Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Ma’lumot uchun! 
Aksariyat hollarda qotillik jinoyatlari uy-joy 
binolarida, jamoa joylarida, ko‘chalarda sodir etiladi, bunda 
jinoyatning oqibati, qurollar, izlar yashirilmaydi, qotilning o‘zi ham 
ba’zida qochmaydi, bekinmaydi. Bunday jinoyatlar ko‘pincha 
g‘arazlik, o‘ch olish, rashk, bezorilik, ikki jinoiy guruhlarning 
qarama-qarshilik to‘qnashuvlari natijasida sodir bo‘ladi. Bu holatlarda 
sodir etilgan qotillik jinoyatlarining ochilishi va tergov jarayoni 
unchalik qiyinchilikni tug‘dirmaydi. Tergov uslubi tavsiya etgan 
taktik va metodik vositalarni qo‘llash va hodisa joyidagi qurollar, 
izlar, jabrlanuvchi shaxsi va o‘lim sababi haqidagi dastlabki 
ma’lumotlar asosida tusmollarni ishlab chiqish va tergovni to‘g‘ri 
tashkil etish, ya’ni jinoyatni tegishli muddatlarda ochish-isbotlash 
mumkin bo‘ladi. Ayrim hollarda qotillik jinoyati yashirin vaziyatda, 
guvohlarsiz, kechaning qorong‘uligi, odamning yo‘qligidan 
foydalanib sodir etiladi.
Esda tuting! 
Sud-tibbiy fanlarining asosiy vazifalaridan biri 
o‘limni o‘rganishdir. 
Tanatologiya
– bu o‘limning kelib chiqish 
jarayonini, o‘limni, uning sabablari va belgilarini o‘rganuvchi fandir. 


354 
uni amalga oshirish usuli, motivlari, qo‘llanilgan qurollar, sodir etgan 
shaxs haqidagi dastlabki ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. 
Jabrlanuvchining shaxsi ma’lum bo‘lgan hollarda jinoyatchi haqida, 
marhum bilan ular orasidagi munosabat, jinoyat hodisasini sodir etish 
usullari haqida tegishli tusmollar tuzmoq mumkin bo‘ladi. Jinoyat 
hodisasi bilan jabrlanuvchining tanasi topilgan joylar bir bo‘lganda 
qotillikning asosiy holatlari haqida ma’lumot olish va dastlabki tezkor 
tergov harakatlarini o‘tkazish orqali jinoyatda shubhalangan shaxsni 
topish va qo‘lga olish imkoni bo‘ladi. Qotillik jinoyati ochiq joylarda, 
yo‘l-ko‘cha yuzasida, tashlandiq, odamlar kam yuradigan joylarda sodir 
etilganda jabrlanuvchining murdasida bir muncha o‘zgarishlar (murda 
alomatlari, atrof-muhit, ob-havo ta’siri) yuz berishi natijasida uning 
shaxsini aniqlash murakkab bo‘ladi. Bunday hollarda tezkor 
xodimlarning ma’lumotlari, qidirilayotgan, bedarak yo‘qolgan shaxslar 
haqidagi axborotlar katta yordam beradi. 
SHahar sharoitlarida sodir qilinadigan qotilliklar ko‘p hollarda 
jinoyat izlarini yo‘qotishga, murdani bo‘laklab yashirishga qaratilgan 
bo‘ladi. Qotillar murda bo‘laklarini axlat-chiqindilar tashlanadigan 
joylarda, jamoa gavjum joylardagi maxsus yuk saqlanadigan binolarda
biror materialga o‘ralgan holda yoki sumka-chemodanlarda qoldiradilar. 
Qotillik jinoyatlarining tavsiflaridan yana biri uning sodir qilinish 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish