498
9.6. Konstruktsiyalarni montaj qilish sifatini nazorat
qilish
Konstruktsiyalarni o‘rnatish sifati oldindan belgilab qo‘yilgan o‘q va boshqa
o‘q belgisi chiziqlari va sathi bo‘yicha geodezik asboblar va shablonlar yordamida
tekshiriladi. Yig‘ma elementlarni loyihadagi holatga o‘rnatish aniqligini geodezik
nazorat qilish ijrochi tasvirini olishni bosqichma-bosqich (montaj
qilingan
elementlar turlari, qamrovlar, qavatlar bo‘yicha) o‘tkazishdan – montaj qilingan
konstruktsiyalarning rejada va balandligi bo‘yicha asl holatini geodezik
tekshirishdan iborat.
Poydevorlar, yerto‘la devorlari va binoning yerto‘la qismidagi devorlarni
montaj qilishda ular orasidagi choklar bog‘lanishining to‘g‘riligi va qalinligi,
bloklar va panellar orasidagi choklarning to‘ldirilishi,
binoning sirtlari va
burchaklarining vertikalligi va to‘g‘ri chiziqli ekanligi, konstruktsiyalarni
ankerlash sifati nazorat qilinadi. Devor bloklarining birinchi qatorini yotqizishda
ular orasidagi choklar poydevor bloklari choklari va poydevor yostiqlaridagi
choklar bilan mos tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bog‘lanishda vertikal
choklarining qo‘shni qatorlardagiga nisbatan siljishi blokning 1/4
uzunligiga
to‘g‘ri kelishini ta’minlash kerak.
Beton bloklardan qurilgan yerto‘la devorlarning vertikal va gorizontal
choklarining qalinligi 15 mm bo‘lishi kerak, ayrim choklar 10 mm dan ortiq va 20
mm kam bo‘lishi mumkin. Blokli terish qatorlarining 10 m uzunlikdagi chegarada
gorizontal bo‘yicha og‘ishi 15 mm gacha yo‘l qo‘yiladi, bir qavat chegarasida
yuzalarning vertikal bo‘yicha og‘ishi 10 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Poydevorlar va devorlar konstrukiyalari o‘qlarining siljishi 12 mm ga,
poydevorlar tayanch yuzalari belgilarining loyihadagidan og‘ishi 20 mm dan,
devorlar bloklari yuzalariniki 10 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
499
Yirik panelli binolarda yig‘ma elementlarni loyihaviy holatda o‘rnatish va
mahkamlash sifatini nazorat qilish elementlarning holatini o‘q va o‘rnatilgan o‘q
belgisi chiziqlari bo‘yicha tekshirish bilan, shuningdek, elementlar orasidagi
biriktirish joylarini to‘ldirish sifatiga qarab ta’minlanadi. Devorlar va pardevorlar
panellari o‘qlarining quyi kesimida reja o‘qlarga nisbatan siljishi 8 mm dan, yuqori
kesimda esa 10 mm dan oshmasligi kerak. Tashqi devor panellarining vertikal va
gorizontal choklarining eni 10...20 mm chegarasida bo‘lishi kerak. Uzunligi 4 m
gacha bo‘lgan yopma panellari uchun tayanish kattaligi
loyihaviy kattaligidan
ko‘pi bilan 8 mm ga chetlanishga ruxsat etiladi, plitalarning o‘zunligi undan ortiq
bo‘lganda 10 mm gacha chetlanishga ruxsat etiladi.
Karkas-panelli binolarda, shu jumladan bir qavatli sanoat binolarida
konstruktsiyalarning montaj qilish jarayonidagi mustahkamligi va ulardan
foydalanishdagi ishonchliligi elementlarni yig‘ishning texnologik ketma-ketligiga
rioya qilishga, ularni o‘rnatish sifatiga va mahkamlanishiga,
shu jumladan
tutashmalarni to‘ldirish sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Montaj qilish sifatini operatsiyalar bo‘yicha nazorat qilish shunga
yo‘naltiriladiki, bunda agar avval o‘rnatilgan konstruktsiyani to‘g‘irlashda uning
talab etilgan aniq holati ta’minlanmagan bo‘lsa, keyingi konstruktiv elementlarni
o‘rnatishga yo‘l quymaslik lozim. Konstruktiv elementni maxkamlashdan oldin
montajning aniqligi ruletka, shaytonlar yoki geodezik asboblar bilan ulchab
tasdiqlanadi.
Har bir yarusda, qamrovda bir turdagi karkas elementlarini montaj
qilish yakunlangandan keyin konstruktsiyalarning haqiqiy holatini ko‘rsatuvchi
ijrochi sxemalar tuziladi.
Karkasli bir va ko‘p qavatli binolarda montaj qilingan konstruktsiyalar o‘z
chetki uchlari bilan pastda yotuvchi konstruktsiyalarga ishonchli tarzda tayanib
turishi kerak. Elementlar tayanish chuqurligining qoplanadigan oraliq yo‘nalishida
loyihadagiga nisbatan kamayishi elementning uzunligi 4 m gacha bo‘lganda 5 mm
500
dan, elementning uzunligi 16 m va undan ortiq bo‘lganda 10 mm dan oshmasligi
kerak.
Konstruktsiyalarni montaj qilishda qo‘llanadigan tushamani tayyorlash
uchun foydalaniladigan qorishmalarning markalari loyihada ko‘rsatilgan
markalarga mos bo‘lishi kerak. Qotish jarayoni boshlangan qorishmadan
foydalanishga, shuningdek uning elastikligini unga suv qushib tiklashga ruxsat
etilmaydi.
Kran osti to‘sinlarini balandlik bo‘yicha to‘g‘irlashda po‘lat
listdan
tayyorlangan qistirmalar paketidan foydalanilgan holda ular bir-biri bilan
payvandlangan bo‘lishi, paketning o‘zi esa tayanch plastinasiga payvandlangan
bo‘lishi kerak.
Po‘lat konstruktsiyalardan tashkil topgan bir va ko‘p qavatli karkasli
binolarda montaj qilingan konstruktsiyalar haqiqiy xolatining chegaraviy chetga
chiqishlari yo‘l qo‘yiladigan qiymatlardan oshmasligi kerak. Ustunlar tayanch
belgilarining loyihadagidan chetlanishi va Ustunlar o‘qining reja o‘qlardan
chetlanishi 5 mm; Ustunlar o‘qlarining yuqori kesimda
vertikaldan chetlanishi
Ustun uzunligi 8 m bo‘lganda 10 mm, uzunligi 16 m dan ortiq va 25 m gacha
bo‘lganda – 15 mm ni tashkil etishi lozim. Fermalar va to‘sinlarning bir qavatli
bino Ustunlari o‘qlariga nisbatan siljishi 15 mm dan, ko‘p qavatli binolar rigellari
va to‘sinlarining siljishi – 8 mm dan oshmasligi lozim. Kranosti to‘sinlari uchun
qo‘yidagi me’yorlar belgilangan: kranosti to‘sinining bo‘ylama reja o‘qidan siljishi
5 mm dan, tayanch qovurg‘asining Ustun o‘qidan siljishi 20 mm dan oshmasligi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: