99
1
Капитал қўйилмалар билан боғлиқ суғурта тўловлари бўйича
қарз
суммалари
0810-0890
6510
2
Суғурта
бўйича
ҳисобланган
тўловлар
корхона
харажатларига ўтказилди
Харажатлар
ни ҳисобга
олувчи
счётлар
6510
3
Ҳисобланган суғурта тўловлари суммаси банкдаги
счётлардан тўланди
6510
5110-5530
4
Корхона
ходими
ҳисобидан
мақсадли
Давлат
жамғармаларига ажратмалар қилинди
6710
6520
5
Корхона
ходими
ҳисобидан
мақсадли
давлат
жамғармаларига ажратмалар қилинди
Харажатлар
ни ҳисобга
олувчи
счётлар
6520
6
Мақсадли давлат жамғармаларига илгари ҳисобланган
суммалар ўтказиб берилди
6520
5110-5530
14- Mavzu. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Reja:
14.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha
14.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar
tarkibi
14.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash
xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi
14.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning buxgalteriya
hisobi
14.5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash
natijalari hisobi
14.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish maqsadida yoxud xo‘jalik faoliyati olib borishda
uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan
moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun
uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko‘rsatish uchun katta ahamiyatga ega.
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar:
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch bo‘lsa;
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi.
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga
mos kelishini belgilashda
dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli
darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida olingan aktivga ega bo‘lish, foydalanish va
boshqarish bilan bog‘liq barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obektga
ega bo‘lish bilan bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani
olishning etarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda ko‘rishi va o‘z
zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo‘yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda
iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha aktivni
sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo‘qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv
100
etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda,
buxgalteriya hisobi
amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish
operatsiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. SHu bilan birga, agar aktiv xo‘jalik subektining o‘z
kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi
kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi
mumkin.
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy akgivlar asosiy vositalar
tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan:
a) bir yildan ko‘proq xizmat muddati;
b) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan
ko‘proq
qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun.
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular
qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini
belgilashda xo‘jalik subekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona ko‘lami hamda korxonaning
xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin.
SHu 5-BHMSda xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar asosiy vositalar
tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilgan: a) maxsus asbob va qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim,
maxsus
poyabzal; va yotar joy buyumlari; v) kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari,
shuningdek, oshxona sochiq-dasturxonlari;) qurilish bo‘yicha sarflar qurishmontaj
ishlari qiymatiga
kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan
almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari.
SHuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida markazlashgan rejali
iqtisodiyot shart sharoitidan farqli o‘laroq, asosiy vositalarning yangi obektlari paydo bo‘ladi va
hisobga olinadi. Ularga qonun hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan er uchastkasi
ham kiradi.
YUqorida ko‘rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning yagona buxgalteriya
hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar
va ashyolar yoki alohida konstruktiv jihozlangan uskunalari bo‘lgan obekt inventar obekti, deb etirof
etiladi. Masalan, ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong‘indan saqlash,
ventilyasion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar
bino bilan birga bir
inventar obekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich
kameralari, sanoat pechlari, odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Ma’lum ishni
bajarishga mo‘ljallangan va o‘zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv
birikkan predmetlarning
alohida kompleksi ham o‘z navbatida invetar obekti bo‘lishi mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar
kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o‘z vazifasini
kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo‘lgan bitta yoki turli
vazifaga ega bo‘lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli
foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti bo‘lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya
hisobida alohida mustaqil inventar obekti sifatida etirof etiladi. YUqorida keltirilgan
misolga qaytsak,
faraz qilaylik, foydali xizmat muddati 40 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo‘lgan
korxonada foydali xizmat muddati etkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25 yilni tashkil
etadigan zamonaviy yong‘indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong‘indan
saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar obekti sifatida hisobga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: