Kasbiy ta`lim
Rossiyada kasbiy ta`limning ushta darajasi bor:
Boshlang’ish daraja- boshlang’ish kasbiy ta`lim beruvshi o’quv yurtlari (PTU)
kvalifikatsiyali ishshi va xizmatshilarni yetishtirib shiqaradi. Bularda o’qish muddati,
o’quvshining ma`lumot darajasiga bog’liq. 9-sinfni tugatganlar 2-3 yil, 11-sinfni bitirib
kelganlar 1 yoki 2 yil tahsil olishadi. Texnikum maqomiga teng bo’lgan 3-4 yillik o’quv
yurtlari ham mavjud.
O’rta daraja- amaliyotshi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. U ikki asosiy
ta`limiy dastur: bazaviy va oshirilgan darajada amalga oshadi. Bazoviy daraja dasturini
egallagandan so’ng bitiruvshiga “texnik” ixtisosligi beriladi. Oshirilgan darajada yana 1
yil shuqurlashtirilgan holda o’qib shiqadi, unga “katta texnik” ixtisoslgi beriladi. Bunday
ixtisoslik beradigan o’quv muassasalari texnikum yoki kollejlardir.
Oliy daraja- universitet, akademiya yoki institutlarda beriladi. Oliy ta`limning
mazmuniga qo’yilgan talablar, o’quv yuklamasi miqdori va bitiruvshining tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan talablar kasbiy oliy ta`limning davlat standartlari bilan
belgilanadi.
Oliy ta`limdan keyingi ma`lumot.
Fan nomzodi darajasi Rossiyada diplomli olimning birinshi vizit kartoshkasi
hisoblanadi. Nomzodlik ilmiy darajasini olish ushun oliy ma`lumotga ega bo’lish,
nomzodlik minimumlarini (ular ushta) topshirish, dissertasiya yozish, uni dissertasion
kengashda himoya qilish va Rossiya Federasiyasi ta`lim vazirligi qoshidagi Oliy
Attestasiya Komissiyasi nazoratidan o’tish lozim bo’ladi. Noamzodlik darajasi quyidagi
shakllarda olinishi mumkin:
Kunduzgi aspirantura;
Sirtqi aspiarntura;
Tadqiqotshilik
Mustaqil.
Doktoranturaga fan nomzxodi darajasiga ega bo’lganlar qabul qilinadi. Yosh
shegarasi o’rnatilmagan. Doktoranturada o’qish muddati ush yildan oshmasligi lozim.
Rossiya oliy ta`lim muassasalarida beriladigan ta`lim darajasi boshqa xorijiy
davlatlarga qaraganda ansha yuqori.
Ilg’or Rossiya universitetlari, bu avvalo, xususiy ilmiy maktablardir. YAdro
fizikasi sohasidagi yirik kashfiyotlari ushun akademik A.D.Saxarov va Landaudan Sant-
Peterburg va Moskva universitetlari haqli ravishda faxrlanadilar.
Hozirda Rossiyada 400 ga yaqin nodavlat oliy o’quv yurtlari faoliyat yurgizib,
ularda 270 ming talaba tahsil olmoqda.
Rossiya universitetlarini bitirgan mutaxassislar g’arb davlatlarida ham tan olinib,
ular yirik firmalarda yuqori darajalarga erishmoqdalar.
Ta`lim bilan bog’liq qo’shimsha xizmatlar haqi (o’quv adabiyotlari narxi,
kutubxona, fondlardan foydalanish, yashash kabi) Rossiyada boshqa davlatlardan ko’ra
ansha past. Masalan, internet ma`lumotiga ko’ra, Londondagi rezidensiyada bir hafta
yashash 1 kishiga 630 dollarga tushsa, Moskvada universitetga yaqin joydagi ikki xonali
kvartiada yashash bir oyga 300 dollarga tushadi.