Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   372
Bog'liq
kriminalist

E’tibor qarating! 
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda 
tekshirishning 
quyidagi 
turlari 
farqlanadi. 
Ko‘rsatuvlari 
tekshirilayotgan shaxslar soniga qarab tekshiruv faqat bir shaxs, so‘ng 
ikkinchi, uchinchi va hokazo shaxslar bilan o‘tkazilishi mumkin. 
Tekshiruvlar o‘tkazilgandan keyin olingan natijalar bir-biri bilan 
taqqoslanadi va ularga umumiy baho beriladi. Ko‘rsatuvlarni 
tekshirish tergov qilinayotgan bitta yoki bir nechta voqeaga nisbatan 
o‘tkazilishi mumkin. Tekshiruv tergovchiga ma’lum bo‘lgan va ilgari 
hodisa sodir bo‘lgan joy sifatida ko‘zdan kechirilgan joyda va agar 
jinoyat yashirin bo‘lib qolgan yoki ochilmagan bo‘lsa, tergovchiga 
ma’lum bo‘lmagan joyda o‘tkazilishi mumkin. 


234 
natijalari bilan bir qatorda, ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs voqea 
yuz bergan joyni ko‘rsatgani, muayyan harakatlarni mustaqil ravishda 
bajarganini ham tasdiqlashlari lozimligi ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
Agar bir nechta gumon qilinuvchilar (ayblanuvchilar)ning 
ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan bo‘lsa, ularning bir-biri bilan muloqot 
qilish imkoniyati istisno etilishi, hodisa sodir bo‘lgan joyga har safar 
boshqa xolislar olib chiqilishi lozim, shunda ular sudda so‘roq 
qilinganda turli tekshiruvlarni chalkashtirib yubormaydi va har bir 
tekshiruv jarayoni va ularning natijalari to‘g‘risida aniq ko‘rsatuvlar 
beradi. 
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jarayonida 
ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga harakat yo‘nalishini o‘rgatish 
yoki ishora qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tekshiruv jarayonida tergovchi 
ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning harakatlariga baho bermasligi 
kerak. Aniqlik kirituvchi va qo‘shimcha savollar unga faqat erkin 
so‘zlash va ko‘rsatish, shuningdek muayyan harakatlarni bajarish 
yakunlanganidan keyin berilishi mumkin. Tekshiruv faqat ko‘rsatuvlari 
tekshirilayotgan shaxsning roziligi bilan o‘tkaziladi, aks holda vaqt 
behuda sarflanishi mumkin. 
Tekshiruv jarayoni va natijalarini fotosuratga olish yoki 
videotasvirga tushirish yo‘li bilan qayd etish shunday amalga oshirilishi 
lozimki, ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs oldinda borayotgani va 
harakat yo‘nalishini belgilayotganini ko‘rinib tursin. Fotosuratga olish 
yoki videotasvirga tushirish yon tomondan amalga oshirilgani ma’qul, 
shunda ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs keyinchalik u video- yoki 
fotooperator ortidan borganini da’vo qila olmaydi. Turli tomonlardan 
s’yomka tekshiruv joyining o‘zida amalga oshiriladi. 
Agar ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs tergovga ma’lum 
bo‘lmagan faktlar to‘g‘risida ko‘rsatuvlar bergan, ilgari ko‘zdan 
kechirilmagan joylarni ko‘rsatgan bo‘lsa, tekshiruv bunday joylarni 
sinchiklab ko‘zdan kechirish, ularda ashyoviy dalillar – izlar va 
narsalarni topish, ularni olib qo‘yish bilan to‘ldiriladi. Agar ko‘rsatuvlari 
tekshirilayotgan shaxs tergovga ma’lum joyni ko‘rsatgan bo‘lsa, asosiy 
e’tibor gumon qilinuvchi tomonidan jinoyatni sodir etish holatlarining 
tiklanishi ilgari qayd etilgan holatlar bilan qay darajada mos kelishini 
aniqlashga qaratilishi lozim. 
Tekshiruvni o‘tkazishdan oldin so‘roqda tergov qilinayotgan voqea 
yuz bergan joy, so‘roq qilinuvchi u erga qanday etib borgani, u erda 
nima sodir bo‘lgani, joy sharoitlarining qaysi detallarini u eslab qolgani 


235 
va hokazolar to‘g‘risida mumkin qadar batafsil ko‘rsatuvlar olish zarur. 
So‘roq qilinuvchi ushbu joyga bo‘lg‘usi harakat yo‘nalishi sxemasini 
o‘zi chizib bersa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Tekshiruvda ishtirok etish uchun mutaxassislar, sud tibbiyoti 
xodimi, ishchilar, pedagog, tarjimon, qurolli soqchilar (agar tekshiruv 
qamoqqa olingan va qochishni sodir etishi mumkin bo‘lgan ayblanuvchi 
bilan birga o‘tkazilayotgan bo‘lsa) jalb qilinishi mumkin.
Protsessual qonunda ko‘rsatilishicha mazkur tergov harakatini 
o‘tkazish chog‘ida ko‘rsatuv bergan shaxs o‘ziga ma’lum bo‘lgan, 
tekshirilayotgan hodisaning ayrim sharoiti, holatini tiklaydi, ish uchun 
ahamiyatli bo‘lgan narsalar, hujjatlar, izlar topilgan joylarni ko‘rsatadi, 
ayrim harakatlarni namoyish qiladi, hodisa sodir bo‘lgan joyda 
sharoitning o‘zgarganligiga e’tiborni qaratadi, o‘zining avvalgi 
ko‘rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. 
Ushbu tergov harakatini o‘tkazishda tergovchi hozir bo‘lgan 
ishtirokchilarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va bu 
to‘g‘risida tergov harakatining bayonnomasida qayd etadi. Tergov 
harakatining 
ishtirokchilariga 
tekshiruv 
maqsadi, 
vazifalari 
tushuntiriladi, ularning ishtirok etishdagi vazifasi belgilanadi. 
Hodisa joyiga kelishda tergovchi ko‘rsatuvi tekshirilayotgan 
shaxsga yo‘lning to‘g‘riligi, hodisa joyiga yo‘nalishni ko‘rsatishni taklif 
etadi va boshqa qatnashuvchilarga bu harakatni diqqat bilan kuzatishni 
va ayrim ishga ahamiyatli bo‘lgan holatlarga e’tibor berishni tavsiya 
etadi. 
Hodisa joyida ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hech qanday 
chetdan ta’sir, sha’ma yoki yordamchi tushuncha so‘zlar kiritilmasdan 
o‘zi erkin ravishda tushuncha berishi lozim. Umumiy so‘roq o‘tkazishda 
qo‘llanadigan tartib-qoida bu holatda ham to‘liq tatbiq etilishi mumkin. 
Ba’zi hollarda mazkur tergov harakati o‘tkazilgan va hodisa ro‘y bergan 
vaqt orasida ma’lum muddat o‘tgan bo‘ladi. SHu sababli tushuncha 
berish jarayonida ilgari so‘roq qilingan shaxs ayrim fakt va holatlarni 
yodidan chiqarib qo‘yishi mumkin. Bunday sharoitda tergovchi so‘roq 
qilingan vaqtdagi xabar-ma’lumotlarni uning ko‘rsatuvidan o‘qib e’lon 
qiladi va shu bilan voqeaning ayrim holatlarini eslashga yordam beradi. 
Ko‘rsatuv 
bergan 
shaxs 
hodisa 
sodir 
bo‘lgan 
joyda 
tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini tiklaydi, ish uchun 
ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va 
ko‘rsatadi, ayrim harakatlarni namoyish qiladi, tekshirilayotgan 
hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati bo‘lganligini 


236 
tushuntiradi. Mazkur holatlarda ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning 
harakatiga, tushuntirishiga aralashish, gap qo‘shish yoki o‘rgatish va 
ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ko‘rsatuvlarni tekshirish paytida hodisa sodir bo‘lgan joy atrof-
muhit sharoitining o‘zgarganligiga e’tiborni qaratish ham muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Tergovchi ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga hodisa joyiga borish 
uchun yo‘nalishni ko‘rsatishni taklif qiladi, shunda barcha tergov 
harakati ishtirokchilari birgalikda ko‘rsatilgan yo‘l bo‘yicha hodisa joyi 
tomon yo‘l oladi. Ushbu vaqtda tergovni ko‘rsatuvi tekshirilayotgan 
shaxsning erkin, hech qanday tashqi ta’sirsiz, mustaqil va o‘z ixtiyori 
bilan yo‘lni ko‘rsatib, joyga borishi va u erda qanday harakat yoki 
holatni bo‘lganligini aytishini kuzatib turadi. 
Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa joyini umumiy 
chegarasini belgilab ko‘rsatadi, tergovchining tekshiruv, nazorat 
qiluvchi yoki qo‘shimcha savollariga javob beradi. Javob berishda 
so‘roq qilingan shaxs jinoyat sodir qilingan joyning ayrim holatlarini, 
tekshirilishi lozim bo‘lgan faktlarni dastavval so‘roq qilinganda qanday 
tartib va ketma-ketlikda so‘zlagan bo‘lsa, shunday tarzda ko‘rsatib, 
hodisa joyidagi o‘zgarishlarni, buyum va ashyoviy dalil va izlarning 
topilgan, yashirilgan joylarini ko‘rsatadi, tushuntirib beradi. 
Hodisa joyida tergovchi ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga jinoiy 
harakatning ayrim vaziyatlarini takror ko‘rsatish, uni kerak bo‘lsa 
qiyoslab ko‘rsatishni taklif qilishi, ayrim holatlarni jinoiy hodisa bilan 
bog‘liqligini tushuntirib berishini talab qiladi. Tekshirilayotgan 
ko‘rsatuvdagi holatlar hodisa joyidagi vaziyatga to‘g‘ri kelmasa, ba’zida 
ziddiyatli vaziyatlar mavjud bo‘lib qolsa, tergovchi bular haqida savol-
javob qilib ziddiyatli holatlarni bartaraf qilishi zarur. 
Ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga u erkin so‘zlab, tegishli 
harakatlarni namoyish qilganidan so‘ng, ko‘rsatuvdagi ayrim holatlarni 
aniqlashtiruvchi savollar berilishi mumkin. Tergov harakatida ishtirok 
etuvchilar ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga tergovchining ruxsati 
bilan savol berishlari mumkin. 
Ko‘rsatuvni hodisa joyida tekshirish natijasida aniqlanadigan 
ma’lumotlar quyidagicha ifodalanishi mumkin: 

so‘roq vaqtida xabar berilgan joy haqiqatda hodisa ro‘y bergan 
joymi yoki boshqami; 

hodisa sodir bo‘lgan joy so‘roq qilinganning ko‘rsatuvidagiga 
to‘g‘ri keladimi; 


237 

ko‘rsatuvda bayon qilingan ashyoviy dalil topilgan joy, jinoyat 
sodir bo‘lgan yoki izlari topilgan joylar qanchalik aniqlangani; 

ko‘rsatuvda qayd qilingan shaxsning hodisa joyidagi harakati, 
qaerda va qanday harakatlarni sodir qilganligi; 

so‘roq qilinganning ko‘rsatuvida aytilmagan yangi holatlarning 
ma’lum bo‘lishi. 
Ko‘rsatuvni 
hodisa 
joyida 
tekshirishda 
tergovchining 
boshqaruvchilik roli va ta’siri sezilib turishi lozim. Uning topshiriqlari 
asoslangan, mantiqan ravon va to‘g‘ri ta’riflangan bo‘lishi kerak. Zero, 
qo‘pol va asossiz topshiriqlar doimo salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Ko‘rsatuvni hodisa joyida tekshirishda tergovchi ko‘rsatuvi 
tekshirilayotgan shaxsning ruhiy holatini, o‘zini tutishini va harakatlarini 
sinchkovlik bilan kuzatib borishi lozim. Bu uslub so‘roq qilinayotgan 
shaxs haqiqatda jinoiy hodisaning ishtirokchisi, guvohi bo‘lmay, balki 
bu to‘g‘risida boshqalardan eshitib, mazkur joydagi holatning barcha 
jihatlarini bilmasligi va aniq tushunchaga ega emasligini aniqlashga 
yordam beradi. 
Agar ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs voqea joyidagi vaziyat 
ta’siri ostida o‘zining ilgarigi ko‘rsatuvini rad etib, uni noto‘g‘ri deb 
e’lon qilsa, u holda ko‘rsatuvni tekshirishni darhol to‘xtatish va takroran 
so‘roq o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bunday holda hodisa joyida 
ko‘rsatuvni tekshirish harakatining bayonnomasida “so‘roq qilingan 
shaxs tekshirilayotgan voqeaning joyini va holatini ko‘rsata olmadi va 
ilgari bergan ko‘rsatuvini o‘zgartirdi”, deb bayonnomada qayd etiladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish