boshladi. Butun arabiston yarim oroli shuningdek, Eron, Kavkaz orti yurti, Suriya
Shimoli Afrika, Janubiy Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi. XII–asr o‘rtalaridan
Arab istilochilari bosib olingan erlarga halqni islom diniga kirita boshladilar.
Tarixchi At – Tabasarining «At –Tabariy tarixi», Narshaxiyning «Buxoro tarixi» va
boshqa tarixiy asarlarida keltirilishicha, arab istilochilarining Movoraunnaxr
halqini islom diniga kiritish jarayoni qiyin kechgan va bir necha yillarga cho‘zilgan.
Chunki Mavoraunnaxr arab istilosigacha ham ma‘naviy ham iqtisodiy taraqqiy
72
etgan mamlakat bo‘lib, uning aholisi arab bosqinchilariga tezda bo‘ysina qolmadi.
Aholining istilochilarga bo‘ysinishini istamaganligining asosiy sabablaridan biri
istibdod va qatog‘onlar bilan bir qatorda, bosqinchilarning maxaliy halqining yillar
davomida tarkib topgan boy ma‘naviy me‘rosi-san‘ati, adabiyoti, yozuvini, asari-
atiqalarini poymol etishga harakatta qilganligi ham bo‘ldi. Shuning uchun ham arab
istilochilari halqni bo‘ysundirish uchun harbiylar bilan bir qatorda, isolm dini
targ‘ibotchilaridan ham foydalandilar va asta sekin ma‘lum natijalarga erisha
boshladilar. Arablar isom dinini tarqatishda turli usullardan foydalandilar. Jumladan
islom dinini qabul qilganlar soliqdan ozod etildi.
Halifalar istilochilik siyosatini o‘tkazar ekanlar barcha halqlar ustidan
madaniy ustunlikni o‘rnatishga harakat qildilar chunki arab halqi XII asr boshlarida
o‘ziga xos madaniyat adabiy til yaratgan bo‘lib, unda notiqlik va she‘riyat yuqori
darajada qadrlangan. Ayniqsa Qur‘onning o‘zi ajoyib fazilatlarga ega bo‘lib, u o‘rta
asr adabiyotining eng nodir adabiy yodgorligi orasida o‘rin olgan. IX asrda tarkib
topgan «Ming bir kecha» ertaklari esa jaxon madaniyatining durdonalaridan
hisoblanadi. Arab tili ham o‘z navbatida yangi madaniyat tili bo‘lib maydonga
chiqdi bu madaniyat ham qadimgi arab madaniyati, shuningdek arab davlati
xududida yashagan boshqa halqlar madaniyatining majmuasi edi. Arablar yunon
fanining yutuqlaridan amaliy foydalandilar, ularning faylasuf olim, yozuvchilarning
asarlarini tarjima qildilar. Astranomiya tibbiyot, kimyoga oid barcha yirik asarlar
arab tiliga tarjima qilindi. Xatto arab olimlari sun‘iy oltin tayyorlash vositasi
«falsafa toshi» ni izlaganlar yunonlardan tasnif etilib fanlar ikki qismga nazariy va
amaliy qismlarga ajratildi. Birinchi qism uch bo‘lim – tabiat to‘g‘risidagi fan,
iloxiyot to‘g‘risidagi va matematika fanlari bo‘lib ularga arifmetika xandasa,
astranomiya va musiqa kiritilgan.
Ikkinchi qism esa, etika, iqtisod va siyosatga bo‘lingan. Hind fani arab
madaniyatiga asosan arifmetika, algebra, tibbiyot ta‘sir etgan. Evropaliklar ham
sonlarning Hind nazariyasi bilan arablar orqali tanishganlar, aljabr algebra degan
arabcha nomni qabul qilingan. Arablar ulkan davlat barpo etib, geografiya rivojiga
ham katta ta‘sir ko‘rsatdilar. Masalan, arab mulklarining dastlabki Haritalari 9-asrda
tuzilgan bo‘lib ularda daryolar oqimi to‘g‘risida mufassal ma‘lumot bo‘lgan.
Ispaniyadan Markaziy Osiyo va Hind daryosigacha cho‘zilgan musulmon dunyosi
bu Haritada batafsil ko‘rsatiladi. Ko‘p xududlarga Arabcha nomlar beriladi.
Xususan, Mavoraunnaxr ham arabcha bo‘lib « Daryo orti» ma‘nosini bildiradi.
Islom arabiston yarim orolida uning ko‘p asrlik tarixidan o‘sib chiqqan diniy-
siyosiy oqim sifatida vujudga kelgan bo‘lsa, ayni paytda u qadimgi dunyoni idrok
etishning va o‘rta asr jamiyatining tiklanish davrida butun yaqin sharq ma‘naviy
ehtiyojiga aks sado ham bo‘ldi. Siyosiy g‘alaba hamda o‘ziga yangi va o‘zga
qarashlarni singdira bilish tufayli u o‘rta asr davri borliqni mafkuraviy idrok
etishning asosiy shakllaridan bo‘lib qoldi. Islomning g‘alaba qilishida uning
asoschisi Allohning vakili bo‘lgan payg‘ambarimiz Muhammad Alayxisalomning
shaxsi katta rol‘ o‘ynaydi. qur‘on oyatlarini o‘rganish o‘zgalik bilan o‘zlikning
islomga uyg‘unlashuvini aniq belgilash uning asoschisi shaxsini ko‘ra olish, xis
etish imkonini beradi. Mavoraunnaxr boshqa istilo etilgan davlatlar qatorida islom
dini bilan birga mazkur dinning muqaddas kitobi «Qur‘on» ning tili, arab tilini
o‘rganish joriy etildi. Bu kitobni boshqa tillarga tarjima qilish taqiqlandi.
73
Musulmon maktablarida arab tili muhim fan sifatida o‘qitilardi, bilim shu
tilda o‘rganilar edi. Arabistondagi kabi Mavoraunnaxrda ham barcha masjidlar
xuzurida maktablar ochiladi va o‘g‘il bollarga shu maktablarda Qur‘on o‘qishni
o‘rgatishga farmon beriladi. Bolalarni masjid imomi o‘qitar edi. Musulmon
ta‘limotiga ko‘ra har bir musulmon beshta asosiy ruknni bajarishi zarur. Birinchisi,
«La ilaxo illallox va muhammadu-r-rasulullox» deb shahodatlik berish, ikkinchisi,
nomoz o‘qish uchunchisi, zakot berish to‘rtinchisi, ramozon oyida ro‘za tutish,
imkoniga ko‘ra xaj qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: