K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


Kasallik bilan o„lgan jonivorlarni yorib ko„rish va mikro-



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

Kasallik bilan o„lgan jonivorlarni yorib ko„rish va mikro-
biologik jihatdan o„rganish. 


205 
Mikroorganizmlar ichak orqali qonga va boshqa a‘zolarga o‗tib 
ketmasligi uchun jonivorlarni nobud bo‗lgandan ketin yorib ko‗rish 
kerak. Chunki o‗lgan jonivorlar darhol yorilmasa yoki yorib ko‗rishning 
imkoni bo‗lmasa, u holda jonivor o‗ligini sovuq joyda saqlash kerak. 
Hayvonlarning o‗ligi maxsus xonalarda alohida stol ustida yorib ko‗ri-
ladi. Stolda o‗rganilayotgan materialni yorib ko‗rish va bakteriologik 
tekshiruvdan o‗tkazish uchun zarur bo‗lgan barcha asbob uskunalar 
tayyor bo‗lishi kerak: taxta yoki ichiga paraffin to‗ldirilgan vannacha 
(kyuveta) jonivorni fiksatsiya qilishda ishlatiladigan spirtovka yoki gaz 
gorelkasi, ichiga paxta solingan spirt to‗la idish (unda sterillangan 
xirurgik anjomlar, anatomik tutqichlar, qaychi, xirurgiya nishtari va h.k. 
saqlanadi), sterillangan paxta tanponlari, bakterial ilmoqlar, sterillangan 
paster tomizg‗ichlari, buyum shishasi ozuqa muhiti solingan Petri 
kosachalari, probirkalar, ana shunday zarur anjomlar hisoblanadi. Ozuqa 
muhiti esa jonivor o‗limiga sabab bo‗lgan mikroorganizmga mos 
ravishda tanlanadi.
Jonivorlar o‗ligini yorib ko‗rish chog‗idagi barcha kuzatishlar ba-
tafsil yozib boriladi. Jonivorni turi, tartib nomeri, kasallik qo‗zg‗atuvchi 
mikroorganizm yuqtirilgan vaqti va joyi, yuqtirilgan material nomi, 
hayvon o‗lgan vaqt, organizmda ro‗y bergan o‗zgarishlar bari qayd 
qilinadi. Yorish chog‗ida to‗qima va a‘zolarning parchalari yoki suyuq-
lik ish stoliga tushmasligiga ahamiyat berish kerak. Qo‗llanilayotgan 
asbob-uskunalar har bir manipulyatsiyadan keyin suv yoki spirt bilan 
yuviladi va kuydiriladi.
O‗lgan jonivor tanasini yorib ko‗rish quyidagi bosqichlarni o‗z 
ichiga oladi: jonivorni qayd qilish, teri yuzasini ko‗zdan kechirish, 
ko‗krak qismini yorish va tekshirish, qorin bo‗shlig‗ini yorish va 
tekshirib ko‗rish , har bir a‘zoning rangi, kattaligi va konsistensiyasi 
tajriba daftariga qayd qilib qo‗yiladi. Muayyan o‗zgarishga uchragan 
a‘zolardan (yoki tajriba maqsadidan kelib chiqqan holda barcha 
a‘zolardan) namuna olib, ozuqa muhitiga ekiladi, o‗sib chiqqan kalo-
niyalardan surtma va surtma-tamg‗alar tayyorlanadi. Ekmaga material 
tayyorlash uchun jonivor tanasining tashqi qismidan skalpel yordamida 
kesma olinsa, ichki a‘zolardan kesib olingan et parchasini ikkiga bo‗lib, 
bir qismi ozuqa muhitiga qo‗yilsa, ikkinchi qismidan surtma tamg‗a 
tayyorlab, buyum shishasi ustiga qo‗yiladi. Jonivor yuragidagi qondan 
olingan materialni ham ozuqa muhitiga ekib ko‗rish kerak. Buning 
uchun qizdirilgan xirurgik tig‗ bilan yurakning ustki qismi kuydiriladi va 


206 
steril paster tomizg‗ichi ustki qismi kuydirilgan joydan qon olinadi. 
Tomizg‗ich kapilyaridagi qon ozuqa muhitiga quyiladi va undan surtma 
tayyotlanadi.
Jonivor o‗ligini yorib ko‗rish yakunlangandan so‗ng tajriba o‗t-
kazilgan joy yaxshilab tozalanadi. Hayvon o‗ligi kuydirib yuboriladi 
yoki avtoklavda ishlov beriladi. Tajriba jarayonida ishlatilgan asbob-
uskunalar qaynatiladi yoki avtoklavda sterillanadi. Taxtacha yoki vanna-
cha (kyuveta) spirt bilan yuviladi va kuydiriladi yoki dizinfeksiyalovchi 
eritma ichida bir sutka saqlanadi. Surtmalar gorelka alangasida yoki 
suyuq fiksator yordamida fiksatsiya qilinadi va bo‗yalgandan keyin 
o‗rganiladi.

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish