Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Ko‘rsatuvni hodisa bo‘lgan joyda tekshirishga tayyorgarlik ko‘rish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Ko‘rsatuvni hodisa bo‘lgan joyda tekshirishga tayyorgarlik ko‘rish 
Ma’lumot uchun! 
Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish bu 
mustaqil tergov harakati bo‘lib, uning mazmuni jinoyat ishi yuzasidan 
so‘roq qilingan ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, guvoh va 
jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini jinoyat sodir bo‘lgan joyda ayrim 
holatlarni qayta tiklash bilan noma’lum bo‘lgan narsalar, hujjatlar, 
ashyoviy dalillar, izlar qayerda bo‘lganligini, hodisa joyi bilan 
qiyoslash orqali ko‘rsatuvlardagi ayrim holatlarni to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘ri ekanligini aniqlashdan iborat. Shu bilan birga mazkur tergov 
harakatini o‘tkazishda so‘roqqa olingan ma’lumotlarning ayrim 
holatlari to‘ldiriladi, ularga aniqlik kiritiladi, ba’zan yangi holatlar 
ham ochilib qoladi. 


230 
Har qanday tergov harakatini o‘tkazishdan avval unga tayyorgarlik 
ko‘rilishi zarur bo‘lganidek, ushbu tergov harakatiga ham puxta 
tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy masalalarni hal etish lozim. Mazkur 
tergov harakatini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rishda tekshirish 
predmeti bo‘lgan va asosiy tekshiriluvchi manba so‘roq qilingan 
shaxsning ko‘rsatuvi yuzasidan uning joyi, vaqti va holatlari tekshirilishi 
lozimligi belgilab olinadi. 
Ko‘rsatuvni hodisa bo‘lgan joyda tekshirish jarayonida yangi 
holatlar ochilib qolsa, jumladan, noma’lum murdani dafn etilgan joyi, 
jinoyat qurollari berkitilgan va izlar niqoblangan joylar ma’lum bo‘lib 
qolsa, shu ko‘rsatilgan joyga so‘roq qilingan shaxs (ayblanuvchi, gumon 
qilinuvchi) bilan, ularning ishtirokida mazkur joylarni ko‘zdan kechirish 
lozim va bayonnomani ham ko‘zdan kechirish harakati sifatida 
rasmiylashtirilib, so‘ngra zarurat bo‘lsa, ko‘rsatuvni tekshirish 
o‘tkazilishi lozim. 
Hodisa joyida ko‘rsatuvlarni tekshirish harakatini muvaffaqiyatli 
va natijali o‘tkazish uchun ilgari bu erda o‘tkazilgan ko‘zdan 
kechirishga oid materiallar ham bo‘lishi kerak. Bu hodisa joyini ko‘zdan 
kechirish bilan mazkur tergov harakati orasida bir muncha vaqt o‘tib, 
atrof-muhit o‘zgarishi bilan dastlabki holatning sharoiti ham o‘zgarib 
ketishi va ashyoviy dalil bo‘lgan buyumlar, izlar o‘zgarib yo‘qolib 
ketishi mumkinligi bilan izohlanadi. 
SHu sababdan ko‘rsatuvlarni tekshirishdan oldin ularni jinoyat 
ishidagi materiallar bilan qiyoslab tahlil qilish va ko‘zdan kechirish 
bayonnomasidagi holatlarni ko‘rsatuvdagi ma’lumotlar bilan mosligi, 
zidligi yoki boshqacha bog‘liqligini tekshirish kerak. 
Hodisa joyida ko‘rsatuvlarni tekshirishga tayyorgarlik ko‘rishda 
ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxslarning hodisa joyiga olib borish chora-
tadbirlari ham belgilab olinishi lozim. Ayniqsa, ehtiyot chorasi sifatida 
qamoq qo‘llanilgan ayblanuvchilarning ishtiroki zarur bo‘lgan taqdirda, 
ularni hodisa joyiga olib borishda xavfsizlik choralari ham nazarda 
tutilishi lozim.
Ayblanuvchi va gumon qilinuvchilarning roziligini olish va tergov 
harakatini o‘tkazishda mavjud bo‘lgan asoslar bilan tanishtirish ham 
tayyorgarik choralaridan biridir. Ayblanuvchi va gumon qilinuvchilar 
hodisa joyiga chiqishdan bosh tortishi yoki hohish bildirishi mumkin. 
Ikkala holatning sababini psixologik va taktik jihatdan tahlil qilish 
lozim. Joyga chiqib ko‘rsatuvni tekshirishga rozi bo‘lgan ayblanuvchi 
yoki gumon qilinuvchi rost va xolisona ko‘rsatuv berganligini bildiradi. 


231 
SHu bilan birga ular boshqa maqsadni ham ko‘zlashi mumkin, 
sheriklarining qilmishini yashirish, jinoiy javobgarlikdan o‘zini 
qutqarish uchun qochishni mo‘ljallash va b.q. 
Mazkur tergov harakatlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda 
unda ishtirok etadiganlarning shaxslari belgilanishi lozim. Har qanday 
tergov harakatida ishtirok etadigan ikki xolis zarurat bo‘lganda 
mutaxassis va xavfsizlik choralarini ta’minlash uchun tegishli tezkor 
xodimlar va, nihoyat, ko‘rsatuvi tekshiriladigan (ayblanuvchi, 
sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi) shaxslarning qatnashuvini belgilab 
qo‘yilishi lozim. Tergov harakatini o‘tkazishda zarur bo‘lib qoladigan 
ilmiy-texnik vositalarni ham tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Birinchi navbatda hodisa ro‘y bergan joyga olib boruvchi yo‘l, 
joyning o‘zi, u erdagi izlar, ashyoviy dalillarning yashirilgan, topilgan 
joylarini mustahkamlab tasvirga zarur bo‘ladigan foto-kino apparatlari
video tasvir yozish jihozlari, zarurat bo‘ladigan hollarda qidiruv 
asboblari, ba’zilarida esa xizmat itlarini ta’minlash zarur. Bu choralarni 
hodisa joyiga chiqishdan oldin tayyorgarlik ko‘rish bosqichida 
belgilanishi zarur. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish