org an la rn i p a ypaslab (palpatsiya), to 'q illa tib (perkussiya),
eshitib
(auskultatsiya), ko'rish (ichki kasalliklar propedevtikasi fani bo'yicha)
zarur.
Shundan keyin teridagi o'zgarishlami ifodalash kerak.
VI. Teridagi o ‘zgarishlarni ifodalash (Status localis)
Toshmalar terini butunlay qoplaganmi yoki bir qismida joylashganmi?
Toshmalar tananing bir tomonidami yoki ikkala tomonidami (simmetriya
va assimetriya)?
U lar q a n d a y joylashgan: g u ru h -g u ru h bo'libm i yoki tana terisi
bo'yicha tarqalganmi yoki alohida-alohidami? Yalligianish o ‘tkir yoki
surunkalimi?
Birlamchi toshmalarning xarakterli belgilari qanday - monomorfli,
polimorfli, chin yoki soxta polimorflimi? Birlamchi toshmalarning rangi:
qizil, kulrang, ko'kimtir, jigarrang; ularning shakli: dumaloq,
ovalsimon,
kirdi-chiqdi, to'g'riroq, chegarasi aniq yoki noaniq; kattaligi: mm, sm,
m oshdek, n o ‘xotdek yoki bir tiyinlikdan to bir so'm lik tangadek;
toshm alarn ing yuzasi: ustining k o 'rin ish i tekis, yassiroq,
botiqroq;
shilinish (eroziya) yoki yara (yazva) bormi, ko'tarilganmi, dag'allash-
ganmi, so'galsimonmi? Toshma atrofga kengayib kattalashadimi-yo'qmi?
(1 9-rasm)
T o sh m alar o 'rn id a qolgan o'zgarishlar (chandiq, pigmentatsiya,
atrofiya va boshqalar) bormi? Toshmalar atrofidagi teri holati qizarganmi,
oqarganmi, atrofiya yoki po'stloq bilan o'ralganmi?
Ikkilamchi elementlar (toshmalar): qaloq yoki po'stloq va uning rangi:
qizil, sarg'ish, ko'kimtir. Chandiq,
gipertrofik - yamoq, atrofik yoki
normotrofik - teridan ko'tarilgan, teridan pastroq yoki tekis. Bundan
tashqari, b a ’zi hollarda chandiq atrofiyasi ham uchrab turadi. Qipiqlanish
m aydam i
yoki yirikmi, rangi o pp oqm i, to 'q ro q m i, oqishmi, uning
ko'rinishi ko'proqmi, ozroqmi? Dog' (ikkilamchi) oqishmi, to'qroqmi,
oppoqm i? D ag 'a lla n ish (lixenifikatsiya) bormi, yo'qmi?
Ikkilamchi
toshmalar soni, qayerda borligi, ularning chegarasi aniq yoki noaniqmi?
Dermografizm (qizil, pushti, oq) va tekshirilgan teri belgilari natijasi.
Bemorning shikoyati (qichiydimi, achiydimi, og'riydimi va boshqalar).
VII. Dastlabki taxminiy tashxis.
VIII. Laboratoriya va asbob-uskunalar bilan tekshiruv natijasi.
IX. Solishtirma yoki taqqoslash tashxisi.
X. Klinik tashxis va uni isbotlash.
47
XI. Yakuniy tashxis:
a) asosiy; b) yondosh; d) asoratlar.
XII. Bemorning davosi (umumiy va mahalliy davolash).
XIII. Kundalik.
XIV. Xulosa (epikriz).
XV. Adabiyot qismi
(kasallikning sababi,
rivojlanishi, klinik belgilari, davomati,
davolash
va oldini olish choralari).
Do'stlaringiz bilan baham: