I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


 Tabiiy gazni hisobga olish tartibi



Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/96
Sana16.04.2022
Hajmi3,78 Mb.
#556569
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
Bog'liq
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

4.3. Tabiiy gazni hisobga olish tartibi
Is te ’m olchilarga tabiiy gazni hisobga olm asdan yetkazib 
berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Iste’molchilarga (maishiy iste’molchilardan tashqari) yetkazib 
berilayotgan gaz miqdori gaz tarmoqlarining bo‘linish chegarasida


o ‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari k o ‘rsat- 
kichlari bo‘yichaaniqlanadi va ikkala taraf imzolaydigan tabiiy gazni 
yetkazib berish - qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 
Yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob standart shartlarga 
nisbatan gaz hajmini - kub metrlarda keltirgan holda (T = 20 °S, R = 
760 mm simob ustuni hisobida) amalga oshiriladi.
Tabiiy gaz sarfini hisob-kitob qilishda quyidagi jihatlar hisobga 
olinadi:
m anom etrlar va term om etrlarning sozligi, ularning davlat 
qiyoslovidan o ‘tganligining amal qilish muddati;
gaz taqsimlash shoxobchasi(GTSh)ni sozlash (tartibga solish) 
m uddati, shuningdek, am aldagi ishchi bosim ining G T Shning 
sozlanganligi to‘ g ‘risidagi dalolatnomada qayd etilgan parametrlarga 
muvofiqligi.
Gaz ta ’minoti (gaz uzatish) tashkiloti iste’molchi bilan birgalikda 
tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboriga, uning sifat laboratori- 
yasi tomonidan taqdim etiladigan gaz tarkibi b o ‘yicha tuzatuvchi 
o ‘zgartirishlarni, taqdim etilgan vaqtdan 12 soatdan kechiktirmasdan 
kiritishi kerak. Gaz tarkibi bo‘yicha ko‘rsatkichlaming o ‘z vaqtida 
va haqqoniy kiritilishi uchun javobgarlik gaz ta’minoti (gaz uzatish) 
tashkiloti zimmasida bo‘ladi.
Q uyidagi h o latlard a yetk azib berilgan tabiiy gaz uchun 
plom balanm agan gazdan foydalanish asbob-uskunalarining bir 
sutkada to‘liq quvvat bilan 24 soat ishlashi (maishiy iste’molchilar 
bundan mustasno) hisobidan amalga oshiriladi:
- gazni hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan o ‘tkazish 
muddati tugaganda va iste’molchi davlat qiyoslovini o ‘tkazishga 
to ‘sqinlik qilgan holatda, tegishli hisob-kitob qiyoslov muddati 
tugagan vaqtdan boshlab u o'tkazilgandan keyin gazni hisobga olish 
priborini o ‘matishgacha bo‘lgan davrga;
- maishiy iste’molchilar tomonidan iste’mol qilinayotgan tabiiy 
gaz hajmi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari bo‘yicha, 
ular mavjud bo‘lmagan taqdirda esa - 0 ‘zbekiston Respublikasi
61


Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, gazni hisobga olish 
priborlari mavjud bo‘lmagan hollarda aholiga kommunal va maishiy 
ehtiyojlar uchun beriladigan tabiiy gazning bir oylik sarf m e’yorlari 
bo‘yicha aniqlanadi.
Tabiiy gazni hisoblash uchun faqatginaO ‘zbekiston Respublikasi 
o ‘lchov vositalari Davlat reestriga kiritilgan turdagi priborlardan 
foydalanilishi shart. Tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish 
priborlari ularning foydalanish uchun yaroqli ekanligini tasdiqlovchi 
hujjat, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan joylarda 
tegishli shakldagi am al qiluvchi b elg ilar va tam g ‘alarga ega 
boMishi shart. Tabiiy gaz iste’m olini hisobga olish va nazorat 
qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish loyihasi doirasida 
o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy elektron 
priborlari gaz ta ’minoti tashkilotlarining mulki hisoblanadi. Tabiiy 
gaz iste’molini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlarini 
o ‘rnatishga qadar, tabiiy gaz iste’molini hisobga oladigan mavjud 
priborlami davriy davlat qiyoslovidan o ‘z vaqtida o4kazishni tashkil 
etish uchun javobgarlik gaz ta ’minoti tashkilotiga yuklanadi.
Davlat qiyoslovidan o ‘tkazish vaqtida tabiiy gaz iste’molini 
hisobga olish pribo rlari y aro q sizlig i ( ta ’m irlash im koniyati 
b o ‘lm ag an d a) a n iq la n g a n ta q d ird a , h iso b g a o lish p rib o ri 
foydalanishga yaroqsizligi haqidagi m etrologiya organi xulosasi 
bilan mulkdorga qaytariladi. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish 
priborlarini ta ’m irlash va davlat qiyoslovidan o ‘tkazish sarf- 
xarajatlari hisobga olish pribori mulkdori tomonidan qoplanadi.
Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga tam g‘a qo‘yish 
gaz ta ’minoti tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda iste’molchi 
ishtirokida dalolatnomani rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari, shu jum ladan, 
o ‘rnatilgan tamg‘alarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik 
iste’molchi zimmasiga yuklatiladi. Tabiiy gaz iste’molini hisobga 
olish priborlari o ‘rnatilgandan s o ‘ng gaz ta ’m inoti tashkiloti 
tomonidan ro'yxatga olinadi.
62


Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini almashtirish, 
ta ’mirlash, xizm at k o ‘rsatish, davlat qiyoslovidan o ‘tkazish va 
sozligini monitoring qilish uchun yechib olish gaz ta’minoti tashkiloti 
vakillari va iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi. Tabiiy gaz 
iste’molini hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan o ‘tkazish 
metrologiya xizmati organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq 
amalga oshiriladi. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini 
qiyoslov davriyligi « 0 ‘zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi. 
Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini o ‘m atish, ularga 
xizm at ko‘rsatish, ta ’mirlash va davlat qiyoslovidan o ‘tkazishni 
tashkil etish ishlari «Hududgazta’minot» AJ tasdiqlaydigan tabiiy gaz 
iste’molini hisobga olish priborlariga xizmat ko‘rsatish reglamentiga 
muvofiq gaz ta ’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday holatda hisobga olish pribori o ‘rniga tekshirilgan 
boshqa hisobga olish pribori gaz ta ’minoti tashkiloti hisobidan 
darhol o ‘matiladi.
Xatlovdan o ‘tkazish dalolatnomasi tabiiy gaz iste’molini hisobga 
olish priborini davlat qiyoslovidan o ‘tkazish uchun yechib olish 
sanasida tuziladi. M aishiy iste’molchida hisobga olish priborlari 
mavjud bo‘lmaganda xatlovdan o ‘tkazish dalolatnomasi uch yilda 
kamida bir marta tuziladi.
Almashtirish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, davlat qiyoslovidan 
o ‘tkazish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olingan tabiiy 
gaz iste’molini hisobga olish priborini o ‘rnatish gaz ta ’minoti 
tashkiloti vakillari tomonidan amalga oshiriladi va tam g‘alanadi.
Xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va davlat qiyoslovidan o ‘tkazish 
uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini yechib olish 
va o ‘rnatish tartibi tabiiy gazni yetkazib berish shartnom asida 
ko‘rsatiladi.
Iste’molchi gaz ta ’minoti tashkilotlarining vakolatli xodimlariga 
sutkaning istalgan vaqtida tabiiy gaz iste’m olini hisobga olish 
priborini ko‘zdan kechirish uchun kirish imkoniyatini ta ’minlashi 
shart. M aishiy iste’m olchilarning tabiiy gaz iste’molini hisobga
63


olish priborlarini ko‘zdan kechirish soat 0800 dan 2000 gacha amalga 
oshiriladi.
G az ta ’m inoti tashkiloti xodim ini tabiiy gaz is te ’m olini 
hisobga olish priborlarini k o ‘zdan kechirishga y o ‘l q o ‘ym aslik 
holati dalolatnom a bilan rasm iylashtiriladi. Iste’molchi m azkur 
dalolatnom a bilan tanishishi lozim. Iste’molchi dalolatnom ani 
im zolashni rad etgan taqdirda, dalolatnom ada bu qayd etiladi. 
Rad etish holati ikki guvoh yoki fuqarolarning o ‘zini o ‘zi 
boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi kerak. Iste’molchi 
dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga 
ega va bu dalolatnomaga qayd etilishi shart.
D alolatnom aga irnzo q o ‘yishni rad etish iste’m olchini gaz 
tarm o g‘idan uzib q o ‘yish uchun asos b o ‘ladi va u bu haqida 
ogohlantiriladi.

Download 3,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish