238
Anvar
oBIDJoN
(1947 – 2020)
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan.
Qishloq maktabida o‘qib yurganidayoq kinomexanik,
traktorchi
singari kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat qilgan.
Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi, qishloqda kutubxonachi
bo‘lib ishladi. So‘ng Samarqanddagi moliya texnikumida o‘qib,
1966–1969-yillarda harbiy xizmatni o‘tadi.
Armiyadan qaytib ham ma’lum muddat turli kasblarda ishlagach,
nihoyat, tuman gazetasiga kelibgina o‘z iqtidorini namoyish
etish imkoniga ega bo‘ldi. u 1971–1976-yillarda
Oltiariq tu-
mani gazetasida adabiy xodim, bo‘lim
mudiri sifatida ishlab,
jurnalistlik va adabiy tahrir sohalarida yetarli tajriba orttiradi. Ayni
paytda 1974–1979-yillar davomida hozirgi O‘zbekiston Milliy
universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan ta’lim oladi.
E’tibor bering!
Garchi shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14–15 yoshida
boshlagan, harbiy xizmatda ham ancha-muncha she’r bitgan
bo‘lsa-da, «Ona yer» deb nomlangan ilk kitobi 1974-yilda –
shoir 27 yoshga kirganida chop etildi.
Anvar Obidjonning keyingi hayoti
va ijodiy faoliyati poytaxt
http://eduportal.uz
239
!
Toshkentda kechdi. u turli nashriyotlarda, jurnallarda mehnat qildi,
1989–1998-yillarda esa xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan
biri – «Cho‘lpon»
nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘ldi.
Shundan buyon Anvar Obidjonning ellikdan ortiq kitobi nashr
etildiki, bu ijodkorning qanchalar sermahsulligi, o‘quvchilari safining
kengligidan darak beradi.
Qolaversa, Anvar Obidjon nihoyatda
serqirra ijodkor sifatida
tanilgan. Avvalo, u zamonaviy bolalar adabiyotining zabardast
vakili sanaladi. Ijodkor xalqimizning aziz farzandlariga ko‘plab
she’riy,
nasriy kitoblarni, teatr va kino tomoshalarini tortiq etgan.
ularning ayrimlarinigina sanab o‘tamiz: «Bahromning hikoyalari»
(1980), «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987),
«Oltin yurakli Avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1989),
«Meshpolvonning janglari» (1994), «O‘q o‘tmas bolakay» (2005),
«Atrofimizdagi qiziqchilar» (2014) va b.
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi»
nomli ilk komediyasi 1983-yilda respublika «Yosh tomoshabinlar»
teatrida sahnalashtirilgan edi. Shundan buyon yurtimiz teatrlarida
uning «Pahlavonning o‘g‘irlanishi», «Topsang – hay-hay»
(«Qorinbotir)», «Navro‘z va Boychechak», «To‘tiqul», «Alamazon»,
«Meshpolvon» kabi pyesalari qo‘yildi. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida
adib ssenariylari asosida «Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq», «Dahshatli
Meshpolvon» filmlari suratga olingan.
Keyingi yillarda adibning «Oltiariq hangomalari», «Baloga qolgan
futbolchi», ikkita kitobdan iborat «Tanlangan she’rlar» hamda «Ajinasi
bor yo‘llar» singari yirik kitoblari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Xalqimizning sevimli shoiri Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprelda
73
yoshida vafot etd
i
.
Do'stlaringiz bilan baham: