288-modda. Dezertirlik
Dezertirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini
o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘sha qilmish ofitsyerlar tarkibidan bo‘lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha
o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
(288-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi
23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 2.1, 2.3-bandlari.
289-modda. Halok bo‘layotgan harbiy kemani tashlab ketish
Halok bo‘layotgan harbiy kemani o‘z xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan,
shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi bo‘lmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab
ketilishi —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
290-modda. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan
bo‘yin tovlash
O‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z badaniga biron shikast yetkazish
yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash
yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(290-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi
23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 2.1, 2.4 — 2.8-bandlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |