K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


Xushbo„y hid hosil qiluvchi mikroorganizmlar



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

3.Xushbo„y hid hosil qiluvchi mikroorganizmlar
.
 
Ba‘zi mikroblar moddalar almashinuvi natijasida organik kislota va 
spirtlardan iborat uchuvchan moddalar,murakkab efirlar hosil qilib, 
o‗zlaridan xushbo‗y hid chiqaradi.Bu murakkab efirlar: sirkali etil va 
sirkali amillar hidli aromatik moddalar bo‗lib, ularning hidi qovun, 
olma, nok, qulupnay va boshqa mevalarning hidiga o‗xshaydi. Xushbo‗y 
hid hosil qiluvchi mikroblar hidlik moddalar –murakkab efirlar, 
uchuvchan kislotalar,karbonat angidrid gazi bilan birga sariyoqqa va 
pishloqqa xushbo‗y hid beradigan hamda oksidlanish natijasida diase-
tilga aylana oladigan asetilmetilkarbonil ham hosil qiladi. Binolarning, 
sut mahsulotlarining, tuproqning, hashakning va boshqa narsalarning 
xushbo‗y hidli bo‗lishi ayrim mikrob turlarining hayotiy faoliyatiga 
bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun xushbo‗y hid hosil qiluvchi mikroblarni 
kulturasi oziq-ovqat sanoatida musalls va sut mahsulotlarini yaxshi hidli 
qilish maqsadida qo‗llaniladi. Sut zavodlarida qaymoq, saryog‗, qurt, 
pishloqlarni yahshi hidli qilish uchun 
Streptococcus citrovorus, Strept. 
Paracitrovorus, Leuconostos citrovorum
kulturasi ko‗proq qo‗llani-
ladi. Odam va hayvonlarda kasallik qo‗zg‗atuvchi bakteriyalardan 
ba‘zilari labarotoriya sharoitida o‗stirilganda biror hid chiqaradigan 
:ko‗k-yashil yiring tayoqchasining kulturalaridan karamel hidi,sil 
tayoqchalarining kulturasidan asal hidi keladi va hokazo. 


101 
4.Yorug„lik beruvchi yoki fotogen mikroorganizmlar. 
Ba‘zi mikroorganizmlar xususan dengizlarda yashaydigan bak-
teriyalar nur sochish xususiyatiga ega.Bu bakteriyalarda muayan 
moddalar hosil qilib, bu modda kislorod bilan birikkanda nur socha 
oladi. Buni lyuminisensiya, ya‘ni yorug‗lik berish deyiladi.Bunday bak-
teriyalar chig‗anoqlarda, dengizda baliq tangachalarida , o‗rmonlarda 
daraxt tagida yashovchi qo‗ziqorinlarda, chirik to‗nkalarni yaltiratib 
quyadi.Bunday bakteriyalar nur manbai bo‗lib hisoblanadi va nur 
taratuvchi bakteiyalar fotobakteriyalar deyiladi.Yorug‗lik berish –
oksidlanish jarayonida o‗ziga hos issiqlik energiyasining ajalib chiqishi-
dir. Bakteriya hujayrasiga kislorod ko‗plab kelib tursa uni yorug‗lik 
berishi kuchayadi.Bunday holatda yorug‗lik beruvchi fotogen mikrob-
ning tanasidagi fotogen modda-lyusiferin hosil qiladi,bu moddalar 
lyusiferaza fermentlarini ta‘sirida kislorod bilan yengil oksidlanadi. 
Go‗sht,baliq tangachasi va boshqalarning yorug‗lik berishini 
Arestotel(eramizdan 384-322 yillar ilgari)aniqlagan edi.Qorong‗ulikda 
yorug‗lik chiqaradigan,ya‘ni fosforessinsiya xususiyatiga ega bo‗lgan 
mikroblarni fotogen (grekcha‖photos‖ yorug‗lik ma‘nosida) mikroblar 
deyiladi.Fotogen mikroblar bir guruhga kirsalar ham,morfalogik jihatdan 
bir-biridan farq qiladi,ya‘ni ba‘zilari kokk,ba‘zilari mog‗or yoki vibrion 
shaklida bo‗lib, gramm(+) yoki gram(-)aeroblardir.Spora hosil qilmay-
digan fotogen mikroblarni yorug‗lik chiqarilishi uchun aerob sharoit va 
5-10
0
C issiq temperatura bo‗lishi qulaydir (ayrim hillari 35
0
C da ham 
yorug‗lik chiqarishi mumkin). 
Oziq muhitida peptone va karbon suvlari etarli bo‗lib, kislotali sharoit 
yaratilsa, fotogen bakteriyalar yaxshi rivojlanadi. Labaratoriya sharoitida bu 
mikroblarni 3-5% osh tuzi qushib baliq go‗shtidan tayyorlangan oziq 
muhitida 9-12°C issiq temperaturada o‗stirish mumkin. 
Fotogen bakteriyalarning ko‗pchiligi dengiz suvlarida, kamroq 
chuchuk suvlarda, tuproqda, go‗shtda, baliq tangasida yashaydi. Shuning 
uchun dengiz osti kechalari yaltirab shu‘la sochib turadi. Shunga o‗xshab 
go‗sht va baliq tangasi ham yaltirab turishi mumkin. Fotogen bakteriyalarni 
tipik vakilidir. Bu harakat qilmaydigan jelatinani suyultirmaydigan va 28
0

issiqlik temperaturada yahshi o‗sadigan kokksimon bakteriya bo‗lib, issiq 
30
0
C oshib ketsa o‗sishdan to‗xtaydi. Fotogen mikroblar chirish jarayonini 
vujudga keltiradigan mikroblar bor joyda uzoq yashay olmaydi. Fotogen 
bakteriyalarni beradigan yorug‗ligi qadar kuchli emas, ammo ularni nurida 
har xil narsalarni fotosur‘atga olish mumkin.Fotogen mikroorganizmlarning 
yorug‗ligi analiz qilinganda, uning rangi sariq,yashil va ko‗k ranglardan 


102 
iboratligi aniqlandi.Bundy har xil rang yorug‗lik fotogen mikrob hujay-
rasida ro‗y beradigan oksidlanish jarayonlari natijasida paydo bo‗ladi.Odam 
va qishloq xo‗jlik hayvonlari uchun zararli fotobakteriyalar hali aniq-
lanmagan, lekin ularning ayrimlari sovuq qonli hayvonlarni kasallantirishi 
mumkin. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish