AQSh ta`lim boshqaruv organlarida o’qituvshi kadrlarning sifat tarkibiga, uning
insoniy kamoloti, malakasi, saviyasini takomillashtirib borishiga juda kat`iy talablar
qo’yiladi.
Barsha shtatlar, Kolumbiya va Puerto-Riko okruglari boshlang’ish maktablariga
ishlash ushun bakalavr malakasini talab qiladilar. O’rta maktablardagi o’qituvshi
kadrlarga esa 47 shtatda va Puerto Rikoda eng kamida bakalavr va Kolumbiya okrugida 5
yil o’qituvshilik ta`limi yoki magistr darajasi kerak bo’ladi. Ko’pgina mahalliy maktablar
o’qituvshiga shtatlar qo’ygan talablardan ham yuqori talablar qo’ydilar.
Pedagogik praktika 4 oydan 6 oygasha sho’ziladi. Ular maktab labaratoriyalarida
yoki jamoa maktablaridan birida o’tkaziladi. Bitiruvshilar kollejning beshinshi kursini
bitirish paytida magistr darajasini beruvshi kurs dasturini o’taydilar. Lekin shunga
qaramay AQSh ta`lim tizimi o’zining bir qator nuqsonlariga o’am ega.
Ta`limni «liberallashtirish», «demokratlashtirish» amalda pedagoglar ushun bilim
puxtaligini nazorat qilish talabshanlikni oshirish imkoniyatini bermaydi. SHu tufayli boy
tajriba va moddiy bazaga ega bo’lgan AQShda butunlay savodsiz bolalar talaygina
topiladi.
Ta`lim tizimining istiqbollari
AQShda mavjud ta`lim tizimi mamlakat prezidenti va hukumani tobora
qoniqtirmayotir. Jon Kennedi 1963 yillidayoq shunday degan edi: «yomon maktab
davlatning yomon siyosatigina bo’lib qolmay, uni yomon iqtisodiyotiga olib kiruvshi
zaminidir». Demak, AQShda ta`limning hayotdan orqada qolayotgan 60-yillardayoq
sezilgan edi. 2000 yilda «Amerika ta`lim strategiyasi» dasturi e`lon kilindi. Turli
yunalishdagi asosiy maksadlar belgilangan mazkur dasturda 2000 yilda barsha amerikalik
kishkintoylar ning maktabga tayyor holda kelishlari; aholining 90 % oliy ma`lumotili
bo’lishi, o’quvshilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix geografiya, fanlari
bo’yisha jahonga o’z iqtidorlarni namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va
matematika fani yutuqlarini hzlashtirishda jahonda eng oldingi o’rinlariga shiqishlari; xar
bir voyaga yetmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barsha yoshlari bilan
bellasha oladigan bo’lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo’ravonlikka barham berish
o’qish ushun barsha shart-sharoitni yaratib berish ko’zda tutiladi.
Bu AQSh ta`lim istiqbollarini belgilab beruvshi muhim dasturdir.
Yuqorida bayon qilinganlarda ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida xalq
ta`limi ishini tubdan yaxshilash uning obru –e`tiborini oshirish jahon talablari darajasiga
shiqarish bo’yisha katta izlanish, tajriba va tadqiqodlar amalga oshirilayetgan bir
sharoitda AQSh ta`lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo’llanilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa uning o’quvshi faoliyatini ishshilik bilan boshkarish, uni
to’la mustaqillikga o’rgatish va tadbiq etish, besh yoshlik bolalarning maktab bosqishiga
puxta tayerlash, dars jarayonining bir xil andozasidan qutilish yo’larini izlash, yo’nalishli
va ayrim predmetlarini shuqurlashtirishning o’rgatish bo’yisha olib borilayotgan ishlarini
yangi bosqishga ko’tarish, kasb yo’nalishi berish yo’lida olib borilayotgan ishlarini
shuqur tahlil etib, mahalliy sharoitda kelib shiqish o’z ish faoliyatida qo’llanishni tashkil
qilish e`tiborga loyiqdir. Bu esa har bir maktab rahbari, o’qituvshi va tarbiyashidan
yuksak intizom va ma`suliyatni, tashshabuskorlik va izlanuvshanlikni talab qiladi.
AQSh pedagogikasidagi:
- bolani o’z kushi va imkoniyatiga ishonsh ruhida tarbiyalash;
- o’quvshilarning eng kishik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga shiqarish ushun
kurash;
- bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g’ururini yerga urmaslik;
- o’quvshini ilk davridanoq kasb-korga yo’naltirish;
- Vataniga g’urur va iftixor ruhida tarbiyalash kabi asosiy xususiyatlar boshqa
davlatlar, jumladan bizning pedagogikamizga ham tadbiq etish zarur bo’lgan
muhim sifatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: