Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tintuv va olib qo‘yish natijalarini qayd etish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Tintuv va olib qo‘yish natijalarini qayd etish 
 


254 
Tintuv va olib qo‘yishning tergov harakatlari sifatidagi daliliy 
ahamiyati ularning o‘tkazish jarayoni va natijalarini to‘la va xolisona 
qayd etishga uzviy bog‘liqdir. Tintuv va olib qo‘yish bayonnomalari, 
ularning natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ular o‘tkazilgandan 
so‘ng tuziladi.
Qimmatbaho qog‘ozlar, chek va omonat daftarchalar, akkreditiv va 
hokazolarni olishda ularning rekvizitlari bayonnomada qayd etiladi. 
Xorijiy va milliy valyuta alohida ko‘rsatiladi (masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi bankining 500 qiymatidagi bileti – 1000 dona). Agar 
o‘g‘irlangan pullarning raqamlari ma’lum bo‘lsa, bayonnomaga har bir 
kupyura seriya va raqami kiritiladi. 
Hujjatlarni olishda ularning maqsadi, rekvizitlari, holati: qo‘l 
yozmalarni olishda – har bir betning birinchi va oxirgi iboralari ko‘rsatib 
o‘tiladi. 
Tintuv qilinuvchi olib qo‘yilayotgan predmetlar qimmatbaho 
metallardan tayyorlanganligini ta’kidlasa, har bir predmet batafsil 
ta’riflanishi, ularda proba bor yoki yo‘qligini ko‘rsatish zarur. YAshirin 
joylar, ularning niqoblarini ta’riflashga alohida e’tibor berish lozim. 
Bayonnomada qaysi buyumlar o‘z xohishiga ko‘ra berilganligi qayd 
etilishi zarur. Agar tintuv yoki olib qo‘yish davomida texnik 
vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, u holda bayonnomada uskunalarning 
nomi va turi, shuningdek, tintuv va olib qo‘yishda hozir bo‘lgan 
shaxslarni texnik vositalarni qo‘llash haqida ogohlantirilganliklarini 
qayd etish kerak.
E’tibor qiling! 
Bayonnoma tintuv va olib qo‘yishni qayd 
etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bayonnomada tintuv va olib 
qo‘yish qachon, kim tomonidan, qayerda, qanday ish bo‘yicha, 
kimning huzurida o‘tkazilganligi va uning natijalari qanday 
bo‘lganligi ko‘rsatiladi. Bayonnomada topilgan va olib qo‘yilgan 
predmetlar to‘g‘risida to‘la ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tiladi. 
Ob’ektlarning umumiy va xususiy belgilarini iloji boricha aniqroq 
ko‘rsatishga harakat qilinadi: shakli, hajmi, rangi, undagi har xil 
raqam va yozuvlarning mavjudligi va boshqalar. Ob’ektlarning sifat 
xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi: yangi, eski, muomalada 
bo‘lgan va hokazo. Agar bir turdagi predmetlar olib qo‘yilsa ularning 
miqdori yozuv bilan ko‘rsatiladi. 


255 
Bayonnomaning 
yakunlovchi 
qismida 
qanday 
predmetlar 
olinganligi, qanday o‘ralganligi, kimga va nima saqlash uchun 
topshirilganligi ko‘rsatib o‘tiladi. 
Bayonnoma yozish bilan birga, dalillarni qayd etishning boshqa 
usullari ham ishlatilishi mumkin: reja tuzish, rasmga olish, videotasmaga 
tushirish va hokazo. Reja va sxemalarda topilgan yashirin joylar 
tasvirlanadi, asosiysi – yashirin joyning o‘zi, ob’ektlar qanday 
joylashganligi aks ettiriladi. 
Rasm olish va videotasmaga tushirish ham shu asosda amalga 
oshiriladi: kuzatish imkonini beradigan asosiy va batafsil ko‘rinish 
olinadi. Asosiy tasvirda topilgan yashirin joy va undagi ob’ektlar, 
batafsilida yashirin joydan olingan ob’ektlar qayd etiladi. Ob’ektlarni, 
ularning umumiy, xususiy va farqlovchi xususiyatlarini aniq 
ko‘rinadigan qilib tasvirga tushirish lozim. Agar olingan katta hajmdagi 
ob’ektlarni ishga biriktirishning iloji bo‘lmasa, ularni qonunga binoan 
rasmga tushirish zarur. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish