Andijon mashinsozlik instituti



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana15.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#554003
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
firma mohiyati turlari va xarajatlari

3.Firma xarajatlari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda 
olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish 
xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan 
chegaralangandir. 
Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu 
vaqtni ichida taklif xajmiga ta‘sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona 
samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. 
Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni 
ko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini 
tova ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini 
amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u 
savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish, 
ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va 
boshqa hollarni e‘tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari 
tashkil etadi degan fikrga asoslangan. 
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha 
yondoshadi. U resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al‘ternativ 
foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa 
mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma‘lum ishlab 
chiqarishda qo`llanilayotgan biron-bir resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab 
chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarni 
chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi 
oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o`zida biror bir narsadan vos kechishni anglatadi. 
Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni yetkazib 
beruvchilarga to`lov, shuningdek ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga 
oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo`llanishini ta‘minlovchi ichki 


xarajatlardir. Yuqorida berilgan tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga 
bo`linishini ko`rishimiz mumkin. Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish 
uchun zarur narsalarni ya‘ni ish haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi. 
Ichki xarajatlar bu xususiy korxona egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi 
to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga qo`ygan bo`lsa, bankga qo`ygan taqdirdagi 
protsentini olmaydi. Ammo firma egasi normal foyda oladi. Aks holda bu ish bilan 
shug`ullanmas edi. Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan 
tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi 
shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan 
buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali 
aniqlanadi. 
Korxonalarni yalpi xarajatlari (IH) doimiy (DX) va o`zgaruvchan (OX) 
xarajatlardan iborat bo`ladi. 
Doimiy xarajatlar — bu ijara to`lovi, qorovullik xizmati to`lovi, boshqaruvchi 
va muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat bo`ladi va ishlab chiqarish xajmiga 
bog`liq bo`lmaydi. 
O`zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya‘ni 
xom ashyo, materiallar, yoqilg`I, elektr energiya, ish haqi va shunga o`xshashlardan 
iboratdir. Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga 
qilingan xarajatlar (O`IH) bilish muhimdir. O`rtacha xarajatlar, umumiy xarajatlar 
miqdorini korxona ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bo`lish orqali hisoblanadi. 
Xuddi shu yo`sinda o`rtacha doimiy (O`DX) va o`rtacha o`zgaruvchan (O`O`X) 
xarajatlar farqlanadi. 
Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish uning miqdorini muttasil 
oshirib borishdan iboratdir, ushbu xol esa chegaraviy xarajatlar tshunchasini 
qo`llashga sabab bo`ladi. 
Chegaraviy xarajatlar (ChX) deganda hisoblangan va aslida ishlab chiqarish 
hajmiga nisbatan har bir qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar. 


Yuqorida qayd qilingan endiki doimiy xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmiga bog`liq bo`lmaydi, aksincha o`zgaruvchan xarajatlar esa ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog`liqdir, ammo bu bog`liqlik bir xilda emasdir. 
Birinchi bosqichda o`zgaruvchan xarajatlar kamayib boradi, chunki ishlab chiqarish 
ko`lami oshib boradi. Ma‘lum davrdan boshlab o`zgaruvchan xarajatlar birligini 
(masalan mehnat) belgilangan resursga (yer, kapital) qo`shib borish kamayib boruvchi 
qo`shimcha yoki chegaraviy mahsulotni beradi. Bu hol iqtisodiyotda ―kamayuvchi 
samara qonuni‖ degan nomni olgan. Masalan, stanokda xizmat ko`rsatuvchi 
ishchilarning soni ortib borsa unda ularning qanchalik ko`proq ishlab chiqarishga jalb 
etilishiga mos ishlab chiqarish hajmi sekin o`sib boradi. Demak, korxonalarning 
ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori qo`llanilayotgan resurslarni miqdoriga bog`liq. 
Ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan resurslarning miqdorini ayrim hollarga nisbatan 
tez o`zgartirish mumkin, boshqa hollarda esa u uzoq davrni talab etadi. Binobarin, 
iqtisodiy tahlil jarayonida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarni farqlash zarurdir. 
Iqtisodiy nuqtai nazaridan ular o`rtasidagi farq ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartira 
olishidadir. Qisqa muddatli davrda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tshurish 
mumkin. Shunga ham e‘tibor berish kerakki, ushbu davrlarni chegarasi har xil 
tarmoqlarda turlichadir. Qisqa va uzoq davrini farqlash firmani foydasini ko`paytirish 
strategiyasi va taktikasini aniqlashda muhimdir. 
Firmaga qisqa muddatli davrda qaror qabul qilishida mahsulot birligi 
xarajatlarni ta‘siri muhimdir. Mahsulot birligiga xarajatlar, mahsulotni ishlab 
chiqarish o`sib borgan sari pasayadi, chunki ularni absolyut miqdori o`zgarmasdir. 
O`zgaruvchan xarajatlar boshlang`ich davrda, ishlab chiqarish ko`lamlarini ortishi 
sababli kamayib boradi. Undan so`ng esa ko`lam samarasini ustidan ―kamayuvchi 
samara‖ qonuni ustun kelishi natijasida mahsulot birligi o`zgaruvchan xarajatlar o`sib 
boradi. Masalan, konditer fabrikada dastgohlarni uch smena ishlatish, ularni ishlash 
samarasini pasayishiga olib keladi, chunki uchinchi smenada ishlash dastgohlarni 
profilaktika qilishga imkon bermaydi, natijada dastgohlarni unumsiz to`xtashlari 
ko`payadi va u ishlab chiqarish natijalariga salbiy ta‘sir ko`rsatadi.


Agarda bozor narxi S nuqtadan pasaysa unda korxonalar ushbu tarmoqni 
tashlab boshqa tarmoqqa o`tib ketadilar. Bu nuqtada faqat yangi mahsulotni ishlab 
chiqarishga o`tgan korxonalar davom ettirishi mumkin bo`ladi yoki korxona o`tkazgan 
tahlil ushbu tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisqa muddatda talabni 
ko`tarilishi natijasida baxoni ko`tarilishini tasdiqlasa korxona o`z faoliyatini davom 
ettirishi mumkin bo`ladi. Korxona o`z xarajatlarini qoplay olmaydi. Bunday vaziyatda 
korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishni to`xtatishi lozim bo`ladi. Uzoq muddatli 
davrda ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartirish mumkin. Firma bu davrda ishlab 
chiqarish maydonini yangi qurilish hisobiga kengaytirish, sexlarda yangi dastgohlarni 
o`rnatish, yangi ishchilarni ishlab chiqarish jarayoniga tortishi mumkin, demak uzoq 
muddatli davrda hamma xarajatlar o`zgaruvchan xarajatlar sifatida maydonga chiqadi. 
Firmani kengaytirish davrida yalpi xarajatlar o`zgaradi. Boshida ko`lam (mashtab) 
samarasi hisobiga kamayadi. Undan keyin ishlab chiqarish ko`lam samarasi ta‘siri 
tamom bo`lgandan keyin u eng kam miqdoriga yetadi. Shundan so`ng yalpi 
xarajatlarni ortishi jarayoni boshlanadi. 
Bozorda sharoit o`zgardi — quvvatlarni oshirish yoki kamaytirish to`g`risida 
firma yangi qarorni qabul qilishi lozim bo`ladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini muttasil 
kamaytirib borish, korxonani foydaliligini oshirishning asosiy vositasi bo`lib 
hisoblanadi. Chunki korxonaning xarajatlari qanchalik kam bo`lsa foyda miqdori 
shunchalik ko`p bo`ladi. Bizning mamlakatimizda buhgalteriya hisobida ―xarajatlar‖ 
tushunchasini o`rniga ―tannarx‖ tushunchasi ishlatib kelingan. Tannarx mahsulotni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini yig`indisidan iborat. Uni asl va meyoriy 
xarajatlar asosida hisoblanadi. Bu tushunchalar o`rtasida farq mavjud. 
Maxsulot tannarxiga: 
a)
xom ashyo va materiallar. 
b)
yoqilg`i va moylash materiallari. 
c)
elektr energiya xarajatlari. 
d) asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish amortizatsiya ajratmasi. 


e) ish haqi. 
f) ijtimoiy sug`urta ajratmalari. 
g) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari (sex, brigada boshliqlarining ish haqi). 
h) umumiy xo`jalik xarajatlari (korxona boshqaruv xodimlari) ish haqlari kiradi. 
Mahsulot tannarxi tarkibi har bir sanoat tarmoqlarida o`ziga xos xususiyatga 
ega. Masalan, neft sanoatida mehnatga haq to`lash va asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining amortizatsiyasi uchun nisbatan ko`p xarajat qilinadi, yengil, oziq-ovqat 
sanoatida xom ashyo va materiallar salmog`i 85—90% ga yetadi. 
Qishloq xo`jalik mahsulotlari tannarxi tarkibi sanoatnikidan ancha farq qilib
urg`lik, o`g`it, yem-xashak qiymati, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishga 
ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Shu xo`jalikning o`zida yetishtirilgan urug`lik, yem-
xashak va boshqa mahsulotlar o`z tannarxiga ko`ra baholanadi. Sotib olingan urug`lik, 
yem-xashak, mineral o`g`itlar, yoqilg`i va boshqa mahsulotlarni olib kelishga ketgan 
harajatlarni ham hisobga olgan holda baholanadi. Qurilishlarda tayyorlangan mahsulot 
tannarxini aniqlash o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib bunda, xarajatlarning eng ko`p 
qismi qurilish materillari hisobiga tog`ri keladi, bu mahsulot tannarxini aniqlashda 
qilingan sarf-xarajatlar qiymatini bitkazilgan binoning kv/m miqdoriga taqsimlanadi. 
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borishi korxona foydasini oshirishning 
asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy 
elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa 
shunga mos foyda miqdori oshib boradi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu fan-
texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT 
yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo 
materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. 
Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va yangi 
texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard natijada 


korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-texnika 
taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi 
texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud 
texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy 
samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Xarajatlarni pasaytirishning asosiy 
yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning 
takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirish 
yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga 
ya‘ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning 
shakllanishi bilan talab va taklif nazariyasi mavzusida tanishgan edik.
Narx — (baho) tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati 
belgilaydi, ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo`lishi 
mumkin, bu esa bozordagi o`sha tovarga bo`lgan talab va uning taklifiga bog`liq 
bo`ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaligi sifati va 
boshqa tovarlar o`rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga xam bog`liq 
bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishni 
tashkil etishning asosiy muammolaridan biri — nima ishlab chiqarish kerakligini xal 
etadilar. Baho tovar taklifi, axolini to`lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarini oshib 
yoki kamayib ketishi to`g`risida korxona egalariga axborot beradi.
Bahoning ya‘na bir vazifasi 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish