93
oxirida analitik hisob qaydnomasi bo‘yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit
oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 4700, 4800,
6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – jurnal-orderga yozib qo‘yiladi.
4100, 4700 schyotlar bo‘yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko‘rsatiladi, 4800, 6900 –
schyotlar bo‘yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik
hisob birga ko‘rsatiladi.
Xodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo‘shayotgan hollarida, ish
haqi berish
uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga chiqish, ishdan bo‘shash,
pensiyaga chiqish
kunidan keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to‘lovlar hisoblashish davri orasidagi
to‘lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq
xodimlar bo‘lsa) to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo‘jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini
to‘lashda sodir bo‘ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo‘jalik
va safar xarajatlari
uchun pul mablag‘larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul
oladigan xodimlarning ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Beriladigan pul miqdori
cheklangan: xo‘jalik ehtig‘jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar
xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog‘liq. Safar xarajatiga pul
berishda yo‘lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Xizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor
shaxsga pul berish rahbarning buyrug‘i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul
hisoblab chiqilgandan so‘ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.
Belgilangan meyor doirasida yoki undan ortiq qilingan
safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga
qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o‘tkaziladi. Basharti safar xarajatlari
ishlab chiqarish jarayoniga o‘tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv
xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o‘tkaziladi.
12
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’yoridan
ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko‘paytiradi.
Belgilangan vazifa
bajarilgandan so‘ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar to‘g‘risida avans hisoboti
topshirishi shart. Qilingan
xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini
avans hisobotiga ilova qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: