332
- davlat kadastri yagona tizimini to‘liq barpo etish maqsadida soha kadastri
ma’lumotlarini vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralardan olish, davlat yer kadastri,
bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlarini tartibga solish, saqlash va
yangilash (qog‘oz va elektron variantlarda), davlat
kadastri yagona tizimiga
ma’lumotlarni kiritish tartibini aniqlash, baholash ishlarini takomillashtirish;
- «O‘zbekiston Respublikasida sug‘oriladigan tuproqlarni bonitirov-kalash
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma» va «Davlat yer kadastrini yuritish uchun tup-roq
tadqiqotlarini bajarish va tuproq kartalarini tuzish bo‘yicha yo‘riq-noma» asosida
barcha fermerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini 1:5000,
zarur hollarda
1:1000; 1:2000 miqyosdagi raqamli elektron tuproq kartalari bilan ta’minlash hamda
tuproq bonitet ballarini aniqlash ishla-rini zamonaviy geoaxborot tizimlari
texnologiyalarini qo‘llash asosida yakuniga etkazish;
-
yer
monitoringini
zamonaviy
talablar
darajasida
olib
borish,
ma’lumotlarning haqqoniyligini va sifatini ta’minlash maqsadida yer tuzish
organlarini zamonaviy geodezik o‘lchov asboblari va dasturlar bilan ta’minlash;
- tuproq-baholash ishlarining sifati va tezkorligini ta’minlash maq-sadida dala
va laboratoriya asbob-uskunalarini yangilash maqsadida tuproq tadqiqotlari bilan
shug‘ullanuvchi tashkilotlarni zamonaviy mobil labora-toriyalar, analitik uskunalar
va reaktivlar bilan ta’minlash;
- respublikadagi mavjud fermer xo‘jaliklarini sifatli tuproq-baholash xaritalari
bilan ta’minlash maqsadida «Panorama» dasturida
GAT texnologiyalaridan
foydalangan holda qisqa muddatlarda tuproq-baholash ishlarini tugatish va fermer
xo‘jaliklarining raqamli elektron tuproq-baholash xaritalarini tuzish;
- avtomatlashtirilgan yer ma’lumotlari tizimini yaratish va yuritish;
- yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishla-rini
zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirishni ta’minlash;
- yerlarni me’yoriy baholash ko‘rsatkichlarini doimiy tarzda yangilab borishni
ta’minlash, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish
tizimini yaratish;
333
- yangi texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar, uslubiy qo‘llanmalarni o‘rganish,
ularni
respublikamiz
sharoitlariga
moslashtirish
va
joriy
etish
hamda
mutaxassislarni tayyorlash maqsadida xorijiy davlatlar bilan o‘zaro
aloqalarni
mustahkamlash.
Shu bilan birga, yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy mexa-nizmini
ishlab chiqish va uning amal qilishini kuzatish har doim jahon ama-liyotida
munozarali bo‘lib kelgan. Chunki mazkur mexanizm
hamisha ham davr talablari
darajasida takror ko‘rib chiqilavyermaydi. Ayniqsa, qishloq xo‘ja-ligi uchun doimiy
ravishda imtiyozlar va tez samara berishi mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi
mexanizm elementlarini joriy qilishga ko‘p e’tibor berilgan. Aksariyat hollarda
bunday choralar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash vazifalariga kirsa, ayrim
holatlarda esa, mamlakatning mavqe-ini mustahkamlash
vazifalaridan kelib chiqib
ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: