Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Yodda saqlang!
Yong‘inlarga doir ishlar bo‘yicha kriminalistik 
ahamiyatga molik axborot olish manbalari sifatida quyidagilar xizmat 
qiladi: 
1) hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida olingan 
ma’lumotlar;
2) guvoh-shohidlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari;
3) tezkor yo‘l bilan olingan ma’lumotlar;
4) gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ni tintuv va so‘roq qilish 
natijalari;
5) tergov eksperimentlari, yuzlashtirishlar va boshqa protsessual 
harakatlarni o‘tkazish natijalari;
6) yong‘in-texnika va boshqa ekspertizalarning natijalari. 
 
Tergov o‘tkazishni rejalashtirish va keyingi
tergov harakatlari
 
 
Tusmollar dastlabki tergov harakatlarining o‘z vaqtida olingan 
natijalari, yong‘in sabablari, ayrim hollarda uning aybdorlari 


443 
to‘g‘risidagi materiallar asosida olg‘a suriladi. 
Etibor bering! 
Tergovning birinchi bosqichida olingan ma’lumotlar 
asosida tergovchi hodisa harakteri to‘g‘risida quyidagi asosiy taxminni 
olg‘a surishi mumkin:
1)
o‘t qo‘yilgan;
2)
ochiqdagi olovga ehtiyotsizlik bilan qilingan munosabat 
natijasida yong‘in chiqqan;
3)
yong‘indan xavfli qurilma, asboblar, elektr o‘tkazgichlar va 
boshqalar texnik nosozligi oqibatida yong‘in chiqqan;
4)
o‘z-o‘zidan yonib ketadigan mahsulotlar noto‘g‘ri saqlangan;
5)
chaqmoq urishi va boshqalar.
Yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan asosiy taxmin asosidaturli 
masalalarga oid juz’iy taxminlarni olg‘a suradi, bunda ishning aniq 
vaziyati va yig‘ilgan materiallar hisobga olinadi. Masalan, o‘t qo‘yish 
to‘g‘risidagi asosiy taxmin olg‘a surilganda qasddan qilingan o‘t qo‘yish 
sabablariga oid masala muhokama etiladi. 
Qilingan versiyalar rejalashtirishning asosi hisoblanadi. Yong‘in 
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tergov o‘tkazishni rejalashtirish olg‘a 
surilgan taxmin mazmuni va tergovning aniq bir bosqichda hal 
etiladigan vazifalar bilan asoslangan o‘ziga xos jihatlariga egadir. 
Agar yong‘in chiqishiga asosiy sabab olov bilan xavfsizlik 
qodalariga rioya qilinmagan holda munosabatda bo‘lish oqibati ekanligi 
taxmin qilinsa, tergov o‘tkazishni rejalashtirishda yong‘in ro‘y bergan 
vaqtda binoning ichida bo‘lgan shaxsning ahloqini o‘rganish nazarda 
tutiladi. 
Agar yong‘in chiqishiga texnik nosozlik sabab, deb taxmin qilinsa, 
uni 
topish 
imkoniyatini 
beradigan 
tegishli 
ekspert 
tadqiqoti 
rejalashtiriladi. So‘ngra yong‘inga qarshi xavfsizlik tartib-qoidalariga 
rioya qilishga javobgar va mavjud asboblar, mashinalar, mexanizmlar 
holatini nazorat qilishga mas’ul shaxslarni so‘roq qilish nazarda tutiladi. 
Ayni vaqtda yong‘in chiqqan binoda ishlayotgan xodimlarni guvoh 
sifatida so‘roq qilish rejalashtiriladi. Shuningdek, rejada tegishli 
texnikaga oid hujjatlarni ajratib olish ko‘zda tutiladi. 
Agar qasddan o‘t qo‘yish to‘g‘risidagi taxmin asos qilib olinsa, 
jinoyat sodir etish sabablarini ochib berishga yo‘naltirilgan tergov 
harakatlarini o‘tkazish rejalashtiriladi. Bunda tergov rejasi jinoyatning 
barcha tarkibini o‘z ichiga olgan voqeaning haqiqiy harakteri 


444 
to‘g‘risidagi bir necha taxminni bir vaqtning o‘zida tekshirishni nazarda 
tutishi kerak. Masalan, do‘kon, ombor va boshqalarga o‘t qo‘yishdan 
maqsad u erdagi o‘g‘irlikni niqoblash, turar joy binosiga o‘t qo‘yishda 
esa qotillikni niqoblash nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bunday 
vaziyatlarda yong‘in bilan bog‘liq sharoitni tadqiq etishda o‘g‘irlik, 
qotillik to‘g‘risidagi taxmin rejalashtiriladi va tekshiruv o‘tkaziladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish