107
jarayonida o‘quvchilarning diqqatlari taqsimlanadi, ular o‘z faoliyatlarini ongli ravishda
rejalashtiradilar va uni boshqaradilar.
O‘quv axborotini tizimlashtirishning asosiy sharti – axborotni (ma’lumotni) mod-
diylashtirish. axborotni izchil joylashtirishda ikki o‘zaro qarama-qarshi holatlarni ko‘zda
tutish zarur: bir tomondan, barcha axborotni bir yerda jamlash lozim; ikkinchi tomon-
dan, axborotning tahlili umuman olganda ma’lum yuklamani talab etadi. Bu holatda
o‘quvchilar uni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Shuning uchun qo‘shim-
cha topshiriqlar sonini qisqartirishga to‘g‘ri keladi. ko‘rsatilgan qiyinchiliklarni yengish
uchun barcha axborotni o‘quv materiali shaklida qismlar (bo‘limlar) bo‘yicha taqdim
etish maqsadga muvofiq.
O‘quv materiallarini o‘quvchilarning real o‘qish imkoniyatlariga moslash uchun
ta’lim mazmuniga berilgan didaktik ishlanmalar aniqlashtiriladi: o‘quv materiallari va
o‘quv
topshiriqlari; o‘quv topshirig‘i
va mustaqil ishlar; o‘quv topshirig‘i va mashqlar.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ixtiyoriy faoliyat chuqur mulohazalar, axborotni faol o‘z-
lashtirish, murakkab operatsiyalarni sifatli bajarish, o‘quvchilar diqqatlarini jamlashni
talab etadi. O‘qituvchi faoliyatining samaradorligi u o‘quvchilarning diqqatlarini o‘quv
muammosida jamlay olishiga bog‘liq. Shu sababli o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘z diqqat-
larini rejalashtirish va tizimlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishi lozim.
O‘quvchilarning aqliy faoliyatlarining jihatlari quyidagilarda ifodalanadi: o‘quv-
chilar diqqatlarini o‘quv materiallarini umumlashtirishga qaratish, ular yordamida
o‘quvchilarning diqqatlari jamlanadi va onglari rivojlanadi. Mazkur o‘quv materialla-
rida obyekt, hodisa, isbotlarni ajratish zarur. Mazkur material o‘quvchilar tomonidan
umumlashgan ko‘rinishda xatti-harakat va uning natijasi sifatida idrok etiladi. Bunda
o‘quv materialining strukturalashtirilishi diqqatni taqsimlash usuli yordamida amal-
ga oshiriladi. Barcha obyektlar yoki isbotlar guruhi o‘quvchining ongi bilan nazorat
qilinishi orqali diqqatni muvofiqlashtirish (yaqinlashtirish) muhim ahamiyatga ega.
Diqqatni dalillardan uzoqlashtirish (chalg‘itish) o‘quvchilarning ong osti xususiyatlari
bilan bog‘liq. Bunday holatda o‘quvchilarning xotiralarida faqatgina axborotning o‘zi
saqlanib qoladi.
O‘quv materiallarini tizimlashtirish o‘quvchilarga diqqatlarini asosiy qoidalarga qa-
ratish va axborot (matn) bilan ishlash jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. O‘quv-
chilarga amaliy ishlar davomida o‘z diqqatlarini boshqarishlarida quyidagi usullar yor-
dam berishi mumkin:
1. Diqqatni jamlash, uning taqsimlanishi o‘quvchilarga eng asosiy fikrlarni (birin-
chi darajali qoidalar) ajratish imkonini beradi. Bu o‘quvchilarga o‘quv materialini o‘z-
lashtirish va uni xotirada saqlashga yordam beradi. Masalan, ona tili darslarida oldin
o‘zlashtirilgan bilimlar, tabiiy mavjud bo‘lgan til malakalari va tashqi tayanch materi-
allardan foydalanish mumkin. Ularga verbal xususiyatdagi o‘quv materiallari (rejalar,
tayanch so‘zlar yoki belgilar, mantiqiy sxemalar), turli ko‘rinishdagi jadvallar (o‘quv
materialining rejasi, diagrammalar, sxemalar, chizmalar, statistik, xronologik jadvallar),
illyustratsiyali ifodalar (rasmlar, suratlar, plakatlar, rasmli grafiklar) va boshqalar kiradi.
Tayanch o‘quv materiali joylashuvining qat’iy tartibi bevosita o‘quvchilarning diqqatla-
rini markazlashtirish va uni boshqarish mexanizmlari bilan bog‘liq. Tayanch qoidalar
tizimlashtirish usulining asosiy manbai hisoblanadi.
2. O‘quv materiallarini tizimlashtirish. O‘quv materialini loyihalashtirish va uning
tasniflanishi barcha komponentlarning aniq mantiqiy ketma-ketlikda joylashishi u ch un
sharoit yaratadi, ya’ni materiallar tizimlilik tamoyili asosida joylashtiriladi. Shunga