oqsil va peptid tuzilishiga ega moddalar
- gipotalamus, gipofiz,
qalqonsimon bez oldi va me'da osti gormonlari dori vositalari, kalsito nin;
2)
aminokislotalar hosilalari
- qalqonsimon bez, epifiz gormonlarining dori
vositalari;
- 627 -
3)
steroid tuzilishli
– buyrak usti bezining po‘stloq qavati va jinsiy bezlar
gormonlarining dori vositalari;
Endokrin bezlar giperfunksiyasida tegishli retseptorlarni qamal qiluvchi
yoki gormonlar sintezini susaytiruvchi antagonistlar qo‘llaniladi.
Gormonlarning birlamchi ta'siri sitoplazmatik membrana yoki hujayra ichi
darajasida amalga oshadi. Ba'zi gormonlar (oqsil va peptid tuzilishli) hujayra
membranasining tashqi yuzasida o‘rnashgan faqat o‘ziga xos retseptorlarga ta'sir
ko‘rsatadilar. Bu retseptorlarning ko‘plari adenilatsiklaza bilan bog‘liq bo‘lib,
uning faolligini o‘zgarishi hujayra ichidagi sAMF miqdorini belgilaydi. Ko‘proq
gormonlar adeniladsiklaza faolligini kuchaytirib, sAMF miqdorini oshiradilar.
SAMF miqdorini fosfodiesteraza faolligini susaytirish hisobiga ham oshirish
mumkin, chunki fosfodiesteraza sAMF ni parchalaydi. Ammo bunday ta'sir
triyodtironinga xosdir, shunda ham uning juda katta dozasida yuzaga chiqadi.
SAMF o‘z navbatida proteinkinazani faollashtiradi va turli xil intratselyulyar
jarayonlarga ta'sir etadi.
Gormonlar deb, endokrin bezlar hujayralarida
sintezlanib bevosita qonga ajratiladigan biologik faol moddalarga aytiladi. Ular
endokrin bezlardan uzoqda joylashgan to‘qimalar va a'zolarga ta'sir
ko‘rsatadilar. Bundan tashqari parakrin sekretsiya ham aniqlangan. Bunday
holatda hujayralar yaqin joylashgan boshqa hujayralarga ta'sir etuvchi lokal
gormonlar (yoki autokoidlar)ni ishlab chiqaradilar (masalan, semiz hujayralar
ishlab chiqaruvchi gistamin). Shu bilan bir qatorda “autokrin sekretsiya” iborasi
mavjud bo‘lib, bunda o‘zini biosintezi kechgan hujayraga ta'sir ko‘rsatuvchi faol
birikmalar ishlab chiqarish tushuniladi (bunday holat ko‘pgina sitokinlar uchun
juda xosdir). Lekin bunday ajrati-lish absolyut emas. Ko‘pincha modda faqat
bitta guruhga mansub bo‘lmasligi ham mumkin. (masalan: NO ham autokrin,
ham parakrin effekt rivojlantirishi mumkin.)
Kortikotropin, tirotropin, gipofizning gonadatrop gormonlari, melaninni
kuchaytiruvchi gormonlar, parat gormon, kalsitonin, glyukagon ana shunday
ta'sir etadilar.
- 628 -
Gormonlar membranalardagi retseptorlar va hujayra ichidagi jarayonlar
orasida “vositachi” vazifasini o‘tovchi kalsiy ionlarining tutib olinishi, ajralishi
va hujayra ichida taqsimlanishiga ham ta'sir etishi mumkin. Bundan tashqari
s̵AMF va kalsiy ionlarining kinetikasi orasida ma'lum o‘zaro bog‘lanishlar
mavjudligi aniqlangan.
Ba'zi gormonlar (oqsil va peptidlar) adenilatsiklaza bilan bog‘liq
bo‘lmagan membrana retseptorlariga ta'sir ko‘rsatadilar (o‘sish gormoni,
gormon).Ushbu holatda “vositachi” masalasi ochiq qolgan. Ayrim gormonlar
fosfatidilinozitol sikliga ta'sir etishlari mumkin va shu tufayli inozitoltrifosfat va
dia-silglitserolni ishlab chiqarilishini oshiradilar (m-n, gonadotrop gormonlarni
ajralishini kuchaytiruvchi gipotalamus gormoni, vazopressin).
Gormonlarning hujayra membranalariga ta'siri ularni boshqa endogen
moddalar uchun o‘tkazuvchanligini o‘zgartirishda ham namoyon bo‘lishi
mumkin (masalan, insulin glyukozani hujayra ichiga kirishiga imkoniyat
yaratadi).
Bir qator hujayra membranasidan o‘ta oladigan gormonlarning ta'siri
hujayra ichida yuzaga chiqadi (masalan, steroidlar, qalqonsimon bez
gormonlari). Steroidlar sitoplazmatik retseptorlar bilan kompleks hosil qiladilar
va shu holda ularning asosiy ta'siri namoyon bo‘luvchi hujayra yadrosiga olib
o‘tiladi. Hujayra yadrosida ular DNK hamda iRNK ni faollashtiradilar, bu esa
o‘z navbatida oqsil sintezini induksiyasiga olib keladi. Ammo bular gormonlar
ta'sirining bo‘lishi mumkin bo‘lgan prinsip laridir. Ushbu masalani ko‘p
tomonlari to‘liq aniqlanmagan bo‘lib, chuqur o‘rganishni talab etadi.
- 629 -
.Kortikosteroid gormonlarning hujayra ichidagi retseptorlari bilan ta'sirining
chizmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |