3-ma’ruza. Arxitektura va qurilish soxasida zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti



Download 436,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana14.04.2022
Hajmi436,4 Kb.
#551775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-ma’ruza. Arxitektura va qurilish soxasida zamonaviy kompyuterl

Tizimli dasturiy ta’minoti
dasturlar tо‗plamidan tashkil topgan bо‗lib, bu dasturlar 
kompyuter funksiyalarini bajaradi va uning effektiv ravishda ishlashini ta‘minlaydi. Tizimli 
dasturiy ta‘minotning asosini operatsion tizim (OT) tashkil qiladi. OT kompleks dastur bо‗lib, 
uning asosiy vazifalari quyidagilardir: 


1.Kompyuter ishlashini ta‘minlaydi va uning apparaturalarini boshqaradi. 
2.Kompyuter resurslarini effektiv ishlatadi va taqsimlaydi. 
3.Amaliy dasturarning bajarilishini muntazam tekshirib boradi. 
4.Kompyuter bilan foydalanuvchi orasida muloqotni о‗rnatadi. 
Hozirgi paytda operatsion tizimning DOS, UNIX, Windows, LINX kabi oilalari keng 
tarqalgan.
Operatsion tizim
- kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu 
dastur foydalanuvchiga SHEHM bilan muloqot qilish vositasi bо‗lib hizmat qiladi, uning barcha 
qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion tizim yordamida tezkor xotiradan 
foydalanish, disklardagi axborotlarni о‗qish yoki axborotlarni disklarga yig‗ish, amaliy 
dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. 
Windows operatsion tizimi 
Windows tizimining paydo bо‗lishi kompyuterlar tizimi sohasida juda katta yangi 
yо‗nalishni boshlab berdi. Mikrosoft (microsoft) firmasi birinchi bо‗lib yangi texnologiya 
asosida ma‘lumotlarni qayta ishlashning yangi grafik rejimiga asoslangan Windows 3.1 tizimini 
ishlab chikdi. Bu texnologiya darchalarda ishlash prinspiga asoslangan bо‗lib, u apparat 
vositalarining tez suratlar bilan о‗sishi, hamda shaxsiy kompyuterlarning keng miqiyosda 
qо‗llanilishiga olib keldi.


Firma keyinchalik Windows 3.11 tizimini yaratdi. Lekin bu tizimlar qobiq dasturlar 
vazifasini о‗tab keldi. Firma keyinchalik bulardan anchi farqli va kо‗p imkoniyatga ega bо‗lgan 
Windows 95 va 98 operatsion tizimlarini yaratdi. Hozirgi kunga kelib WINDOWS 
MILLENIUM, WINDOWS - 2000, WINDOWS - XP operatsion tizimlari keng miqyosda 
ishlatilmoqda.
.WINDOWS IMKONIYATLARI VA UNING ISH STOLI 
Windows kо‗p masalali prioritetga ega, interaktiv rejimga asoslangan va parallel ish 
jarayonini ta‘minlovchi operatsion tizimdir. 
Windows
tizimining asosiy vazifasi - kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan amaliy 
dasturlar paketlari yordamida ish jarayonini boshqarish, avtomatik ravishda resurslarni 
taqsimlash va boshqarish, hamda foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay muloqotni 
о‗rnatishdir.
Windows foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
• 
Foydalanuvchining tо‗liq qayta ishlangan interfeysi. Windowsda yangi interfeys 
yaratilishi bilan dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish va saqlash, disklar va arxivlar bilan 
ishlash ancha osonlashdi. Bir dasturdan boshqasiga о‗tish soddalashtirildi. 
• 
Fayl nomlari haqidagi ma‘lumotlarni qо‗llab quvvatlash. Windowsda fayllarnig 
nomlari uzunligi 255 tagacha ramzdan iborat bо‗lishi mumkin. 
• 
Tarmoqda ishlashni qо‗llab-quvvatlash.
• 
Plug and Play. Windows periferiya uskunalarini о‗rnatish va sozlashni maksimal 
darajada 
soddalashtirishni 
о‗zida 
mujassamlangan. 
Operatsion 
tizim 
uskunalar 
konfiguratsiyalashni ta‘minlaydi, ularning eskirgan uskunalar bilan moslashib ishlashni qо‗llab-
quvvatlaydi.
• 
MS-DOS va Windowsning birlashib ketishi. Xozirda Windows va MS DOS 
yagona operatsion tizimni tashkil etadilar. 
• 
Kо‗p oqimlilik. Windows jarayonlarning kо‗p vazifali bajarilishini amalga 
oshiruvchi texnologiyani qо‗llab quvvatlaydi. Masalan, elektron jadvallarga ishlov berishning 
kо‗p oqimlilik tamoyilariga asoslanib yaratilgan dasturi bilan ishlaganda bir elektron jadvalni 
qayta hisoblab turib shu vaqtning о‗zida boshqasini chop etaverish mumkin. 
• 
Diagnostikani optimallash va xatolarni tuzatishning takomillashgan vositalari. 
Windows tarkibiga uning unumdorligini optimallashda quyidagi vositalar kiradi: disklarnig 
mantiqiy tuzilmasini tekshirish uchun Scan Disk dasturi, disklarni qisuvchi Driver Space tizimi 
va disklarni defregmentatsiya qilish uchun dastur. Bundan tashqari Windowsga uskunalar 
о‗ratasidagi moslikni о‗rnatishda yordam beradigan uskunalar dispetcheri (Device Manager) 
maxsus dasturi kiritilgan. 


Windows ish stoli foydalanuvchiga ishlash uchun kо‗pgina qulayliklarni yaratib beradi. 
Bunda foydalanuvchi Windows ish stolini о‗z stoli usti sifatida tasavvur qilishi lozim. Ish stolida 
papkalar, obyektlar va hujjatlar joylashgan bо‗ladi. Windows ish stolining asosiy tipik 
elementlari – bu Mening kompyuterim va Mening hujjatlarim maxsus papkalari, tarmoq muhiti 
о‗rami, Savatcha papkasi, Internetni ishga tushurish dasturi yorlig‗i Internet Explorer va pusk 
(ishga tushurish) tugmachasidir. Bulardan tashqari ish stolida foydalanuvchi о‗zi yaratgan 
obyektlar, shuningdek hujjatlar, papkalar va dasturlaridan foydalanish uchun yо‗l kо‗rsatuvchi 
yorliqlar kо‗rinib turibdi. 
Mening kompyuterim maxsus papkasi kompyuterning resurslar holati bilan tanishish 
imkoniyatini beradi. Uning darchasida disk yurituvchilar mantiqiy nomlari, lokal qattiq disk, 
kompakt disk obyektlari, boshqarish paneli va kompyuterga ulangan tarmoq kataloglarining 
hammasi aks etadi. 
Undagi mavjud istalgan obyekt sichqonchada ikki marta tez-tez bosilsa, uning darchasi 
ochiladi. Masalan, S: nom bilan nomlangan lokal qattiq disk obyektini ochib kompyuterdagi 
qattiq disklardan biri bilan tanishish mumkin. 
Mening hujjatlarim maxsus papkasi foydalanuvchi hujjat fayllarini saqlash uchun 
xizmat qiladi. Uning darchasi ichida hujjatlar turiga qarab yana bir necha papkalar mavjud, 
masalan Mening rasmlarim, Mening muzikam va boshqa. Foydalanuvchi о‗z hujjatlarini saqlash 
joyini oldindan kо‗rsatmasa kompyuter hujjatlarni tinch holatda shu papkaga saqlaydi. 
Yorliqlar dastur, hujjat, printer, lokal qattiq disk yoki tarmoq serveri kabi obyektlarga 
tez yо‗llashni ta‘minlaydi. Amalda tez-tez ishlatiladigan obyektlarning istalgan tipi uchun 
yorliqlar tuzush mumkin. 
Tarmoq muhiti о‗rami obyekti ishchi guruhilarning foydalanayotgan serveri va barcha 
kompyuterlari aks ettirilgan papkani ochadi. Bundan tashqari bu papkada butun tarmoq obyekti 
mavjud, uning yordamida shu tarmoqni boshqa ishchi guruhlarga yо‗llash imkonini qо‗lga 
kiritish mumkin. 
Savatcha о‗chirilgan fayllarni vaqtincha saqlash joyi bо‗lib xizmat qiladi. Agarda 
qaysidir fayl о‗chirib tashlangan bо‗lsa, uni hali savatchadan chiqarib olish yо‗li bilan tiklash 
mumkin.
Pusk tugmachasi bir necha menyular tо‗plamidan iborat bо‗lib, ular asosan 
quyidagilardir: 
• 
Dasturlar (Programmi) menyusi. Bunda tizimning bir necha standart dasturlari
о‗yin dasturlari, tizim uchun maxsus diagnostika dasturlari, foydalanuvchining amaliy dasturlari, 
ofis dasturlari, lokal va global tarmoq dasturlari va boshqalar berilgan bо‗ladi. Bu menyu 
foydalanuvchi uchun ochiq bо‗lib unga yana о‗zi yangisini qо‗shishi yoki olib tashlashi mumkin. 
Buning uchun foydalanuvchi tugmachaning ―Nastroyka‖ menyusiga kirib ―Panel zadach i menyu 
Pusk‖ bо‗limini ochishi va uning darchasidan ―menyu Pusk‖ va ―Nastroit...‖ tanlab mos 
buyruqni berib kerakli operatsiyalarni bajarish lozim. Bu joydan yana ―menyu Pusk‖ 
parametrlarini ham о‗rnatish mumkin.
• 
Hujjatlar (Dokumnti) menyusi. Bu menyu yordamida Mening hujjatlarim maxsus 
papkasidagi fayllar va boshqa papkalarni tanlab ochish mumkin.
• 
Tо‗g‗rilash (Nastroyka) menyusi. Bu menyu yordamida panelni boshqarish 
bо‗limiga, tarmoqni, printer va faksni ulash, hamda ―Panel zadach i menyu Pusk‖ bо‗limiga kirib 
kerakli ishlarni amalga oshirish mumkin. Panelni boshqarish bо‗limida ham, masalan printer
sichqoncha, vaqtni, boshqa dasturlarni, hamda qurilmalarni о‗rnatish va о‗chirish mumkin. 
• 
Izlash (Nayti) menyusi. Bu menyu yordamida disklardan kerakli fayl yoki 
papkalarni izlab topish mumkin. 
• 
Spravka va podderjka menyusidan foydalanuvchi uchun kerakli foydali 
maslahatlarni olish mumkin.
• 
Bajarish (Vipolnit..) menyusida dasturlarni tо‗g‗ridan tо‗g‗ri ishga tushirish, 
papka va hujjatlarni ochish imkoniyati mavjud. 


• 
Seansni tugallash va kompyuterni о‗chirish menyularida seansdan chiqish va 
kompyuterni о‗chirish, hamda qayta ishga tushirish bо‗limlari mavjud. 
Windowsning ish stolida yana kontekst menyusi deb atalivchi menyuni ham 
sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan chiqarish mumkin. Bu menyu buyruqlari 
quyidagilar: belgilarni tartiblash, saqlash, qо‗yish, tuzish, xossani kо‗rish va boshqa 

Download 436,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish