Merkuriy sirtining kunduzgi o ‘rtacha harorati +3° gacha
(selsiy shkalasida), kechasi — L80° С pasayadi.
Biroq shuni aytish
kerakki, p la n eta sirtin in g m ayda tu p ro g ‘i issiqlik yom on
o ‘tkazganligi tufayli bir necha o ‘n santim etr chuqurlikda harorat
sirt haroratidan keskin farq qilib, 70-90 gradusni tashkil qiladi va
juda kam o ‘zgaradi. Bu nazariy m a’lumot keyinchalik radioastro-
nomik kuzatishlar asosida to ‘la tasdiqlandi.
Merkuriyning relyefi
va fizik tabiatiga tegishli m a’lumotlarni «qo'lga kiritish» ning m u-
rakkabligi shundaki, bu sayyoraning yo‘li doimo Quyoshdan kichik
burchak oralig‘ida bo ‘ladi.
Merkuriyning «jamoli» ni yaqindan ko‘rish, sayyoralararo
avtomatik stansiya «M ariner-10» ga (AQSH) nasib qilgan ekan.
1973- yilning oxirlarida sayyora tomon yo‘lga chiqqan bu stansiya,
1974-yilning 21-sentabrida Merkuriydan 47 ming 981 kilometrlik
masofadan o ‘tayotib, planeta sirtining 500 ga yaqin sifatli rasmini
oldi. Bu rasmlar «yuz tuzilishi» jihatidan kenja sayyora oyga juda
o'xshashligini ko‘rsatdi. Oy sirtidagi kabi Merkuriy yuzasi ham
m eteoritlar zarbidan «momataloq» bo‘lib, turli kattaliklardagi
kraterlar bilan qoplangan «mariner 10» olgan planeta «portretlari»
dan shunaqangi ko'rinib turibdi.
Qizig‘i shundaki, garchi ko'pchilik kraterlarning diametri bir
necha o'nlab kilometrni tashkil qilsada, chuqurliklariga ko‘ra ular
oydagi kraterlardar^farq qiladi. Biroq kuzatilgan planeta kraterlari,
ularni o ‘rovchi tepalik markazlari va markaziy tog'chalariga ko‘ra
oy kfaterlarini eslatadi. Sayyora yuzidagi bu c h o ‘tirlik uning
hayotida o ‘ziga xos «kundalik» bo‘lib, Merkuriy sirtining shaklla-
nish tarixidan hikoya qiladi.
Shuningdek, planeta kraterlarining
ayrimlari, oydagi ba’zi kraterlar kabi radial yo‘nalishda cho‘zilgan
yorug1 nur sistemalari bilan o ‘ralgan.
Biroq Merkuriyda kuzatilgan ayrim obyektlar, na oyda va na
Quyosh sayyoralarida kuzatilmasligi bilan kishi diqqatini o ‘ziga
tortadi. Bulardan biri — eskarplar deb yuritiluvchi o ‘pirilishlar
bo‘lib, ularning balandligi 2—3 kilometrgacha yetadi. 0 ‘pirilishdan
hosil b o ‘lgan bunday jarliklarning uzunligi esa bir necha yuz
kilometrdan bir necha ming kilometrgacha boradi.
Merkuriy jinslarining
zichligi, oynikiday tartibda (3,0-3,3 g /
22
sm 3) b o iib , o ‘rtachasi 5,44 g /sm 3 ekanligi, uning m arkaziy
qism ida tem ir yadrosi borligini ko‘rsatadi. Eng kam ida bu,
Merkuriy markazida silikat jinslar
katta bosim ostida metallik
holatga o ‘tayotganidan darak beradi.
«M ariner-10» planetaning siyrak atmosferasi borligini m a’lum
qildi. M a’lum bir planetada atmosferaning bo ‘lish-bo‘lmasligi,
odatda, talay faktorlar bilan aniqlanadi. Biroq bularning ichida
eng m uhim i planetaning sirtida tortish kuchining kattaligi va
harorat eng m uhim rol o'ynaydi. H aroratning ortishi tufayli
atmosferani tashkil etgan molekula va atom lam ing tartibsiz issiqlik
harakatlari ortadi. O qibatda m a ’lum tezlikka erishgan havo
molekulalari planetani butunlay tark etadi.
Xuddi shu sababdan
Yer har kunda 100 tonnagacha vodorodidan «judo» bo‘ladi.
Kichik massali Merkuriy (Yer massasining 5,5 %ga) sirtida
bu q a d a r y u q o ri h a ro ra tg a c h a (+ 4 2 0 °C ) q iz ish , p la n e ta
atmosferasining asosiy qismining yo‘qolishiga sabab b o ‘lgan deb
qaraladi. Merkuriyning yo'ldoshi yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: