Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Olib qo‘yish tartibi 
 
Tintuvdan farqli ravishda olib qo‘yish har doim aniq ma’lum bir 
buyum va hujjatlarga nisbatan, ular qaerda va kimda ekanligi aniq 
bo‘lganda qo‘llaniladi. Olib qo‘yishda qidiruv ishlariga hojat yo‘q, 
binobarin, olib qo‘yishni o‘tkazishda fuqarolarning manfaatlariga ta’sir 
nisbatan kamroq bo‘ladi. Olib qo‘yishda tergovchining vazifasi biror-bir 
shaxsga yoki rahbarga ma’lum bir hujjatni yoki predmetni berishni taklif 
qilishdir. Rad javobi olinganda esa narsa yoki hujjatni majburiy olib 
qo‘yish qo‘llaniladi. 
Olib qo‘yish O‘zR JPKning 157-moddasida belgilangan tartibda 
o‘tkaziladi. Ko‘pincha u korxonalar, tashkilotlar yoki muassasalar 
ofisida turgan hujjatlar va narsalarni olib qo‘yish uchun o‘tkaziladi. 
Agar hujjatlar to‘plamidan, masalan, buxgalteriya hujjatlari orasidan 
faqat tergov qilinayotgan jinoyat ishiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni 
tanlab olish kerak bo‘lsa, olib qo‘yishni o‘tkazishda tegishli mutaxassis 
ishtirok etishi lozim. Olib qo‘yish jarayonida faol qidiruv harakatlari 
amalga oshirilmaydi, shu sababli u fuqarolarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga tintuvga qaraganda kamroq daxl etadi. 
O‘tkazilgan tintuv va olib qo‘yish jarayoni va natijalari mazkur 
tergov harakatlari bayonnomalarida qayd etiladi. Bayonnomada narsa va 
hujjatlarning aynan qaerda va qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy 
ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi ko‘rsatilishi 
lozim. Barcha olingan narsa va hujjatlar bayonnomada birma-bir qayd 
qilinib, ularning miqdori, o‘lchovi, og‘irligi, har qaysisining o‘ziga xos 
belgilari ko‘rsatilishi, zarurat bo‘lgan taqdirda o‘ralishi va muhrlanishi 
lozim. Olib qo‘yish yoki tintuv vaqtida izlanayotgan narsa va hujjatlarni 
E’tibor qiling! 
Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va 
hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum bo‘lib, ularni 
qidirishning hojati bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni 
olib qo‘yishga haqlidir (JPK 157-modda). 


253 
yo‘q qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir bo‘lgan taqdirda, bu 
hol surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ko‘rilgan choralar ham 
ko‘rsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim. 
Xufyadonlar topilgan holda ular joylashgan er, ularning ichida 
topilgan narsalarning o‘lchamlari va xususiyatlari batafsil bayon etiladi. 
Xufyadonlar, ularning ichki tuzilishi, ichidagi narsalar fotosuratga olish 
yoki videotasvirga tushirish yo‘li bilan qayd etiladi. Agar ko‘p sonli 
narsalar olib qo‘yilayotgan bo‘lsa, ularning ro‘yxati tuziladi. 
Bayonnomaga tintuv jarayonida tuzilgan tarxlar (masalan, xufyadon 
joylashgan er tarxi), fotojadvallar, videokassetalar ham ilova qilinishi 
mumkin. 
Davlat siriga ega bo‘lgan hujjatlarni olib qo‘yish holatlaridan 
tashqari olib qo‘yish uchun prokurorning sanksiyasi talab qilinmaydi. 
Olib qo‘yish diplomatik vakolatxonalar joylashgan erlarda yoki ularning 
oila a’zolari istiqomat qiladigan joylarda o‘tkazilsa, ularning roziligi 
bilan va albatta prokuror va Tashqi ishlar vazirligi xodimi huzurida 
o‘tkazilishi zarur. 
Olib qo‘yishda aynan ish uchun ahamiyatli narsani yoki hujjatni, 
nusxasini emas, uning aslini olishni ta’minlash zarur. Ana shunday xavf-
xatar mavjud bo‘lganda, olib qo‘yishga tintuvdagi singari mutaxassisni 
taklif etish maqsadga muvofiq. Masalan, buxgalteriya hujjatlarini olib 
qo‘yishda revizor, auditor yoki ekspertni taklif qilish zarur. Agar 
o‘g‘irlangan buyumlarni olib qo‘yish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 
jabrlanuvchini taklif qilish mumkin. 
Olib qo‘yishni muvaffaqiyatli o‘tishi ko‘p hollarda tergovchining 
olib qo‘yilayotgan shaxs bilan, olib qo‘yish o‘tkazilayotgan tashkilot 
vakili bilan aloqasiga bog‘liq. Bunday vaziyatda shuningdek, 
kuzatuvchanlik va kerakli hamma narsa olinganligiga ishonch ham katta 
ahamiyatga ega. Agar tergovchi ob’ektlarni yashirilganligini his qilsa, u 
holda tintuv haqida qaror chiqaradi va tintuvga kirishadi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish