63
markaziy issiqlik punkti va h.k.lar) bilan birga qurishdagi katta qurilish
maydonlarini rejalashda qo‘llanilishi mumkin.
Qizil chiziqlar
(yoki qurilishni
tartibga soluvchi boshqa
chiziqlar) − joyda binoning holatini va gabaritlarini aniqlovchi bo‘ylama
hamda ko‘ndalang o‘qlar; mazkur rejalash asosi shahar va qishloqlarda
qaror topgan qurilib tugatilgan qurilishlar ichidagi ayrim binolarni qurish
uchun qo‘llanilishi mumkin.
3.6-rasm. Qurilish to‘ri:
a – to‘r punktlarining joylashgan o‘rni; b – qurilish to‘rini joyga chiqarish; 1 – to‘r asosiy
figuralarining uchi; 2 – to‘r qo‘shimcha figuralarining uchlari; 3 – binoning asosiy o‘qlari.
Qurilish to‘ri kvadratlar va to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida bajarilib, u
asosiy va qo‘shimcha to‘rlarga bo‘linadi. To‘r asosiy
figuralari tomonlarining
uzunligi 100...200 m, qo‘shimcha figuralarniki – 20...40 m. Geodezik suratga
olishda (tasvirda) va joyda qurilish to‘rini rasmiylashtirishda quyidagi shartlar
ta’minlanishi
kerak:
64
asosiy bino va inshootlar to‘rdagi figuralar ichida bo‘lishi kerak;
to‘rning chiziqlari barpo etilayotgan
binolarning asosiy
o‘qlariga parallel ravishda va iloji boricha ularga yaqin o‘tishi kerak;
bevosita chiziqli o‘lchashlarga halaqit beruvchi to‘siqlar
bartaraf etilishi kerak.
Mahalliy joyda qurilish to‘rini rejalash dastlabki yo‘nalishini natura (tabiiy
sharoit)ga chiqarishdan boshlanadi, buning uchun qurilish maydoni chegarasidagi
(yoki uning yaqinidagi) mavjud bo‘lgan geodezik to‘rdan foydalaniladi. Bu Davlat
geodezik to‘riga gorizontal tekislikda (qutb koordinatalari) va balandlik tekisligida
(vertikal belgilarni qurilish maydoniga ko‘chirish uchun) bog‘lanish amalga
oshiriladi. Keyin dastlabki yo‘nalishlarda butun maydonda qurilish to‘ri rejalanadi
va uni kesishish joylarida nishonlar bilan (doimiy va vaqtincha) mahkamlanadi.
Qurilish maydonining o‘lchamlariga bog‘liq holda unda quvur, rels, boshqa
metall elementlarning bo‘laklarini (3.7-rasm) gruntga betonlab bajariladigan
doimiy nishonlar bo‘lishi mumkin. Nishonning asosi (past qismi yoki tayanchi)
gruntning muzlash chegarasidan kamida 1 m pastda joylashishi kerak. Davlat
triangulyatsion to‘rining balandlik qiymati belgisi qo‘yilgan nishoni, qurilayotgan
binolarni bog‘lash uchun har bir yirik qurilish maydoni uchun zarurdir. Qurilish
to‘rida doimiy nishonlarlardan tashqari qurilish reperlari yoki to‘r o‘qlarining
kesishgan joylarida vaqtincha nishonlar ham qo‘llaniladi. Bu nishonlarning
vazifasi – joyga qurilish to‘rini ko‘chirish, bunda har
bir reperning yuqori sathi
tekislanadigan joyning mazkur nuqtasi uchun rejalashtirilgan sathda bo‘lishi
kerak.
65
3.7-rasm. Doimiy geodezik belgilar:
a – betonlangan quvurlar bo‘lagidan; b – betonlangan kallakli po‘lat shtirdan; v – relc
bo‘laklaridan; 1 – reja nuqtasi; 2 – xochsimon ankerli po‘lat quvur; 3 – beton kallak; 4 – po‘lat
quvur; 5 – muzlash chegarasi.
Qurilish to‘rini ko‘chirgandek qurilishning qizil chiziqlari ham qurilish
mahalliy joyiga ko‘chiriladi. Bunda ko‘pchilik hollarda
rejalashning doimiy
nishonlari talab etilmaydi chunki mavjud bo‘lgan ya’ni avval qurilgan binolarga
bog‘lanishlar yetarlidir (3.8-rasm).
3.8-rasm. Binoning asosiy o‘qlarini qurilish mahalliy joyiga ko‘chirish usullari:
a –
qurilish to‘ri asosida;
b
– qurilishning qizil chizig‘i asosida; 1 – bino; 2 – qurilish
to‘ri; 3 – shartli koordinat to‘rining o‘qlari;4 – qizil chiziq
Do'stlaringiz bilan baham: