Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga
xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va
umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog`i davlatga qarashli
bo’lmagan sektorga to’g`ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari
davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining
50
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan
ikkinchi bosqich 1994-1995
yillarga to’g`ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning akstiyalari respublika qimmatbaho
qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi
bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg`in tashkil qilindi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha
ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning
asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan
mablag`larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni
jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini
to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish
belgilandi.
O’zbekistonda
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish
jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy
sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g`risida»gi
Farmoni bilan bog`liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo’naltirilgan. Iqtisodiy
nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va
barqaror rivojlantirish uchun to’g`ridan-to’g`ri investistiyalarni jalb etish
maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi
joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining
boshlang`ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor
korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha
tanlov asosida investistiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga
sotish tartiblari tasdiqlandi.
51
Bozor iqtisodiyotning to’laqonli amal qilishi ko’p jihatdan mamlakatdagi
monopoliyaga qarshi siyosatning samarasiga ham bog`liq. O’zbekiston
Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim
yo’nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab
turgan ustunlik mavqeini sui
Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan
biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2009 yil
davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi
ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida
ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish
boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko’p qavatli
uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman
olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib,
ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,3 mln. nafar
aholining yoki 268,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy
va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa,
yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy
farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga
ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: