“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
– mafkuradagi g‘oyalar, kategoriyalar va tamoyillarni amaliyotga tatbiq etuvchi
subyektiv omillar (mafkuraviy muassasalar va mafkurachi shaxslar);
– g‘oya va kategoriyalarni amaliyotga tatbiq etish jarayonida qo‘llanilgan yo‘llar,
usullar va vositalardir.
Mafkura uch tarkibiy qismdan iborat bo‘lsada aslida u bo‘linmas, yaxlid mexanizm
hisoblanadi
1
.
insoniyat tarixi mobaynida turli shakldagi ko‘plab mafkuralar yaratilgan, behisob ij-
timoiy-siyosiy kuchlar o‘z g‘oyalar va ta’limotlari bilan maydonga chiqqan, maqsad, ni-
yatlariga yetishmoq uchun harakat qilgan. Biz har qanday mafkurani g‘oyalar tizimi
sifatida talqin qilar ekanmiz, shuni unutmaslik kerakki, biror bir mafkuraning mohiyatini
anglab yetish uchun faqat uning tarkibidagi g‘oyalarni tahlil qilishning o‘zi yetarli emas.
O‘tmishda turli kuchlar va guruhlar o‘z g‘arazli niyatlariga erishish, asl maqsadlarini
yashirish uchun ilg‘or g‘oyalardan foydalangan. Eng yovuz bosqinchi guruhlar ham o‘z
kirdikorlarini ezgu g‘oyalar bilan niqoblashga uringan.
Demak, mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g‘oyalari vositasida emas, shu
g‘oyalarga erishish usullari va vositalari, umume’tirof etilgan tamoyillari, ularning ak-
sariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bo‘ladi. O‘zining mudhish
talab-ehtiyojlari va yovuz niyatlarini boshqa xalqlar hisobini ko‘zlab harakat etuvchi
mafkuralar halokatga mahkumdir.
kishilik jamiyatida ma’naviyat va mafkura o‘rtasida o‘ziga xos dialektik aloqa mav-
jud bo‘lib, ular o‘zaro rivojlanadi va bir-birini mohiyatini to‘ldirib boradi. Darhaqiqat,
odamzot hayotida o‘zligi (mohiyati)ni anglashi uchun ma’naviyat qay darajada zarur
bo‘lsa, ma’naviyatni shakllantirish uchun (bunyodkor) mafkura ham shunchalik zarur
hisoblanadi.
Mafkura haqida so‘z borganda albatta, uning ikki turi ya’ni, bunyodkor va vayron-
kor mafkuralar mavjudligini aytib o‘tish lozimdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida inson mohiyatini chuqur anglash muhim hisoblanadi. Bi-
nobarin, duradgor o‘zining ish obeykti bo‘lgan yog‘ochning xususiyatlarini bilmasligi
ishlab chiqarayotgan mahsulotining yaroqsiz chiqishiga sabab bo‘lganidek, ta’lim-tarbi-
ya jarayonida ham ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, avvalo, o‘zlarining ish
obyekti bo‘lgan insoning xususiyatlarini to‘la anglab yetmasliklari yosh avlod orasidan
ham ma’nan tubanlashgan, g‘oyaviy jihatdan buzilgan odamlarni paydo bo‘lishiga olib
kelishi mumkin. Shu ma’noda, har bir o‘qituvchi va murabbiy eng avvalo, inson zotini,
yosh avlodni xususiyatlarini to‘la anglashi, uni ruhiy va ma’naviy jihatdan oziqlantiradi-
gan nomoddiy unsur (imon, e’tiqod, vijdon, ibo, hayo, sabr-qanoat va boshqa shu kabi
ijobiy komponent)lar majmuasi bo‘lmish ma’naviyatni to‘liq tushunishlari hamda inson
zotida jumladan, yosh avlodda ma’naviyatni shakllantiradigan mexanizm – mafkura
to‘g‘risida chuqur bilim va malakaga ega bo‘lishlari ayniqsa, bugungi kun ta’lim-tarbiya
jarayoni uchun juda muhimdir.
O‘qituvchi va murabbiylik bevosita mafkuraga daxldor kasb bo‘lib, ular o‘z maq-
sadi hamda vazifasiga ko‘ra muayyan g‘oyani targ‘ib qiluvchi, uni yosh avlod ongi va
qalbiga singdiruvchi mafkurachi shaxslar hisoblanadi. Mafkurachi shaxslar deganda
moddiy mahsulot ishlab chiqarmaydigan, asosan inson ongini shakllantirish va rivoj-
lantirish bilan shug‘ullanuvchi kasb egalari tushuniladi.
1
Mamatqulov D. Mafkura tushunchasi, unda g‘oya va kategoriyalarning tutgan o‘rni. //
“Zamonaviy ta’lim”: T., 2015, 11-son., 4-bet.
45
Bugungi globallashuv, axborot almashinuvi o‘ta jadallashgan davrda o‘qituvchi
va murabbiylar o‘zlarini tom ma’noda (bunyodkor) mafkurachi shaxslar deya tasavvur
etishlari hamda bunyodkor mafkuraning kuchidan amalda foydalanishlari uchun bu
borada muayyan ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shundagina,
ular inson mohiyatini anglay oladilar va o‘z faoliyatlari orqali nomoddiy unsur (imon,
e’tiqod, vijdon, ibo, hayo, sabr-qanoat va boshqa shu kabi ijobiy komponent)lar maj-
muasi bo‘lmish ma’naviyatni kuchli mafkuraviy mexanizmlar orqali yosh avlod ongi va
qalbiga singdira oladi.
O‘qituvchi va murabbiy faoliyati o‘laroq har bir o‘quvchi kelajakda o‘z moddiyyati-
ga nomoddiy unsurlar hisoblanmish imon, e’tiqod, vijdon, sabr-qanoat va boshqa shu
kabi ijobiy komponentlarni jo eta olgan tom ma’nodagi mukammal insonga aylanishi
mumkin. Biroq aynan o‘qituvchi va murabbiyning xatosi bilan ya’ni, ular tomonidan
yosh avlod hayotida ma’naviyatning o‘rni va rolini to‘liq tushunmaslik oqibatida yosh
avlod ichidan garchi jismoniy jihatdan kuchli bo‘lsada aslida nomoddiy unsurlar hi-
soblanmish imon, e’tiqod, vijdon, sabr-qanoat va boshqa shu kabi ijobiy komponent-
larni o‘z tanasida mujassam etmagan chala – nomukammal mavjudotlar ham chiqishi
mumkin.
alisher navoiy komil inson va ma’naviyati sayoz insonlarni “ahli ma’ni” va “ahli
suvrat” tushunchalari orqali ifodalagan
2
.
Mutafakkir “ahli ma’ni” deganda imonli, vijdonli, o‘z ehtiyojlarini o‘zgalarniki bilan
uyg‘unlashtira olgan, jamiyat uchun xizmat qiladigan hamda har bir ishning oqibatini
o‘ylaydigan yuksak ma’naviyat va tafakkur sohiblarini nazarda tutgan.
“ahli suvrat” toifasiga esa, insoniy munosabatlarda faqat shaklu shamoyil (qad-qo-
mati, kiyim-kechag-u, mol-dunyo)ga muhim e’tibor beruvchi kishilarni kiritgan. Ularga
viqorli bo‘lish, kibrlanish, zeb-ziynatga berilish, o‘zgalarga zulm o‘tkazishdan huzurla-
nish xosdir degan. Bu toifadagi kishilar kuchlilar oldida qul, ojizlar uchun zulmkor. Ular
o‘z e’tiqodsizliklari tufayli faqat bugungi kun huzur-halovati bilan yashaydilar, bu bilan
u dunyolarini kuydiradilar
3
, deya ta’kidlagan.
yuqoridagi fikrlari orqali Hazrat navoiy XV asrdayoq biz XXi asrda ham anglashi-
miz qiyin bo‘layotgan inson mohiyati hamda uning hayotida ma’naviyat va mafkuraning
tutgan o‘rni va roli haqida o‘zining mulohazalarini bildirib ketgan.
Xulosa sifatida aytish lozimki, bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat olib
borayotgan o‘qituvchi va murabbiylar albatta, ajdodlarimiz merosi va bugungi kun taj-
ribasidan kelib chiqqan holda barkamol insonlarni tarbiyalashni amalda yo‘lga qo‘ya
olishlari lozimdir. Buning uchun bizningcha har bir o‘qituvchi va murabbiy:
Birinchidan, ta’lim-tarbiya obeykti bo‘lgan inson zoti (tabiatdagi barcha narsalar,
hayvonot olamidagi barcha turlar qatori) moddiylik dunyosiga bevosita mansub bo‘l-
gan mavjudot ekanligini va aynan undagi moddiyat (tana tuzilishi) tug‘ma xarakterga
ega bo‘lib, u insonga berilgan bebaho tuhfa ekanligini anglashi;
ikkinchidan, inson zoti faqat moddiylik dunyosiga mansub mavjudot emasligini va
ayni vaqtda unda nomoddiy unsur (imon, e’tiqod, vijdon, sabr-qanoat va boshqa shu
kabi ijobiy komponent)lar majmuasi bo‘lmish ma’naviyatni ham shakllantirish zarur
ekanligini tushinishi;
2
alisher navoiy. Hayratul-abror.(yaxshilar hayrati). – T.: adabiyot va san’at nashr., 1974.
35-38-betlar.
3
Haqqulov i. “kamol et kasbkim...” – T.: Cho‘lpon, 1990. 80-81-betlar.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |