@edurtm_uz
http://t.me/rtmigfuz
www.tarbiyam.uz @TarbiyamUz_bot
kommunikativlik, ijodiy yaratuvchanlik va hamkorlik ko‘nikmalarini, ya’ni kompetensiyalarni rivojlantirishga zamin
yaratadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, har qanday darsning sifati faqatgina darslikka emas, balki o‘qituvchi tomonidan
qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar va metodlarning natijaviyligi, uni qo‘llayotgan o‘qituvchining bilimi, ijodiy va
kasbiy mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchining kasbiy mahorati, o‘quvchilarning individual xususiyatlari, qiziqishlari, ta’lim
muhiti va mavjud imkoniyatlarni inobatga olgan holda to‘g‘ri tushunilgan, tanlangan va qo‘llanilganda ko‘zlangan
pedagogik maqsadga erishish o‘zaro uzviy bo‘lib, o‘qituvchilarning tinimsiz o‘z ustilarida ishlashni talab etadi.
Mavzular xarakteriga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ijodiy hikoyalar tuzib, undagi qahramonlarning
fazilatlari va xulq-atvoriga munosabat bildirishga o‘rgatish lozim. Shuningdek, mediamahsulotli vositalar hamda
muammoli masalalardan foydalanishga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quv jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli texnologiyalar va metodlar maqbul uyg‘unlikda qo‘llanishi mumkin.
Masalan, “Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi”, “O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish
texnologiyasi”, “O‘qitishni individuallashtirish ta’lim texnologiyasi”, “Modellashtirish ta’lim texnologiyasi”, “Hamkorlik
ta’lim texnologiyasi”, “Muammoli ta’lim texnologiyasi”, “Evristik ta’lim texnologiyasi”, “Raqamli ta’lim texnologiyasi” kabi
juda keng qo‘llaniladigan texnologiyalari tavsiya etiladi.
O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyati mos ravishda o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (radikal, modifikatsiyalangan,
kombinatsiyalangan), ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli), kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki
tashqaridan olingan) turkumlanishi asosida Interfaol metodlar: “Case study” (yoki “O‘quv keyslari”), “Modellashtirish”,
“Ijodiy ish”, “Munosabat”; Strategiyalar: “Galereya”, “Rotatsiya”, “Yumaloqlangan qor”; Grafik organayzerlar: “Konseptual
jadval”, “Insert”, “Nima uchun jadvali” kabilardan samarali foydalanish mumkin.
Albatta bunda, shakl va mohiyatiga ko‘ra turkumlangan metodlarni tanlashda o‘qitish maqsadi bilan o‘qituvchilarning
kuchli bilimi va salohiyati, dunyoqarashi keng, insonparvarlik, vatanparvar, tashabbuskor, ijodkor, madaniyatli va savodli
nutq, kasbiy mahorati, o‘z kasbini sevish – o‘ziga ishonch yotadi.
Mazkur tig‘izlashtirilgan “Tarbiya” fani namunaviy taqvim-rejada nazorat ishi uchun alohida soat ajratilmagan.
Nazorat ishlari amaliy mashg‘ulotlar va yakuniy dars uchun ajratilgan soatlar hisobidan amalga oshirilishi nazarda
tutilgan.
10-11-sinf “Dunyo dinlari tarixi” va “Ma’naviyat asoslari” fani o‘quv dasturidagi mavzularni uzviyligi va uzluksizligini
ta’minlagan holda, belgilangan dars soati va mavzu hususiyatidan kelib chiqib tig‘izlashtirildi. Mazkur taqvim-rejaga ko‘ra,
o‘quvchilarning salohiyatidan kelib chiqib, 1 soatga mo‘ljallangan 2-3ta mavzuni umumiy tarzda o‘qitilishi maqsadga
Do'stlaringiz bilan baham: