O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Dori vositalari ta’sirining yuzaga chiqishida organizm individual



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

2.3.Dori vositalari ta’sirining yuzaga chiqishida organizm individual 
xususiyatlarining va holatining ahamiyati. 
1. Yoshning ahamiyati 
Dori vositalariga sezgirlik yoshga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Shuning 
uchun ham farmakologiyaning yoshga bog‘liq bo‘lgan quyidagi turlari tafovut 
qilinadi:
– perinatal farmakologiya – homiladorlikning 24-haftasidan boshlab yangi 
tug‘ilgan chaqaloq hayotining 4-haftasigacha bo‘lgan davrda qo‘llanilgan dori 
vositalarining ta’sirini o‘rganadi. Homiladorlikning so‘nggi uch oyligida 
homilaning va yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘z hayoti dastlabki oyi mobaynida 
dorilarga sezgirligi katta yoshdagilarga nisbatan o‘ta yuqori bo‘ladi. Bu ularda 
dorilarni parchalovchi fermentlarning yetishmasligi, buyraklarning ayirish 
faoliyatining past ekanligi, gematoensefalik to‘siqning yuqori o‘tkazuvchanlik 
xususiyatiga ega ekanligi va MNSning to‘liq shakllanib ulgurmaganligi bilan 
izohlanadi. 
– pediatrik farmakologiya – yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning dastlabki bir 
oyidan boshlab to 18 yoshga qadar bo‘lgan bolalar organizmiga dori 
vositalarining ta’siridagi o‘ziga xosliklarni o‘rganadi. Bunda yosh bolalarga dori 
dori vositalarining dozasini aniqlash uchun turli formulalar mavjud bo‘lib, 
ularning bir nechtasi mazkur dasrlikning umumiy reseptura bo‘limida qismida 
keltilib o‘tilgan. Bundan tashqari, Davlat Farmakopeyasida har bir zaharli va 
kuchli ta’sir ko‘rsatadigan dori vositaning yosh bolalar uchun mos tarzdagi 
dozalari keltirib o‘tilgan. Boshqa dori dori vositalari uchun esa bolaning har bir 
yoshiga nisbatan kattalar dozasining 1/20 qismi miqdoridagi dozani hisoblash 
lozimligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tilgan.


- 169 -
– geriatrik
19
farmakologiya – dori dori vositalarining keksa yoshdagi 
bemorlar organizmigi ta’sirini o‘rganadi. Bemorning yoshi ulg‘aygan sari uning 
organizmi turli dori dori vositalariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo‘lib 
boshlaydi, Chunki keksa yoshdagi organizmda retseptorlarning miqdori 
kamayadi hamda ularni parchalovchi fermentlar faolligi pasayadi, dorilarning 
so‘rilishi, metabolizmi va ularning chiqarilish jarayonlari ham o‘ziga xos tarzda 
sekinlashadi. Bu esa, mazkur bemorlarda dorilarning dozasini kerakli 
darajagacha kamaytirib borishni taqozo etadi.
2. Jinsning ahamiyati 
Dori vositalari ta’sirining yuzaga chiqishida jinsning ahamiyati oxirigacha 
o‘rganilgan emas. ammo , eksperimental hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar 
natijalarining ko‘rsatishicha, ayrim dori dori vositalariga nisbatan ayollar 
organizmi erkaklarnikiga qaraganda ancha chidamsiz ekan. Masalan, nikotin, 
strixnin kabi dori vositalarga. Bu borada ayrim klinik ma’lumotlar ham mavjud 
bo‘lib, verapamilning bioeriShuvchanligi ayollarda erkaklarnikiga qaraganda 
yuqoriroq ekanligi aniqlangan. Operatsiyalardan keyingi og‘riqlarni qoldirish 
uchun erkaklarga morfinni ayollarga nisbatan yuqoriroq dozalarda qo‘llash talab 
etilishi aniqlangan. Diazepamning oksidlanishi ayollarda erkaklardagiga 
qaraganda tezroq yuzaga chiqar ekan. 
3. Genetik omillarning ahamiyati (farmakogenetika)
Organizmning dori vositalariga sezgirligi ko‘pincha genetik omillarga 
bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Masalan, silga qarshi vositalardan izoniazidning 
atsetillanish tezligi har kimda turlicha davom etadi. Bunda uning parchalanishi 
tez va davomli kechuvchi bemorlar tafovut qilinadi. Ma’lum bo‘lishicha, uning 
parchalanishi 
sekin 
kechuvchi 
bemorlar 
organizmida 
izoniazidning 
atsetillanishida ishtirok etuvchi fermentlar sintezini boshqarib turuvchi 
genlarning yetishmasligi katta ahamiyat kasb etar ekan. 
19
Yunonchadan 
geron
– keksa, qari, 
iateria
– davolash 


- 170 -
Ayrim dori vositalariga nisbatan atipik reaksiya sifatida idiosinkraziya 
yuzaga chiqishi to‘g‘risida yuqorida bayon etilgan edi.
Dori vositalarining ta’siri yuzaga chiqishida genetik omillarning 
ahamiyatini o‘rganish – farmakologiyaning 
farmakogenetika 
nomli maxsus 
yo‘nalishining asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. 
4. Organizm holatining ahamiyati 
Ko‘pchilik dori vositalarining asosiy samarasi organizm holatiga, ya’ni 
organizmda qanday patologik jarayon kechayotganligiga va qaysi kasallikda 
qo‘llanilayotganligiga bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Masalan, atsetilsalitsilat 
kislotasi faqat organizmning harorati oshgandagina tana haroratini me’yorgacha 
tushiradi, boshqa paytlarda u tana haroratiga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi.
5. Sutkalik ritmlarning
20
ahamiyati (Xronofarmakologiya)
Inson organizmidagi normal fiziologik faoliyat uchun sutkalik ritmlarning 
ahamiyati juda katta. Ma’lumki, organizmda uyqu va uyg‘oqlik holatlarining 
bir-birlari bilan almashinib turishi nerv hamda endokrin tizim faolligiga va ular 
orqali boshqa a’zo va to‘qimalar faoliyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘z 
navbatida esa bu organizmning turli vositalarga sezgirligiga ham o‘ziga xos 
ta’sir qiladi. Dori vositalari samarasining sirkad ritmlarga bog‘liq holda yuzaga 
chiqishi 
farmakologiyaning 
xronofarmakologiya 
deb 
ataluvchi 
yangi 
yo‘nalishining asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. Xronofarmakologiya ham o‘z 
navbatida xronofarmakokinetika va xronofarmakodinamika
21
kabi qismlardan 
tashkil topgan. Dorilarning ta’sir samarasi ularni kunning qaysi paytida qabul 
qilinganligiga bog‘liq holda turlicha namoyon bo‘lishi mumkin va bunda 
ularning eng kuchli samaralari qabul qiluvchining maksimal faol davriga bog‘liq 
20
Bundan tashqari “sirkad (sutka atrofidagi) ritmlar” (lotinchadan 
cirka
– atrofida, 
dies
– kun) atamasi ham ishlatiladi. Bunda biologik jarayonlarning sirkad o‘zgarishlari 20-28 soat 
orasida bo‘lishi nazarda tutilgan. 
21
Keyingi yillarda xronofarmakokinetika va xronofarmakodinamika atamalari o‘rniga 
shu ma’nolarni beruvchi boshqа ikkita – 
хronokinetika
(dori farmakokinetik parametrlarining 
sutkalik ritmlar bilan bog‘liqligi) hamda 
хronesteziya
(dori vositalariga kunning turli 
paytlarida organizmning turlicha sezuvchanligi) atamalari taklif qilinmoqda. 


- 171 -
bo‘ladi. Masalan, insonlarda eng faol davr – kunduz kuni bo‘lsa, hayvonlarda – 
kechasi hisbolanadi. Shunga bog‘liq holda insonlarda morfinnig maksimal 
samarasi kunning ikkinchi yarmida namoyon bo‘ladi. Stenokardiyada 
nitroglitserin kunning birinchi yarmida yuqori faollikka ega bo‘ladi.
Xuddi Shuningdek, sutkalik ritmlarga bog‘liq holda ayrim dori 
vositalarning zaharliligi ham o‘zgarib turadi. Masalan, fenobarbitalning 
eksperimental hayvonlardagi o‘lim chaqirish darajasi kunning sutkalik 
ritmlariga bog‘liq holda 0 foizdan 100 foizgacha etishi mumkin.
Ayrim dorilarning farmakokinetik parametrlari ham sutkalik ritmlarga 
bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Masalan, zamburug‘larga qarshi vosita 
hisoblanuvchi grizeofulvin kuniga 3 mahal qabul qilinishiga qaramasdan, uning 
ichaklar orqali so‘rilishining maksimal darajasi kunduzgi 12.00 ga to‘g‘ri keladi. 
Shuningdek, sutka davomida ayrim dorilarning metabolizm va buyraklar orqali 
ajralish jadalligi ham turlicha bo‘ladi. Masalan, fenamin asosan ertalabki 
soatlarda jadal ravishda ajratilsa, litiy dori vositalari esa kunduz kuni ko‘roq 
ajratiladi. 
Bulardan tashqari, xronofarmakologik jarayonlarni o‘rganishda yana 
organizmning turli patologik holatlarida hamda kasalliklarida ham dori vositalar 
farmakodinamikasining va farmakokinetikasining o‘zgarishlari ehtimolini 
inobatga olish lozim.

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish