453
Qadimiy va tabarruk Shahrisabz zamini g„oyat qutlug„ maskandir.
Jahon
madaniyati betimsol namoyandalarining zuvalasi mana shu tuproqdan olingan.
Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil, Mirzo G„olib kabi allomalarning ota-bobolari xuddi
shu joyda kamol topganlar. Lekin bu el-yurtni butun jahonga mashhur etgan, dong„ini
taratgan zot, shubhasiz, sohibqiron Amir Temur bobomizdir.
Hazrati Amir Temurning butun suronli umri, uning bunyodkorlik bilan yo„g„rilgan
faoliyati salkam yetti asrkim,
xalqimiz, millatimiz nomini olamga yoyib kelmoqda.
Bu nomni mustabid tuzum qanchalik toptashga urinmasin, dunyoning pok niyatli
kishilari ulug„ ajdodimizga yuksak hurmat-ehtirom ko„rsatishni o„zlariga sharaf, deb
bilganlar.
Muborak istiqlol bobomizning nomini qaytib berdi, uning ruhini shod etdi.
Amir Temurday ulug„ zotni kamolga yetkazgan ota makon – tabarruk Kesh
yurtining millatimiz tarixida, shu zaminda yashayotgan
el-ulusning boshini
qovushtirishda
o„rni
beqiyosdir.
Bobokalonimizning
Turkiston
diyorini
bosqinchilardan xalos qilish yo„lidagi jasur harakatlari aynan shu mo„tabar yurtdan
boshlangan.
Sohibqiron o„z ota makonini behad qadrlagan. Bu makon Amir Temur
hazratlarining nainki ota-bobolari, balki pir-u ustozlari va farzandlarining ham xoki
poklari bilan mukarram bo„lgan. Buyuk bobomizning to„ng„ich o„g„li Jahongir Mirzo
xuddi shu yerda mangu uyquda yotibdi.
Hazrati Temur o„z oldiga ulug„vor maqsadlarni qo„yganida, avvalo o„z eliga, o„z
ona yurti – Keshga ishongan va unga tayangan. U
qaysi bir safaridan qaytmasin,
dastavval Keshni ziyorat qilgan, aziz-avliyolarning qadamjolarini tavof etgan,
hamyurtlarining duo va maslahatlarini olgan.
Hurmatli birodarlar!
Buyuk bobomiz haqida soatlab so„zlash mumkin. Ulug„ zotlarning tarix osmoniga
yuksaladigan manzillari bo„ladi. Bugun Sharq olamida «Ilm-u adab qubbasi» deya
e‟tirof etilgan Shahrisabz hazrat Amir Temur uchun ana shunday parvoz nuqtasidir.
Biz sohibqiron bobomizning qutlug„ to„yini o„tkazayotgan shu kunlarda eng avval bu
zoti sharifni dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan el dahosiga va tabarruk zaminga
ta‟zim qilamiz.
Katta ishonch bilan shuni ta‟kidlashim kerakki, bu yurtning farzandlari,
Temurbekning nabiralari o„z qalblarida ulug„ bobosiga xos go„zal fazilatlarni asrab-
avaylab, bugungi hayotimizda ham namoyon qilmoqdalar.
Aziz do„stlar!
Ming afsuskim, ko„p yillar davomida mustabid bosqinchi
mafkura davrida bizni
Amir Temurdek buyuk bobomizdan, boy o„tmishimizdan ayirib, xalqimizning
ma‟naviyatini, g„ururini, iftixorini yerga urmoqchi bo„ldilar. Yurtimizda, jumladan,
Shahrisabzda bevosita sohibqironning sa‟y-harakatlari bilan
bunyod etilgan tarixiy
obidalar xarobaga aylantirildi. Hatto ul zot va avlodlarining qabr-maqbaralari ham
«ilmiy tadqiqotlar» niqobi ostida talon-toroj etildi, toptaldi.
454
Lekin xalqimiz ulug„ ajdodini hech qachon unutmadi. Uning xotirasini hamisha
yuragida saqladi.
Qadrli Shahrisabz ahli!
Mana shu qarshimizda turgan Oqsaroy har birimiz uchun tariximizning aziz va
mo„tabar yodgorligidir. Bu ulug„ bino ham mustamlakachilar
tajovuzining qurboni
bo„lganini yaxshi bilasiz. Sohibqironning ulug„vor haykali aynan Oqsaroy oldida qad
rostlagani bejiz emas. Buning o„ziga xos, o„ziga mos chuqur ramziy ma‟nosi bor.
Jannatmakon Amir Temur bobomiz bu koshona peshtoqiga shunday bir hikmatni
naqsh etib ketganlar. Uning mazmuni sizlarga ma‟lum:
Do'stlaringiz bilan baham: