘lishi
munosabati bilan qo'llanila boshladi.
Yer sharining qazilma boyliklari bo ‘shliqda tasodifan joylash
gan emas, balki ular Yer sharidagi kimyoviy m oddalarning fizik-
kimyoviyjarayoni natijasida paydo bo‘lgan. Mineral va tog‘jinsla
rining hosil bo‘lishida geologik jarayonlar katta rol o ‘ynagan. Shu-
ning uchun ham har bir geologik mahsulotni tarixiy geologik vo-
qealar bilan bog‘lab tekshirilsa, uning asl mohiyati ochib beriladi.
Geologiyada aktualizm usulining roli.
G eolog Y erning
tuzilishini o ‘rganganda, avvalo Yer po ‘sti bilan to'qnashadi.
M a’lumki, Yer po ‘sti turli geologik jarayonlar natijasida hosil
bo'lgan m inerallar va tog‘ jinslaridan tarkib topgan. Lekin bu
jarayonlar qachonlardir o ‘tib ketgan. Tog' jinslari esa hozir ham
hosil bo‘lmoqda. Ularning paydo bo‘lish jarayonlarini sinchiklab
o'rganish, ko‘l, dengiz va daryo yotqiziqlarini va foydali qazilma-
larning vujudga kelish qonuniyatlarini tekshirish qadimgi geologik
davrlardagi geologik jarayonlarni va mineral xomashyolarining
paydo bo ‘lishini aniqlashda m uhim aham iyat kasb etadi. Bu tek
shirish usuli geologiyada aktualizm usuli (aktualizm jarayoni)
deb yuritiladi.
Shunday qilib, aktualizm geologiyada tarixiy usulning bir
formasidir. Astual — inglizcha hozirgi zamon demakdir: aktualizm
15
«hozirgi zam on o ‘tgan davrning kalitidir» degan ta ’birdan kelib
chiqadi. Binobarin, aktualizm, ya’ni hozirgi davrda Yer sharida
yuz beradigan fizik, kimyoviy, geologik jarayonlarni o'rganish
qadimgi geologik davrdagi tabiiy-geografiк jarayonlarni o ‘rganishga
yordam beradi.
Aktualizm usulining qo‘llanishi hoziigi zamongeologiyasining
asosiy qismi bo‘lgan dinamik geologiyaning vujudga kelishiga sabab
bo‘ldi.
Aziz diyorimiz — ulug‘ Turon Yeri hamma zamonlarda va
hamisha ham katta iste’dod soxiblariga - ulug‘ siymolaiga boy makon
bo‘lib kelgan. Bu yurtda Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Abu Rayxon
Beruniy, al - Farg‘oniy, al - Xorazmiy, Ulug‘bek kabi buyuk fan
davlat, madaniyat arboblari tug‘ilib o ‘sganlar, ijod qilganlar.
Geologiya fanining rivojlanishida ham 0 ‘zbekiston hududida
yashab o ‘tgan olimlarning o ‘rni juda katta. 0 ‘rta asrda yashab
o ‘tgan Abu Ali Ibn Sino (973—1048) «Kitob ul — shifo» asarida
turli tabiiy ilmlarga oid ko‘p m a’lum otlam i keltirdi. Kitobning
bir «tabiat» degan bolim i Yer yuzining davrlar o ‘tishi bilan o'zgarib
borishi, zilzilalar natijasida Yer po ‘sti ko‘tarilib borishi, tog‘ va
vodiylarni paydo b o lish sharoitlari, tog‘ jinslari va minerallarni
paydo bo‘lish yoMlari haqidagi nazariyasi, hayvon va o ‘simliklarni
toshga aylanishi haqida o ‘z fikrlarini bayon etgan. Bulardan
tashqari Ibn Sino X V III asrga q ad ar foydalanib kelingan
minerallarning tasnifini ishlab chiqdi.
Abu Rayxon Beruniy (978—1048), bir qator asarlarida, geologik
jarayonlar, mineral rudalar, Yerning tuzilishi haqida, o ‘zining ajoyib
fikrlarini bayon etdi. Uning astronomik tizimli xaritasi eski dunyoni
yaxshi bilganligidan, g‘arb olimlaridan oldin turganligini ko‘rsatadi.
Beruniy o ‘zining «mineralogiya» asarida minerallar haqida chuqur
va aniq ilmiy m a’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasnifiga
ajratishda faqat ularning rangi va tiniqligi emas, balki qattiqligi va
solishtirma og‘irligidan ham foydalangan. Abu Rayxon Beruniy
Yer yuzasining har bir qismi o ‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotga ega
ekanligi, dengiz quruqlikka, quruqlik dengizga aylanadi degan
tog'larni paydo bo'lishi va yo‘q bo‘lib ketishi tabiiy omillar asosida
yuz berishini talqin etuvchi nazaryalarni yaratdi.
16
XX asrda yashab ijod qilgan o ‘zbek xalqining yirik yershunos
va m a’danshunos olimlaridan biri X.M. Abdullayev (1912—1962)
edi. Uning izlanishlari natijasida davlat ahamiyatiga molik yirik-
yirik konlar topildi. Uning «Olrta Osiyo metallogeniyasi», «Ruda-
larni intruzivlar bilan genetik bog‘liqligi» kabi monografiyalar Ros-
siya va chet el olimlari tom onodan yuksak baholandi. X.M. Abdul
layev Fransiya geologiya va Buyuk Britaniya mineralogiya jam iyat-
larining haqiqiy a ’zosi edi.
G ‘.0 . Mavlonov gidrogeologiya va m uhandislik geologiyasi
ham da Seysmalogiya institutlarini tashkil qilgan, birinchi bo‘lib
Toshkent zilzilasining teng kuchlarga ega b o ‘lgan (izoseysta)
xaritasini tuzdi. G ‘.0 . Mavlonov zilzilani oldindan aytib berish
masalasida Yer p o ‘stining tektonik harakatlariga muhandis-geolog
va gidrogeologiya omillarini ta ’sirini o ‘rganish lozimligini aniqladi.
Bu omillarni o ‘rganish tektonik zilzilalarda Yer osti suvlarining
kimyoviy va gaz tarkibini o'rganish zarurligini ko‘rsatdi.
Markaziy Osiyoda metallageniya va petrografiya fanlarining
rivojlantirilishida I.M. Isamuhamedov, I.X. Hamroboyev, X.N. Boy-
muhamedov, T.N . Dolimov, I.M . Mirxojayev, «Gidrogeologiya
va muhandislik geologiyasi» sohasidaA.N. Sultonxo‘jayev, neft va
gaz geologiyasi sohasida A.R. Xadjayev, Z.S. Ibragimov, P.K.
Azimov Geotektonika sohasida Ahmedjonov, O.M. Borisovlar katta
xissa qo‘shganlar.
Quyosh turkum iga 9 ta katta sayyora, bir necha ming kichik
sayyoralar, asteroidlar, m eteorit va kometalar kiradi.
Quyosh turkum i diametri 12 mlrd km bo ‘lib, yorug‘lik nuri
uni 11 soatda kesib o ‘tadi.
Butun osmonni belbog1 kabi o ‘raydigan, yorug‘ tasm a-Som on
yo‘lidagi yulduzlar bizning yulduz sistemamiz — galaktikamizning
asosiy qismini tashkil etishi asta-sekin aniqlanib borildi.
Somon yo‘li — osm onda bizga ko‘rinadigan yulduzlardan
tashkil topgan yorug‘-yorug‘ halqa bo ‘lib, bizning G alaktikam iz
esa yulduzlarning gigant orolidi]
a barcha yulduzlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |