Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   372
Bog'liq
kriminalist

yakunlovchi qismi
quyidagilarni aks ettirgan 
bo‘lishi shart: 
1) eksperimentni o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslar keltirgan 
ariza, shikoyat, iltimosnoma va e’tirozlari; 
2) eksperiment tekshiruviga tayyorlangan buyumlarning individual 
hususiyatlari (shakli, rangi, o‘lchovi va boshqa moddiy belgilari); 
3) eksperiment o‘tkazilgan joyning chizmasi, harakat va holatlar 
sxemalari; 
4) 
bayonnoma 
barcha 
ishtirokchilar 
tomonidan 
tanishib 
chiqilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va bu ma’lumotlar ular 
tomonidan tasdiqlanganligi. 
Tajribaning har bir keyingi varianti u ayni bir yoki o‘zgartirilgan 
sharoitlarda o‘tkazilgani va ushbu o‘zgartirish nimadan iborat bo‘lgan – 
sharoitlar og‘irlashtirilgani yoki soddalashtirilgani ko‘rsatilgan holda 
qayd etiladi. O‘tkazilgan tajribalarning natijalariga ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan holatlar ayniqsa aniq qayd etilishi lozim. Masalan, 
avtomobil qarshisida to‘siq qo‘qqisdan paydo bo‘lgan holda uni 
to‘xtatish imkoniyatini tekshirishga qaratilgan tergov eksperimenti 
o‘tkazilayotganda, piyoda maketining paydo bo‘lishi tekshirilayotgan 
haydovchi uchun kutilmagan bir hol bo‘lgani yoki u yo‘lning mazkur 
uchastkasida voqealarning bunday rivoji haqida oldindan bilgani va 
bunga psixologik jihatdan hozirlik ko‘rishi mumkin bo‘lgani qayd 
etilishi lozim. 
Agar tajribalarning natijalariga binolar yoki joy hududlarining 
joylashuvi, o‘tkazilayotgan tergov eksperimenti ishtirokchilarining 
o‘zaro holati, ayrim ob’ektlar va predmetlar o‘rni jiddiy ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lsa, mazkur holatlarni yanada aniq qayd etish imkonini 
beradigan rejalar va sxemalar tuzish tavsiya etiladi.


222 
O‘tkazilgan eksperimenti natijalarini ularning ishonchliligi va 
daliliy ahamiyati nuqtai nazaridan baholash bir qator xususiyatlarga ega. 
Avval, tajribalarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘ri amalga oshirilgani 
tekshirilganidan 
keyin, 
tekshirilayotgan 
holat 
mavjud 
bo‘lishi 
mumkinligi yoki mumkin emasligi aniqlanadi. Tekshirilayotgan holat 
mavjud bo‘lishi mumkinligi aniqlangan holda, erishilgan natija ob’ektiv 
aniqlangan daliliy fakt hisoblanadi, biroq, agar tajribalarni o‘tkazish 
vaqtida tergov eksperimentini o‘tkazish taktik qoidalari buzilgan bo‘lsa, 
uning natijalari daliliy qimmatga ega bo‘lmaydi. 
O‘tkazilgan tajribalar asosida chiqarilishi mumkin bo‘lgan 
xulosalarga kelsak, ular eksperiment natijasiga – uning ijobiy yoki 
salbiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Tekshirilayotgan holatni, uning amalda 
mavjudligini tasdiqlovchi natija ijobiy hisoblanadi. Salbiy natija ushbu 
holatni rad etadi, uning mavjud bo‘lishi mumkin emasligidan dalolat 
beradi. 
Agar tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan tekshirilayotgan holat amalda 
mavjud bo‘lishi mumkin emasligi aniqlangan bo‘lsa, ushbu holat real 
voqelikda mavjud bo‘lmagani to‘g‘risida uzil-kesil xulosa chiqarilishi 
lozim. Masalan, mazkur binoga ayblanuvchi ko‘rsatgan miqdorda tovar-
moddiy boyliklar sig‘ishi mumkin bo‘lmasa, bu unda yong‘in yuz 
bergan 
paytda 
ko‘rsatilgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar 
bo‘lmaganidan dalolat beradi. 
Mazkur odam muayyan hodisani idrok etishga yoki ma’lum 
harakatlarni bajarishga qodir emasligini aniqlashga qaratilgan tergov 
eksperimenti natijalarini baholash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Tekshirilayotgan shaxs individual psixologik sohasining bir qator 
muhim omillarini aniq hisobga olish, tiklash va nazorat qilish mumkin 
emas. Vaholanki, ular eksperiment natijalariga sezilarli darajada ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, tekshirilayotgan shaxsdan shu yo‘l 
bilan olingan ko‘rsatuvlar yolg‘on bo‘lishi, u o‘z imkoniyatlarini ataylab 
namoyish etmagan bo‘lishi mumkin. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish