Dorivor o„simliklar xom-ashyosini mikrob bilan ifloslanishi- ni aniqlash. Aseptik sharoitda steril asboblardan foydalaniladi. 1 g xom-
ashyoni tortib, 5 ml NaCl ning izotonik eritmasi bilan aralashtiriladi va
shuttel' uskunasida 10 minut davomida silkitiladi. Aralashmadan 1 ml
olib, 1:10 yoki 1:100 nisbatta suyultiriladi. Eritmalarning har biridan
namuna olib ozuqa muhiti bilan to‗ldirilgan Petri kosachasining tubiga
ekiladi. Zamburug‗ va achitqilarni o‗sishini aniqlash uchun Saburo
muhiti yoki suslo-agardan foydalanilsa, bakteriyalar GPAda
aniqlanadi.Bunda ko‗ngildagidek natija olish uchun bir necha kosachaga
parallel holda namunalarni ekish va mikroorganizmlar koloniyalarining
o‗sib chiqishini kuzatish kerak.Termostatda inkubatsiya qilingandan
keyin (24 С – zamburug‗ va achitqilar uchun, 37 C bakteriyalar uchun)
o‗sib chiqqan mikroorganizmlar kolloniyalari hisoblab chiqiladi va
o‗rganilayotgan namunadan olingan eritma harakterini hisobga olgan
holda mahsulotning (1gr tarkibidagi) mikroblar bilan zararlanish darajasi
aniqlanadi
2. Antimikrob ta‟sirga ega bo„lmagan dorivor vositalarning mikrob bilan ifloslanishini aniqlash. Bakteriyalarning umumiy miqdorini aniqlash. 1ml preparat 1:10
nisbatda suyultitiladi.Ikkita probirkaga 0,1% li glyukoza qo‗shilgan
GPA dan 4ml dan solib,o‗rganilayotgan preparatning eritmasidan 1ml
qo‗shiladi. Ular yahshilab aralashtiriladi. Petri ko‗sachalariga huddi
o‗sha ozuqa muhitidan 15-10ml solib, qotirib qo‗yilgan bo‗lishi kerak.
Keyin ana shu probirkadagi aralashmani ko‗sachaga quyiladi.Kosachalar
tez tez chayqatilib, aralashma muhit yuzasiga teng yoyiladi va yupqa
qatlam hosil qilinadi.Aralashma kosachadagi muhit ustida qotgandan
keyin 37C issiqlikda 5 sutka davomida o‗stiriladi.
Keyin kosachalarda o‗sib chiqqan bakteriyal koloniyalar hisoblab
chiqiladi va har ikkala ko‗sachadagi o‗rtacha miqdori aniqlanadi. Shun-
dan keyin 1gr(ml) o‗rganilayotgan mahsulot tarkibidagi bakteriyalarning
umumiy miqdori aniqlanadi.Olingan natijalar aniq va puhta bo‗lishi
uchun kamida 300 ta koloniya o‗skan kosachalarni o‗rganishda chiqa-
rilgan hulosalar hisobga olinadi.Agar koloniyalar miqdori haddan ortiq
ko‗payib ketsa, u holda suyultirish nisbati yanada orttiriladi (1:100,
1:1000 va hokazo) va har hil eritmalardan namuna olib,mahsus muhitga
ekiladi. (29-rasm).