Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana12.01.2021
Hajmi0,58 Mb.
#55443
TuriReferat
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy vositalaridan biri sifatida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

33 


2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 

xususiylashtirish borasida erishilgan  natijalar iqtisodiy  tahlili. 

 

O’zbekiston  mustaqil  taraqqiyot  yo’lini  tanlab,  jamiyatni  tubdan  isloh qilish 



strategiyasi  ishlab  chiqishda  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishni 

pirovard  maqsad  sifatida  belgilab  oldi.  Prezidentimiz  bu  borada  “Bunda  biz 

markazlashtirilgan,  ma’muriy-buyruqbozlikka  asoslangan  iqtisodiyotdan  bozor 

iqtisodiyotiga o’tish – eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki 

takomillashtirish  emas,  balki  bir  sifat  holatidan  ikkinchi  sifat  holatiga  o’tish 

ekanligini  qayta-qayta  ta’kidladik.  Bu  bir  iqtisodiy  munosabatlar  va  tashkiliy-

boshqaruv  tuzilmalarining  boshqa  iqtisodiy  munosabatlar  va  tashkiliy-boshqaruv 

tuzilmalari bilan almashinuvidir”

2

, deb ko’rsatib berdi. 



Bundan  ko’rinadiki,  bir  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim  o’rniga  mazmun  va  sifat 

jihatidan  farqlanuvchi  butunlay  yangi  tizimning  shakllantirilishi  jamiyatdagi 

mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab 

tashkiliy-iqtisodiy  va  xo’jalik  yuritish  shakllarining  barham  topishi  yoki 

o’zgarishiga,  yangilarining  paydo  bo’lishiga  olib  keladi.  Eng  muhimi,  bunday 

yangilanishlar  jamiyat  a’zolarining  iqtisodiy  tafakkuri,  turmush  tarzi  va  “hayot 

falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.  

Jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  mazmuni  va  qiyofasining  yangilanishi  mazkur 

jarayonlar  huquqiy  asoslarining  yaratilishi  bilan  birga  uzviy  holda  borishi  zarur.  

Shunga  ko’ra,  iqtisodiy  islohotlarning  dastlabki  pallasidanoq  mamlakatimizda 

Fuqarolik,  Er,  Soliq  va  Bojxona  kodekslari,  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish  to’g`risida”,  “Banklar  va  bank  faoliyati  to’g`risida”,  “Chet  el 

investistiyalari  to’g`risida”,  “Chet  ellik  investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va 

ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim 

qadam bo’ldi.  

Bozor  iqtisodiyotiga  o’tishdagi  islohotlarning  bosqichligi  va  izchilligining 

muhim  qoidasi  va  e’tiborda  tutish  lozim  bo’lgan  jihatlaridan  biri  –  ijtimoiy-

iqtisodiy  munosabatlardagi  har  qanday  sifat  o’zgarishlarini  muntazam  kuzatib, 

ularni  yanada  rivojlanishini  rag`batlantirib,  va  ayni  paytda,  buning  uchun  etarli 

shart-sharoitlarni  yaratib  borish  hisoblanadi.  Shunga  ko’ra,  Prezidentimiz 

ta’kidlaganidek,  islohotlarimizning  keyingi  bosqichida  “Tadbirkorlik  faoliyati 

erkinligining  kafolatlari  to’g`risida”,  “Xususiy  korxona  to’g`risida”,  “Valyutani 

tartibga  solish  to’g`risida”,  “Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to’g`risida”,  “Fermer 

xo’jaligi  to’g`risida”gi  Qonunlar,  yangi  tahrirdagi  Soliq  kodeksi  va  iqtisodiyotni 

isloh  qilish  bo’yicha  umumiy  hisobda  400  dan  ziyod  qonun  hujjatlari  ishlab 

chiqilib,  qabul  qilindi  va  joriy  etildi.  Ularning  barchasi  iqtisodiyotimizni  yanada 

liberallashtirish  va  modernizastiya  qilishda  nafaqat  mustahkam  huquqiy  asos, 

balki  amalga  oshirilayotgan  bozor  islohotlarining  ortga  qaytmasligining  kafolati 

bo’lib xizmat qilmoqda.  

                                                 

2

 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли.  – Т.: Ўзбекистон, 1993. 




 

34 


Agar  bozor  islohotlarining  dastlabki  pallalarida  odamlarda  bu  boradagi 

tasavvurlar  etarli  emasligi  natijasida  mazkur  jarayonlarga  ma’lum  darajada 

hadiksirash,  ertangi  hayot  uchun  tashvishlanish,  hattoki  ayrim  hollarda 

ishonchsizlik 

xislari 

mavjud 


bo’lsa, 

mamlakatimizdagi 

islohot 

va 


yangilanishlarning  o’tgan  davri  bunday  hissiyot  va  ikkilanishlarni  yo’qotib 

yubordi,  aholi  orasida  ertangi  kunga  ishonch  va  yorqin  kelajak  uchun  intilish, 

bunyodkorlik  yo’lida  harakat  qilish  kabi  xislatlarni  kuchaytirdi.  Bugungi  kunda 

jamiyat  a’zolarining  aksariyati  bozor  iqtisodiyotining  afzalliklari  va 

imkoniyatlarini  o’z  hayotlari  va  turmush  tarzlarida  yaqqol  sezmoqdalar.  Dastlab 

odamlar  uchun  qandaydir  mavhum  bo’lib  tuyulgan  bozor  iqtisodiyoti  bugun 

ularning farovon hayotlari uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.  

Prezidentimiz  o’z  ma’ruzasida  yuqoridagi  ijobiy  jihatlarni  ta’kidlash  bilan 

birga,  xolisona  tahlil,  islohotlarimizning  mantig`i  va  izchilligi,  ularning  eng 

zamonaviy  bozor  normalariga  muvofiqligini  baholash  iqtisodiyotni  boshqarish 

tizimini  yanada  chuqurlashtirish,  takomillashtirish  va  liberallashtirish  bo’yicha 

jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko’rsatayotganini ham ta’kidlab o’tdi. 

Ma’lumki,  erkinlashtirish  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishning  asosiy 

yo’nalishlaridan biri bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda 

cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor 

qilishga  yo’naltirilgan  chora-tadbirlar  tizimidan  iboratdir.  U  butun  iqtisodiyotga 

tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; 

- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; 

- narxlarning ustun ravishda talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga 

o’tish; 

-  ichki  va  tashqi  bozorlarda  transakstion  bitimlar  ustidan  davlat  nazoratini 

pasaytirish va h.k. 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitustiyasida  xususiy  mulkka  alohida  e’tibor 

qaratilib,  uning  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasida  ekani 

alohida  qayd  etilgan.  Shuni tan olishimiz  va  doimo  e’tiborda  tutishimiz  kerakki,  

bugungi  kunda  ham  aholi  ma’lum  bir  qismining  xususiy  mulk,  tadbirkorlik, 

daromadlarning  shakllanishi  tizimining  erkinligiga  salbiy  munosabatda  bo’lishi 

hollari  uchrashi  mumkin.  Bu  holat  totalitar  tizimning  bir  necha  o’n  yillar 

davomida  hukmronligi  oqibatida  aholida  shakllangan  boqimandalik  kayfiyati, 

davlat yordamiga umidvorlik, xususiy mulkning uzoq yillar davomida ta’qib qilib 

kelinganligi,  uning  ayrim  kishilar  tasavvurida  salbiy  taassurot  qoldirganligi  kabi 

sabablar bilan izohlanadi. 

Mamlakatimizda  xususiy  mulkning  daxlsizligi  va  davlat  himoyasiga 

olinganligi  to’g`risida  to’xtalar  ekanmiz,  bu  taniqli  iqtisodchi  Ya.Kornaining 

xususiy  sektorni  samarali  rivojlanishini  ta’minlash  uchun  “Xususiy  mulkning 

mutlaq  xavfsizligi  to’g`risida  qat’iy  ravishda  e’lon  qilinishi  zarur…  Albatta, 

bunday  kafolatlar  qonunlar,  partiyalarning  dasturlari  va  etakchi  davlat 

arboblarining  bayonotlari  orqali  belgilanishi  lozim…  Kelgusidagi  investistiyalar 

haqida  qayg`urish    “Konfiskastiyalar  endi  hech  qachon  bo’lmaydi!”  deya  qat’iy 




 

35 


bayonot  berishni  taqozo  etadi”

6

  degan  so’zlarini  keltirish  o’rinlidir.  O’zbekiston 



o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon Prezidentimiz shaxsan turli doiralarda 

bunday kafolatlar to’g`risida muntazam ravishda, qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda. 

“Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini  rivojlantirish  konstepstiyasi”da  “Birinchi  navbatda,  xususiy  mulkning 

huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l 

bilan  qo’lga  kiritgan  yoki  yaratgan  o’z  mulkining  daxlsizligiga  aslo  shubha 

qilmasligini  ta’minlaydigan  ishonchli  kafolatlar  tizimini  yaratishimiz  zarur.  Har 

bir  tadbirkor  avvalo  shuni  aniq-ravshan  bilib  olishi  kerakki,  davlat  xususiy 

mulkdor  huquqlarining  himoyachisidir.  Shuning  uchun  ham  tadbirkorlar  o’z 

biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, 

mahsulot  hajmi  va  olayotgan  daromadini  ko’paytirishi,  o’z  mulkiga  o’zi  egalik 

qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim”

7

  deya  yana  bir  bor ta’kidlanishi ushbu 



fikrlarning yaqqol tasdig`idir.  

Ma’ruzada shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy 

mulkka 

nisbatan 

davlat 

tomonidan 

berilayotgan 

asosiy 


kafolatlarni 

mustahkamlashga  qaratilgan  “Xususiy  mulkni  himoya  qilish  va  mulkdorlar 

huquqlarining  kafolatlari  to’g`risida”gi  Qonunni  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish 

zarurligi,  shuningdek,  boshqaruv  tizimini  takomillashtirish,  ortiqcha  byurokratik 

to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish 

tartib-qoidalari  to’g`risida”gi  Qonunni  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  muhim 

ahamiyat  kasb  etishi,  bunda  tadbirkorlik  faoliyatini  yuritish  uchun  zarur  bo’lgan 

ruxsat  berish  tartib-qoidalarining  qat’iy  cheklangan  ro’yxati  va  turlarini  aniq 

belgilab  qo’yish,  qonunda  nazarda  tutilmagan  ortiqcha  ruxsatnoma  va  ruxsat 

berish  tartib-qoidalarining  yangi  turlari  kiritilishini  qonun  bilan  keskin  taqiqlash 

zarurligi ta’kidlandi.  

Prezidentimiz  tomonidan  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishdagi  ruxsat 

berish  jarayonlarining  qisqartirilishi  va  to’lovlarning  optimallashtirilishi  bilan 

bog`liq  chora-tadbirlarga  oldingi  yillardan  e’tibor  qaratib  kelinmoqda.  Xususan, 

2009  yilda  ham  tadbirkorlarning  o’z  ishini  tashkil  etish  bilan  bog`liq  sarf-

xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirilib, jumladan:  

- arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;  

- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar; 

- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirilgan edi. 

Mamlakatimizda  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishdagi  ruxsat  berish 

jarayonlarining  qisqartirilishi  va  to’lovlarning  optimallashtirilishi  bilan  bog`liq 

tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin (7-jadval). 




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish