5. Jamlash, umumlashtirish ma’nosini ifodalovchi olmoshlar
berilgan qatorni aniqlang.
A) har kim, har qaysi, har qachon;
B) qay bir, allakim, hech nima;
C) har doim, ba’zan, allaqanday;
D) barcha, hamma,bari.
6. Kelishik qo‘shimchalarini qabul qilmaydigan so‘roq olmoshini
toping.
A) necha?
B) qancha?
C) nega?
D) nima?
7. Qaysi turdagi olmoshlarning ba’zilariga qaratqich va tushum
kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda bir -n tushib qoladi?
A) o‘zlik olmoshiga;
B) ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga;
C) ba’zi kishilik olmoshlariga;
D) ba’zi so‘roq olmoshlariga.
8. Qaysi qatordagi olmosh shaxsning tanholigini bildiradi?
A) hech kim, hech nima,hech qanday;
B) bu, shu, o‘sha;
C) allakim, nimadir, hamma;
D) o‘zim, o‘zing, o‘zi.
9. Bo‘lishsizlik olmoshi qaysi gapda qo‘llangan?
A) Olqirlar hech narsadan jirkanmaydilar;
B) O‘z tilini idora qilolmaydigan odamda haqiqat bo‘lmaydi;
C) Iroda barcha dori-darmonlardan ko‘ra ko‘proq yordam beradi;
D) Yoshlikda nimani eksang, ulg‘ayganda o‘shani o‘rasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |