1.Kompyuter ishlashini ta‘minlaydi va uning apparaturalarini boshqaradi.
2.Kompyuter resurslarini effektiv ishlatadi va taqsimlaydi.
3.Amaliy dasturarning bajarilishini muntazam tekshirib boradi.
4.Kompyuter bilan foydalanuvchi orasida muloqotni о‗rnatadi.
Hozirgi paytda operatsion tizimning DOS, UNIX, Windows, LINX kabi oilalari keng
tarqalgan.
Operatsion tizim
- kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu
dastur foydalanuvchiga SHEHM bilan muloqot qilish vositasi bо‗lib hizmat qiladi, uning barcha
qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion tizim yordamida tezkor xotiradan
foydalanish, disklardagi axborotlarni о‗qish yoki axborotlarni disklarga yig‗ish, amaliy
dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin.
Windows operatsion tizimi
Windows tizimining paydo bо‗lishi kompyuterlar tizimi
sohasida juda katta yangi
yо‗nalishni boshlab berdi. Mikrosoft (microsoft) firmasi birinchi bо‗lib yangi texnologiya
asosida ma‘lumotlarni qayta ishlashning yangi grafik rejimiga asoslangan Windows 3.1 tizimini
ishlab chikdi. Bu texnologiya darchalarda ishlash prinspiga asoslangan bо‗lib, u apparat
vositalarining tez suratlar bilan о‗sishi, hamda shaxsiy kompyuterlarning keng miqiyosda
qо‗llanilishiga olib keldi.
Firma keyinchalik Windows 3.11 tizimini yaratdi. Lekin bu tizimlar qobiq dasturlar
vazifasini о‗tab keldi. Firma keyinchalik bulardan anchi farqli va kо‗p imkoniyatga ega bо‗lgan
Windows 95 va 98 operatsion tizimlarini yaratdi. Hozirgi kunga kelib WINDOWS
MILLENIUM, WINDOWS - 2000, WINDOWS - XP operatsion tizimlari keng miqyosda
ishlatilmoqda.
.WINDOWS IMKONIYATLARI VA UNING ISH
STOLI
Windows kо‗p masalali prioritetga ega, interaktiv rejimga asoslangan va parallel ish
jarayonini ta‘minlovchi operatsion tizimdir.
Windows
tizimining asosiy vazifasi - kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan amaliy
dasturlar paketlari yordamida ish jarayonini boshqarish, avtomatik ravishda resurslarni
taqsimlash va boshqarish, hamda foydalanuvchi bilan kompyuter
orasidagi qulay muloqotni
о‗rnatishdir.
Windows foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
•
Foydalanuvchining tо‗liq qayta ishlangan interfeysi. Windowsda yangi interfeys
yaratilishi bilan dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish va saqlash, disklar va arxivlar bilan
ishlash ancha osonlashdi. Bir dasturdan boshqasiga о‗tish soddalashtirildi.
•
Fayl nomlari haqidagi ma‘lumotlarni qо‗llab quvvatlash. Windowsda fayllarnig
nomlari uzunligi 255 tagacha ramzdan iborat bо‗lishi mumkin.
•
Tarmoqda ishlashni qо‗llab-quvvatlash.
•
Plug and Play. Windows periferiya uskunalarini о‗rnatish va sozlashni maksimal
darajada
soddalashtirishni
о‗zida
mujassamlangan.
Operatsion
tizim
uskunalar
konfiguratsiyalashni ta‘minlaydi, ularning eskirgan uskunalar bilan moslashib ishlashni qо‗llab-
quvvatlaydi.
•
MS-DOS va Windowsning birlashib ketishi. Xozirda Windows va MS DOS
yagona operatsion tizimni tashkil etadilar.
•
Kо‗p oqimlilik. Windows jarayonlarning kо‗p vazifali bajarilishini amalga
oshiruvchi texnologiyani qо‗llab quvvatlaydi. Masalan, elektron jadvallarga ishlov berishning
kо‗p oqimlilik tamoyilariga asoslanib yaratilgan dasturi bilan ishlaganda bir elektron jadvalni
qayta hisoblab turib shu vaqtning о‗zida boshqasini chop etaverish mumkin.
•
Diagnostikani optimallash va xatolarni tuzatishning takomillashgan vositalari.
Windows tarkibiga uning unumdorligini optimallashda quyidagi vositalar kiradi: disklarnig
mantiqiy tuzilmasini tekshirish uchun Scan Disk dasturi, disklarni qisuvchi Driver Space tizimi
va disklarni defregmentatsiya qilish uchun dastur. Bundan tashqari
Windowsga uskunalar
о‗ratasidagi moslikni о‗rnatishda yordam beradigan uskunalar dispetcheri (Device Manager)
maxsus dasturi kiritilgan.
Windows ish stoli foydalanuvchiga ishlash uchun kо‗pgina qulayliklarni yaratib beradi.
Bunda foydalanuvchi Windows ish stolini о‗z stoli usti sifatida tasavvur qilishi lozim. Ish stolida
papkalar, obyektlar va hujjatlar joylashgan bо‗ladi. Windows ish stolining asosiy tipik
elementlari – bu Mening kompyuterim va Mening hujjatlarim maxsus papkalari, tarmoq muhiti
о‗rami, Savatcha papkasi, Internetni ishga tushurish dasturi yorlig‗i Internet Explorer va pusk
(ishga tushurish) tugmachasidir. Bulardan tashqari ish stolida foydalanuvchi о‗zi yaratgan
obyektlar, shuningdek hujjatlar, papkalar va dasturlaridan foydalanish uchun yо‗l kо‗rsatuvchi
yorliqlar kо‗rinib turibdi.
Mening kompyuterim maxsus papkasi kompyuterning resurslar holati bilan tanishish
imkoniyatini beradi. Uning darchasida disk
yurituvchilar mantiqiy nomlari, lokal qattiq disk,
kompakt disk obyektlari, boshqarish paneli va kompyuterga ulangan tarmoq kataloglarining
hammasi aks etadi.
Undagi mavjud istalgan obyekt sichqonchada ikki marta tez-tez bosilsa, uning darchasi
ochiladi. Masalan, S: nom bilan nomlangan lokal qattiq disk obyektini ochib kompyuterdagi
qattiq disklardan biri bilan tanishish mumkin.
Mening hujjatlarim maxsus papkasi foydalanuvchi hujjat fayllarini saqlash uchun
xizmat qiladi. Uning darchasi ichida hujjatlar turiga qarab yana bir necha papkalar mavjud,
masalan Mening rasmlarim, Mening muzikam va boshqa. Foydalanuvchi о‗z hujjatlarini saqlash
joyini oldindan kо‗rsatmasa kompyuter hujjatlarni tinch holatda shu papkaga saqlaydi.
Yorliqlar dastur, hujjat, printer, lokal qattiq disk yoki tarmoq
serveri kabi obyektlarga
tez yо‗llashni ta‘minlaydi. Amalda tez-tez ishlatiladigan obyektlarning istalgan tipi uchun
yorliqlar tuzush mumkin.
Tarmoq muhiti о‗rami obyekti ishchi guruhilarning foydalanayotgan serveri va barcha
kompyuterlari aks ettirilgan papkani ochadi. Bundan tashqari bu papkada butun tarmoq obyekti
mavjud, uning yordamida shu tarmoqni boshqa ishchi guruhlarga yо‗llash imkonini qо‗lga
kiritish mumkin.
Savatcha о‗chirilgan fayllarni vaqtincha saqlash joyi bо‗lib xizmat qiladi. Agarda
qaysidir fayl о‗chirib tashlangan bо‗lsa, uni hali savatchadan chiqarib olish yо‗li bilan tiklash
mumkin.
Pusk tugmachasi bir necha menyular tо‗plamidan iborat bо‗lib, ular asosan
quyidagilardir:
•
Dasturlar (Programmi) menyusi. Bunda tizimning bir necha standart
dasturlari,
о‗yin dasturlari, tizim uchun maxsus diagnostika dasturlari, foydalanuvchining amaliy dasturlari,
ofis dasturlari, lokal va global tarmoq dasturlari va boshqalar berilgan bо‗ladi. Bu menyu
foydalanuvchi uchun ochiq bо‗lib unga yana о‗zi yangisini qо‗shishi yoki olib tashlashi mumkin.
Buning uchun foydalanuvchi tugmachaning ―Nastroyka‖ menyusiga kirib ―Panel zadach i menyu
Pusk‖ bо‗limini ochishi va uning darchasidan ―menyu Pusk‖ va ―Nastroit...‖ tanlab mos
buyruqni berib kerakli operatsiyalarni bajarish lozim. Bu joydan yana ―menyu Pusk‖
parametrlarini ham о‗rnatish mumkin.
•
Hujjatlar (Dokumnti) menyusi. Bu menyu yordamida Mening hujjatlarim maxsus
papkasidagi fayllar va boshqa papkalarni tanlab ochish mumkin.
•
Tо‗g‗rilash (Nastroyka) menyusi. Bu menyu yordamida panelni boshqarish
bо‗limiga, tarmoqni, printer va faksni ulash, hamda ―Panel zadach i menyu Pusk‖ bо‗limiga kirib
kerakli ishlarni amalga oshirish mumkin. Panelni boshqarish bо‗limida ham,
masalan printer,
sichqoncha, vaqtni, boshqa dasturlarni, hamda qurilmalarni о‗rnatish va о‗chirish mumkin.
•
Izlash (Nayti) menyusi. Bu menyu yordamida disklardan kerakli fayl yoki
papkalarni izlab topish mumkin.
•
Spravka va podderjka menyusidan foydalanuvchi uchun kerakli foydali
maslahatlarni olish mumkin.
•
Bajarish (Vipolnit..) menyusida dasturlarni tо‗g‗ridan tо‗g‗ri ishga tushirish,
papka va hujjatlarni ochish imkoniyati mavjud.
•
Seansni tugallash va kompyuterni о‗chirish menyularida seansdan chiqish va
kompyuterni о‗chirish, hamda qayta ishga tushirish bо‗limlari mavjud.
Windowsning ish stolida yana kontekst menyusi deb atalivchi menyuni ham
sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan chiqarish mumkin.
Bu menyu buyruqlari
quyidagilar: belgilarni tartiblash, saqlash, qо‗yish, tuzish, xossani kо‗rish va boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: