3.2. She’riy matnlarda ritorik so‘roq gaplar
Ma’lumki, odatiy so‘roq gaplar o‘ziga nisbatan tasdiq yoki inkor ma’nodagi
javobni talab qiladi. Quyidagi misollarga e’tibor beraylik:
Savol. Nima uchun kecha bazmga kelmadingiz?
Javob. Kecha juda charchagan edim, uyda qolishni afzal bildim.
Savol. Ismingizni ma’nosini bilasizmi?
Javob. Qiziqib ko‘rmaganman, ammo bilishni judayam xohlayman.
Yuqoridagi gaplardan ma’lumki, birinchi kishi savolni ikkinchi kishining
javobini olish uchun beryapti. Bunday gaplarni o‘ziga nisbatan javob talab
qiladigan oddiy so‘roq gaplar deyishimiz mumkin. Ammo shunday so‘roq gaplar
ham borki, ular o‘ziga nisbatan javobni talab qilmaydi, balki javobi ham ichida
bo‘ladi. Shu bilan birga ularda oddiy so‘roq ma’nosi emas, tasdiq, inkor, hayrat,
ajablanish, qiziqish, ishonchsizlik, kesatiq kabi ma’nolar ustunlik qiladi. Og‘zaki
nutqimizda, badiiy matnlarda bu turdagi, ya’ni ritorik so‘roq gaplardan juda
unumli foydalaniladi.
So‘roq gaplar ikki guruhga bo‘linadi:
1.Sof so‘roq gaplar
2.Ritorik so‘roq gaplar
Ritorik so‘roq gaplaar yashirin tasdqi, yashirin inkor, taajjub, tashvish,
g‘amxo‘rlik, g‘azab va gumon, kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin.
Bu vatanda nimalar yo‘q
- tasdiq
O‘zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga-
inkor
Bu nimasi?
-tajjaub
Meni tashlab ketmaysanmi?!
- tashvish
Maqsad nima, maqsad?
- g‘azab
Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir?
-gumon
Tokaygacha ezilamiz, ota?!
- kuchli hayajon
Ritorik so‘roq gaplar oxirida ba’zan so‘roq belgisining o‘zi, ba’zan so‘roq va
undov belgilari barobar qo‘yiladi.
Dunyoda onadan ulug‘ zot bormi?!
47
Bunday o‘rinda albatta, birinchi so‘roq keyin esa undov belgisi qo‘yiladi.
Ritorik so‘roq gaplar badiiy asarlarda emotsional ta’sirchanlikni oshirish,
og‘zaki nutqda hayajon vaa tuyg‘ularni ifodalash uchun ham faol qo‘llanildi.
Yuqoridagi misollarda ritorik so‘roq gapni hosil qiluvchi vositalar tarkibida
nahotki, kim, ehtimol
kabi leksik birliklarning faol qo‘llanganini ko‘rishimiz
mumkin. Chunki ritorik so‘roq gaplarda
nahot, nainki, nahotki
kabi yuklamalar,
kim
olmoshi kabi birliklarning ahamiyati katta bo‘lib, u holatda ham so‘roq javobi
aniq bo‘lib turadi. Shu sababli ham bu vositalar ritorik gaplarda faol qo‘llanadi.
Odatda, so‘roq gaplar tinglovchidan javob talab etadi. Ritorik so‘roq
gaplarda esa javob talab etilmaydi, chunki so‘roqning o‘zi ko‘pincha tasdiq
ma’nosini ham ifodalaydi, javobi o‘zidan ma’lum bo‘lib turadi. Bunday
gaplarda ohang katta ahamiyatga ega bo‘ladi:
Hunarni asrabon netkumdur oxir?
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir?
(Navoiy. “Farhod va Shirin”)
Bu baytda
“hunarni asramayman” “uni tuproqqa olib ketmayman”
degan ma’no anglashiladi.
Ritorik so‘roq usuli she’riy asarlarda juda keng qo‘llangan bo‘lib,
kitobxon shu so‘roqning o‘zidan javobini ham topadi:
Qizning o‘zi yigit bilan til biriktirib,
O‘zi xohlab qochgan bo‘lsa, xo‘sh, kimda gunoh?
Endi ayting insof bilan, Mirzo Ulug‘bek,
Nechuk bo‘lmay bobongizga o‘zim da’vogar?
Shu baloni daf etgali, qiblayi olam,
Yuqoridan farmoyishni kutmoqlik shartmi?
Bu ritorik so‘roqli baytlarning birinchisidan “hech kimda gunoh yo‘q”,
ikkinchisida esa “o‘zim da’vogar bo‘laman” va uchinchisidan “yuqoridan
farmoyishnii kutmoqlik shart emas” kabi javoblar anglashiladi.
48
Nasriy matnlardan farqli o‘laroq, she’riy asarlarda ritorik so‘roq gaplarni
juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va
ta’sir etish vositasi sanaladi. Bizga ma’lumki, she’riy asarlarda qahramon bitta
yoki ikkita bo‘ladi va asosan biror shaxsga, asosan yorga murojaat yo‘llanadi.
Bunday vaziyatda fikrni eng ta’sirchan, ixcham ifodalashning yagona va maqbul
vositalaridan biri bu nazmda ritorik gaplardan unumli foydalanishdir. She’riyat
mulkining sultoni hisoblangan Navoiy bobomiz asarlaridan tortib, to bugungi
kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gapladan ustalik bilan
foydalanib kelmoqdalar. Quyida ayrim she’riy matnlardagi ritorik gaplarni tahlil
qilishga urinamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |