So‘zlar ichidan modal so‘zlarni ajrating. Ularni sof yoki
vazifadoshligini tushuntirib, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ammo, hamisha, avvalo, so‘ng, afsus, shubhasiz, noiloj,
albatta, taxminan, balki, ehtimol, biroq, birdan, aftidan, ma-
salan, darhaqiqat.
Savol va topshiriqlar
1. Qanday modal so‘zlar sof modal so‘z hisoblanadi?
2. Vazifadosh modal so‘zlarni ayting.
284-mashq.
Uyga vazifa. Aftidan, chamasi, ehtimol, shubhasiz, balki
so‘zlarini avval modal ma’noda, so‘ng o‘z ma’nosida qo‘llab gaplar tuzing.
Ularning farqini tushuntiring.
TASDIQ VA INKOR SO‘ZLAR
1-topshiriq. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosi va
vazifasi haqida fikr yuriting.
– Siz shu maktabda o‘qiysizmi?
– Ha.
– Sakkizinchi sinfdami?
– Yo‘q, yettinchi sinfda.
– Men ham yettinchi sinfdaman. 50-maktabda o‘qiyman.
– Muzqaymoq yemaymizmi?
– Mayli.
– Yuring, salqinga o‘tamiz.
– Xo‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |