@edurtm_uz
http://t.me/rtmigfuz
www.tarbiyam.uz @TarbiyamUz_bot
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
HUZURIDAGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
Ijtimoiy va gumanitar fanlari bo‘limi
Tarbiya fanidan tig‘izlashtirilgan
taqvim-mavzu rejasi
Toshkent – 2020 y.
Tar
b
iya:
Ba
xt
va
mu
vaff
aq
iyat
s
ir
lar
i!
@edurtm_uz
http://t.me/rtmigfuz
www.tarbiyam.uz @TarbiyamUz_bot
TUSHUNTIRISH XATI
Ma’lumki, Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 3-sentabrdagi 02-02/2-578-sonli xatiga binoan pandemiya munosabati
bilan 2020-2021-o‘quv yilining 1-2-choragi davomida ayrim fanlarning masofaviy ta’lim shaklida o‘zlashtirib borilishi
tavsiya etilgan edi.
Bugungi kunga kelib umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarida belgilangan bilimlarni o‘zlashtirishga imkoniyat yaratish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining
25-dekabrdagi 02-02/2-1671-sonli xatiga asosan joriy o‘quv yilining 3-choragidan boshlab “Tarbiya” fani an’anaviy
shaklda o‘qitilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan, ushbu fanni tig‘izlashtirilgan holda o‘qitish bo‘yicha mazkur namunaviy taqvim-reja va
tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yangi joriy qilingan “Tarbiya” fanini umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitishdan maqsad yoshlarni muvaffaqiyatli
ijtimoiy hayotga tayyorlash, yangilanayotgan O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlarimizni yuksak axloq va
madaniyatni o‘zida mujassam etgan raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Ushbu fan o‘quv dasturlari va darsliklardagi mavzular uzviylik va uzluksizlik asosida yaratilgan bo‘lib, mazkur
taqvim-rejada mavzular uzviyligini ta’minlash maqsadida barcha mavzular tig‘izlashtirilgan holda taqdim etilmoqda.
Maktab ta’limining maqsadlariga mos ravishda “Tarbiya” fanini o‘qitish O‘zbekistonning bo‘lajak muvaffaqiyatli
fuqarosini tarbiyalashda milliy yuksalish prinsiplari va taraqqiyot yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual
salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan, ya’ni o‘quvchining shaxsiga,
unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil rivojlanishga o‘rgatish, iftixor va insoniy qadr-
qimmat tuyg‘usini shakllantirishni nazarda tutadi.
Bugungi ta’lim tizimi eski mazmundagi o‘quv dasturlaridan voz kechib, innovatsion raqamli iqtisodiyot va axborotli
jamiyat uchun kadrlar tayyorlash imkonini beradigan o‘qitish tizimiga o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. Shunga mos
ravishda ta’lim berishga yondashuvlar ham o‘zgarib, internet va axborot texnologiyalari davrida oddiy bilim beruvchidan,
qiziqqan yo‘nalishi bo‘yicha avtomatlashtirilgan yuqori texnologiyalarga mos kasbga tayyorlashga ko‘proq e’tibor berish
tavsiya etiladi.
Bunday davrda “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarda raqobatbardoshlik, shaxslararo munosabatlarni o‘rnata
olish qobiliyatini rivojlantirish zarur bo‘lib, o‘quv dasturlari va “Tarbiya” darsliklari mazmuni tanqidiy fikrlash,
Do'stlaringiz bilan baham: |