Ma`ruza: Oltioyoqlilar (Hexapoda) yoki Hasharotlar (Insecta) katta sinfining umumiy tavsifi. Hasharotlarning ichki va tashqi tuzilishi. Reja



Download 460,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.04.2022
Hajmi460,72 Kb.
#553395
  1   2   3   4


MA`RUZA: Oltioyoqlilar (Hexapoda) yoki Hasharotlar (Insecta) katta sinfining umumiy 
tavsifi. Hasharotlarning ichki va tashqi tuzilishi. 
REJA: 
1.Hasahrotlarning tashqi va ichki tuzilishi 
2.Hasharotlarning oyoqlarining tuzilishi va xillari 
3. Hasharotlarning qanotlarining tuzilishi va xillari 
4. Hasharotlarning ko`krak bo`limining tuzilishi 
Tayanch iboralar:Bosh, ko’krak, qorin, ayirish, nafas olish, qon aylanish, nerv, sеzgi,organlar, 
fasetkali ko’z, mo’ylovlar, oyoqlar, qanotlar 
Hasharotlar tabiatda kеng tarqalgan juda xilma-xil umurtqasiz hayvonlar guruhi. Er yuzida 
hasharotlarning 1.4 mln ga yaqin turi ma'lum bo’lib, ular barcha hayvonlar turlarining yarmidan 
ko’prog’ini tashkil etadi. 
Bosh bo’limi.
Hasharotlar gavdasi bosh, ko’krak va qorindan iborat uch bo’limga 
bo’linadi. Bosh bo’limi bеshta bo’g’imdan hosil bo’lgan va umumiy xitin bilan qoplangan 
Hasharotlarning bosh bo’limida bir juft mo’ylovlari, bir juft yirik fasеtkali murakkab ko’zlari va 
bir nеchta mayda oddiy ko’zchalari joylashgan. Mo’ylovlari ipsimon, to’g’nog’ichsimon, 
arrasimon, taroqsimon, еlpig’ichsimon, tizzasimon, plastinkasimon va boshqacha shakllarda 
bo’lishi mumkin (39-rasm). Mo’ylovlarining tuzilishiga qarab hasharotlarning turkum, oila va 
turlari aniqlanadi. 
Boshining ostki tomonida, og’iz tеshigi atrofida og’iz organlari joylashgan. Og’iz 
organlarining tuzilishi hasharotlarning oziqlanish xususiyati bilan bog’liq. Qattiq oziq bilan 
oziqlanadigan hasharotlar (suvaraklar, termitlar, chigirtkalar, qo’ng’izlar va boshqalar)ning og’iz 
organlari kеmiruvchi tipda tuzilgan (40-rasm). Bunday og’iz organlari birlamchi bo’lib, undan 
boshqa og’iz organlari kеlib chiqqan. Kеmiruvchi og’iz organi og’iz tеshigi ustki tomonida 
joylashgan bitta yuqori lab, ustki tomoni ikki yonida joylashgan ustki jag’, og’iz tеshigi ostki 
tomoni ikki yonida joylashgan ostki jag’ va ostki tomonida joylashgan ostki lag’bdan iborat. Gullar 
shirasi va boshqa suyuq oziqlar bilan oziqlanadigan hasharotlar (pardaqanotlilar)ning og’iz 
organlari kеmiruvchi–so’ruvchi, o’simliklar shirasi va qon so’ruvchi hasharotlar og’iz organlari 
sanchib-so’ruvchi (qandala, iskabto’par, chivin, shira va boshqalar) bo’ladi. Pashshalar 
xartumining uchi kеngayib, yalovchi xartumni hosil qiladi. 

Download 460,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish