Montelukast
- Montelukast (singuler) – leykotriyenlar retseptorlarini
blokatorlariga mansub. U leykotriyen D
4
(LTD
4
) ni tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi
antagonistidir. Zafirlukastdan farq qilib jigarning mikrosomal fermentlarini
ingibitsiyalamaydi va Shuning uchun boshqa dorilar ta’sir davomligini
o‘zgartirmaydi. Ichiladi. Tez so‘riladi. Ovqat mahsulotlari va ularning tarkibiy
qismlari montelukastni absorbsiyasiga ta’sir etmaydi. Dori vosita tez
metabolizmga uchraydi. Organizmdan asosan ichak orqali ajraladi; T
1/2
~ 2.7 -
5,5 soat. Bronxial astmani profilaktikasi va uni uzoq mudat davolashda
qo‘llanadi. Bemorlar dori vositani yaxshi o‘zlashtiradilar. Noxush ta’siri: bosh
og‘rig‘i, dispepsiya, bosh aylanishi, terida toshmalar va boshqalar.
8.1.O‘pka shishida
qo‘llanadigan vositalar(o’tkir nafas yetishmovchiligida)
O‘pkaning shishishi og‘ir va hayot uchun xavfli bo‘lgan patologiya bo‘lib,
yurak tomir sistemasi xastaliklari, o‘pkani kimyoviy birikmalar bilan
jarohatlanishida, hamda bosh miyaning shishida yuzaga keladi.vBunday holatda
qonning suyuq qismi (zardobi) tomirlardan sizilib chiqib alveolalarni va mayda
bronxlarni to‘ldirib qo‘yadi. Natijada o‘pkaning gaz almashinuv sathi kamayib
qonning oksigenatsiyasiga to’sqinlik qiladi. Shu bilan bir qatorda alveolalar va
mayda bronxlar ichidagi suyuqlik ko‘pirib boshqalarini ham to‘ldiradi. Bu o‘z
navbatida organizmni kislorod bilan ta’minlashni yana ham og‘irlashtiradi va
asfiksiyani rivojlanishi tufayli bemorning o‘limiga sabab bo‘ladi. Keltirilgan
- 460 -
dalillarni inobatga olgan holda o‘pka shishini va u bilan bog‘liq gipoksiyani
bartaraf etishning patogenetik asoslari quyidagilardan iborat:
1.
Arterial qon bosimini yuqori bo‘lishini bartaraf etish
- ganglioblokatorlar qo‘llash (gigroniy, pentamin, benzogeksoniy)
- miotrop ta’sirli gipotenziv vositalar (natriy nitroprussid)
- alfa ̵ adrenoblokatorlar (fentolamin, aminazinning kichik dozalari, diprazin)
Ushbu vositalar arterial bosimni pasaytirib kichik qon aylanish doirasida qon
bosimni tushiradilar. Yurak faoliyati samaradorligini oshiradilar va Shu tufayli
o‘pka shishini kuchayishiga to‘sqinlik qiladilar, ya’ni o‘pka kapilyarlarida
transsudatsiya jarayonini susaytirib, alveolalar ichidagi suyuqlikni qayta
so‘rilishi kuchaytiradilar.
2.Arterial bosim mo‘tadil yoki ozgina ko‘tarilgan (baland) bo‘lgan holatlarda
o‘pka shishini qonning umumiy hajmini kamaytirish hisobiga bartaraf etish
mumkin, ya’ni suv miqdorini peshob haydashni oshirish hisobiga kamaytirish
mumkin: jumladan mannit yoki toza mochevina tomirga kiritilsa osmotik
bosimni oshirib, to‘qimalardan qonga suvni o‘tishini kuchaytiradi.
Bu holatda o‘pka arteriolalaridan (tomirlaridan) suyuqlik transsudatsiyasi
kamayadi, qon tarkibidagi ortiqcha suv peshob tarkibida ajralib uni hajmini
ko’paytiradi (organizmdan ajralishi ko‘payadi). Peshobni ajralishini kuchaytirish
maqsadida kuchli va faol, ta’siri tez yuzaga chiquvchi dori vositalarni qo‘llash
mumkin (furosemid, etakrin kislotasi). Bir vaqtni o‘zida arterial bosim ham
kamayadi.
3.Ko‘piklarni daf etish vositalari (penogasiteli) alveolalar va mayda bronxlar
ichini bo‘shatib o‘pkaning gaz almashinish yuzasini orttiradilar, o‘pkaga havoni
kirishi va chiqishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘piklarni yo‘qotadilar. O‘pka
shishida ko‘piklarning hosil bo‘lish sababi transsudat tarkibida oqsil
borligidadir. Oqsil qancha ko‘p bo‘lsa hosil bo‘layotgan ko‘pik Shuncha qattiq
bo‘ladi va o‘shancha kuchli asfiksiya beradi.
- 461 -
Etil spirtining bug‘lari nafas yo‘llariga kiritilsa (ingalyatsiya ) ko‘piklarining sirt
tarangligi pasayadi va ular hajmi ancha kichik bo‘lgan suyuqlikka aylanadi,
alveolalar, bronxlar ichi bo‘shab gaz almashinuvi tiklanadi, gipoksiya va
asfiksiya bartaraf etiladi. Lekin etil spirti Mahalliy qo‘zg‘otuvchanlik
(qitiqlovchi, yallig‘lantiruvchi) ta’sirga ega. Shu sababli Antifomsilan—tez
ta’sir ko‘rsatuvchi va ko‘pikni bartaraf etuvchi samarador vosita hisoblanadi,
chunki unda mahalliy ta’sirlantirish xossasi yo‘q.
4.Narkotik analgetiklar (morfin, fentanil, talamonal)- o‘pka shishini davolashda
keng qo‘llaniladi, chunki ular periferik arteriya va venalarni kengaytirib,
yurakka venalar orqali qaytuvchi qon hajmini kamaytiradilar, ya’ni qon hajmini
taqsimlanishi o‘zgarib, kichik qon aylanish doirasida bosimni kamaytiradilar. Bu
o‘z navbatida o‘pka shishini bartaraf etilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
5. Yurak glikozidlari ayrim holatlarda (masalan; yurak yetishmovchiligida)
o‘pka shishini davolashda samarali hisoblanadi, chunki yurak qisqarishlari kuchi
ortib o‘pkada qon dimlanish darajasi kamayadi. Lekin mitral klapan stenozi
tufayli yuzaga kelgan yurak yetishmovchiligidagi yurak glikozidlari o‘pka
shishini kuchaytiradilar, chunki o‘ng qorinchadan o‘pkaga ko‘proq qon kela
boshlaydi, undan chap qorinchaga qon kam o‘tayotganligi sababli qon dimlanish
darajasi ortadi.
6. O‘pka shishini davolashda qo‘llaniladigan dorilar tarkibiga ko‘pincha
glyukokortikoid ham kiradi, chunki ular yallig‘lanishni kamaytiruvchi va
immunosupressiv ta’sir ko‘rsatadilar.
7. O‘pka shishini davolashda oksigenoterapiya universal uslub hisoblanadi,
chunki u organizmni kislorod bilan ta’minlanishini kuchaytiradi.
8. Surfaktantlar. O‘pka yetishmovchiligiga olib keluvchi o‘pka shishida o‘pka
surfaktanti miqdorini kamayib ketishi, ayniqsa chaqaloqlarda distress-
sindromiga olib keladi (og‘ir xastalik). Surfaktantlar alveolalardagi maxsus
hujayralar ishlab chiqaruvchi yuqori sath faolligiga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib,
asosan fosfatidilxolinlar, sfingomiyelin kabi fosfolipidlardan iborat .Ularning
- 462 -
asosiy vazifasi o‘pka suyuqligini sirt tarangligini kamaytiradi va alveolalar
to‘qimasini elastlikligini ta’minlaydi. Ularning yetishmasligi rivojlanishiga
sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda, endogen
surfaktantlarni o‘rnini to‘ldiruvchi dori vositalar qo‘llaniladi. Ushbu
surfaktantlar guruhiga Kolfosserilalmitat (ekzosurf- sentetik dori vosita
pediatriya uchun), A l v e o f a k t (qora mol o‘pkasidan juda tozalangan
surfaktant) kiradi. ayniqsa chaqaloqlarda o‘pkaning interstitsial shishiga va keng
tarqalgan atelektazlariga olib keladi. Natijada alveola-kapilyar membranalarda
gaz almashinuvi (ularning diffuziyasi) buzilib o‘tkir o‘pka yetishmovchiligini
Ular asosan intratreaxial yo‘l bilan kiritiladi (2 marta). Bulardan tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: |