B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/99
Sana14.04.2022
Hajmi2,19 Mb.
#550930
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Bog'liq
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Treska avlodi
- Gadus
. Treska – Gadus morhua kiradi. Bir nechta kenja turlari ma’lum, 
masalan atlantik treskasi - Gadus morhua morhua. Boltiq treskasi, tinch okeani treskasi va 
boshqlar.
Treskalar yilning hamma vaqtida oziqlanadi, faqat urchishdan oldin oziqlanmaydi, 
ayniqsa urchish davrida umuman oziqlanmaydi. Kichiklari umurtqasiz hayvonlar bilan voyaga 
etganlari esa baliqlar bilan oziqlanadi.
Pikshalar avlodi – Melanogrammus
. Pikshalarni o’zi kiradi bu avlodga. Pikshalar sanoat 
ahamiyatiga ega. Asosiy xarakterli belgilar orqasi qoramtir bo’ladi.
Merlanglar avlodi – Odontogadus
. Merlang - Odontogadus merlangus turi Evropa 
dengizlarida uchraydi.
Mintaylar avlodi
– Theragra. Mintay. Tinch okeani endem turi. Sanoat ahamiyatiga ega.
Putasslar avlodi – Micromesistius
. Janubiy va shimoliy putasslar farq qilinadi.
Arktika treskasi avlodi – Arctogadus
.
Navaga avlodi - Eleginus.
Chuqurlikda yashaydi. Dengizdan daryolargacha kirib keladi. 
2 ta turi ma’lum: shimol navagasi, tinch okeani navagasi.
Saykalar avlodi yoki qutb treskasi – Boreogadus saida.
Sovuqni sevadi.
Esmarka treskachasi – Tricopterus.
Esmarka treskachasi - Tricopterus esmarki.
Demak, treskalar sanoat ahamiyatiga baliqlar bo’lib, ular faqat go’shti uchun emas, 
balki baliq moyi deb ataladigan, ya’ni vitaminga boy bo’lgan jigar moyi uchun ham ovlanadi. 
Nalimsimonlar – Lotinae kenja oilasi. 1 ta avlod - Nalimlar avlodi kiradi. Bu avlodga 
dengiz cho’rtanlari yoki molvalar, ikki mo’ylovli, to’rt mo’ylovli, besh mo’ylvli nalimlar va 
boshqalar kiradi.
Merluzasimonlar- Merluccinae kenja oilasi. Merluzalar avlodi kiradi. Bu avlod vakillari – 
kap merluzasi, kumush rang merluza, Evropa merluzasi, tinch okean merluzasi va boshqlar 
kiradi.
Cho’rtansimonlar (Esociformes) turkumi vakillari kam sonli, jag’larida o’tkir tishlari 
bo’lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan. Oddiy cho’rtan 
daryo va ko’llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o’tlari orasida yashaydi. Ular 
boshqa baliqlar, qushlarning jo’jasi va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka birmuncha ziyon
etkazadi. Massasi 35 kg ga, uzunligi esa 1,5 m ga etadi. 
Olabug’asimonlar, ya’ni tikan nurlilar (Acanthopterygii) turkumiga kiruvchi baliqlar 
suzgich nurlarining bir qismi o’zaro ajralmagan tikanchalarni hosil qiladi. qorin suzgichlari 
ko’krak suzgichlari ostida yoki ulardan oldinroqda joylashgan. Olabug’asimonlar turkumiga 
6500 dan ortiq tur kiradi. Ular barcha suv havzalarida tarqalgan. Olabug’asimon baliqlarga 
okunsimonlar, yershlar, skumbriyalar, tuneslar, buqacha baliqlar misol bo’ladi. qora va Kaspiy 
dengizlarida, Amudaryoning quyi oqimida uchraydigan sudak (oq sla) katta sanoat ahamiyatiga 
ega.
Sudaklarning uzunligi 130 sm, vazni 12 kg gacha boradi. Daryo va ko’llarda hayot 
kechiradigan olabug’a (okun)ning uzunligi 50 sm, og’irligi 1 kg gacha va undan ko’proq bo’ladi. 
Olabug’a baliqlardan ilonbosh va oq amur Uzoq Sharq daryolaridan keltirilib, respublikamiz suv 
havzalarida iqlimlashtirilgan. Skumbriyalar (Scombridae), tuneslar (Thunoidae) va buqacha 
baliqlar (Gobiidae) dengizlarda hayot kechiradi, faqat buqacha baliqlarning ayrim turlari 
chuchuk suvlarda yashaydi. Tunes va skumbriyalar ko’plab ovlanadi. 
Kefalsimonlar (Mugiliformes) turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari.
 
Kefalsimonlar turkumi vakillarining tanasi duksimon. Kefalsimonlar turkumining xarakterli 
belgilari: 
-qorin suzgichlari ko’krak suzgichlarining orqasida joylashgan; 
-orqa suzgichlari ikkita; 
-tanasi sikloid tangacha bilan qoplangan. 


Bu turkumning 2 ta kenja turkumi ma’lum 
1.
Dengiz cho’rtansimonlar (Sphyraenoidei) kenja turkumi vakillari jag’larida o’tkir 
va kuchli tishlari bo’lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan. 
Oddiy cho’rtan daryo va ko’llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o’tlari orasida 
yashaydi. Ular boshqa baliqlar, qushlarning jo’jasi va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka 
birmuncha ziyon etkazadi. Massasi 35 kg ga, uzunligi esa 3 m ga etadi. 
2.
Kefalsimonlar (Mugiloidei) kenja turkumiga 2 ta oila kiradi. 
Kefalsimonlar (Mugilidae) va aterinsimonlar (Atherinidae) oilalari. 
Kefalsimonlar oilasiga singillar, lobanlar, o’tkir tumshuqlilar, pilengaslar va boshqalar 
kiradi. Boshi unchalik katta emas, og’zi kichik, tishlari mayda, tanasida yon chiziqlari yo’q. Iliq 
va o’rtacha sovuq suvlarda uchraydi, masalan, Atlantik, Tinch, Hind okeanlarida. Bular 
qirg’oqqa yaqin joylarda yashaydi. 
Lobanlar
- asosan chuchuk suv baliqlari hisolanadi. Uzunligi 
75 sm. Ko’krak suzgichlarida uzunchoq tangachalari mavjud.Yosh lobanlar zooplakton bilan, 
voyaga etganlar – hamaxo’r (o’simliklar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, detritlar). 
Singillar
–O’rta er dengizi, Qora dengiz, Azov dengizlarda yashaydi. Kaspiy dengiziga 
iqlimlashtirilagan.
Aterinsimonlar unchalik katta bo’lmagan dengiz yoki chuchuk suv baliqlari bo’lib, tropik 
va subtropik dengizlarda yashaydi. Bularda boshi yon tomondan siqilgan bo’ladi. Qora dengiz, 
Azov dengizlarda va Kaspiy dengizlarda uchraydi. Tanasida kumush rang yo’l bor. Aterinlarni 
ham bir qancha turlari majud, masalan qora dengiz aterinasi va boshqlar. Sanoat ahamiyati 
unchalik katta emas.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish