O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/252
Sana17.04.2022
Hajmi1,96 Mb.
#559327
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   252
Bog'liq
Umumiy qoidalar

288-modda. Dezertirlik
Dezertirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini
o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘sha qilmish ofitsyerlar tarkibidan bo‘lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha
o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
(288-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi
23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 2.1, 2.3-bandlari.
289-modda. Halok bo‘layotgan harbiy kemani tashlab ketish
Halok bo‘layotgan harbiy kemani o‘z xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan,
shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi bo‘lmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab
ketilishi —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
290-modda. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan
bo‘yin tovlash
O‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z badaniga biron shikast yetkazish
yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash
yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(290-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi
23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 2.1, 2.4 — 2.8-bandlari.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish