62
2.
Hujjatlashtirish va uning ahamiyati.
3.
Hujjatlar aylanishi haqida tushuncha.
4.
Hujjatlar aylanishi grafigi.
5.
Hujjatlarni majburiy
rekvizitlari
6.
Hujjatlar turkumlanishi.
7.
Hujjatlarni qayta ishlash tartibi.
8.
Inventarizasiya va uning ahamiyati.
9.
Inventarizasiyaning turlari.
10.
Inventarizasiya natijalarini rasmiylashtirish.
9-mavzu. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari.
Reja.
9.1.Hisob registrlari haqida tushuncha, ularning roli va ahamiyati.
9.2.Hisob registrlarining turkumlanishi va shakllari.
9.3.Registrlardagi xato yozuvlar tuzatish usullari.Hisob registrlarida
yozuvlarni olib borish.
9.4.Buxgalteriya hisobi shakllari.
9.5.Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli.
9.6.Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli.
9.1.Hisob registrlari haqida tushuncha, ularning roli va ahamiyati.
Xo’jalik faoliyati to’g’risida tegishli ko’rsatkichlarni olish uchun hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar
kerak bo’ladi. Buning uchun bu ma’lumotlar hujjatlarda iqtisodiy mazmuniga qarab
guruhlangan va
ro’yxatga olingan bo’lishi kerak. Bunday ro’yxatga olish hujjatlarning saqlanishi ustidan nazorat
qilish hamda ularda aks ettirilgan ma’lumotlarning aniqligini ta’minlovchi hisob
registrlari yordamida
amalga oshiriladi.Hisob registrlari dastlabki axborot tashuvchilarda qayd etilgan mavjud mablag’lar
va operasiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ro’yxatga olish, guruhlash uchun moslangan qog’oz
varaqlaridan iborat yoki
hisob registrlari
deb-hisob yozuvlarini olib borishga mo’ljallangan
maxsus
grafalangan qog’ozlarga aytiladi.
Hisob registrlari har xil tuzilishga ega bo’lib, ikki belgisi - mazmunning hajmi va yozuv xarakteriga
qarab guruhlanadi.
Mazmunning hajmiga qarab sintetik va analitik registrlarga bo’linadi. Bunday bo’linish sintetik va
analitik ma’lumotlarning hisobda har xil vazifalarni bajarishi bilan bog’liqdir. Sintetik va analitik hisob
registrlari bir-birlaridan ma’lumotlarning mukammallik darajasi hamda ko’rsatkichlarining guruhlanishi
bilan farq qiladi. Sintetik registrlarning tuzilishi, eng avvalo, buxgalteriya hisobining shakliga bog’liq
bo’ladi, ko’pgina analitik registrlarniki esa ularda hisobga olinadigan obyektlarning xususiyatlariga
bog’liq. Analitik hisobda eng keng tarqalgan kartochkalarning shakllarini ko’rib chiqamiz.
Ikki tomonlama shaklda debet va kredit schyotlarining chap va o’ng tomonlari joylashtirilgan bo’ladi.
Har bir tomonida sana, yozuv raqami, matn va summa uchun mustaqil ustunlar ajratiladi.
Kartochkaning
chap tomoni
200_y._______________________________
(schyotning nomi)
Yozuv
Yozuv matni
Sana
№
63
Faqat pulda ifodalanadigan debitorlar , kreditorlar, banklar bilan va boshqa hisob - kitoblar bo’yicha
operasiyalarni hisobga olish uchun kartochkalarning kontokorrentli shakli qo’llaniladi.
Kontokorrent shakl
Debet
Kredit
Belgilar
Moddiy boyliklarning hisobi omborlarda miqdoriy shakldagi kartochkalarda yuritiladi, chunki unda
pul ko’rsatkichlari yo’q. Qoldiq ko’rsatkichi bo’yicha moddiy boyliklarning mavjudligi ustidan kuzatishda
katta ahamiyatga ega bo’lgan qoldiq ko’rsatkichi uchun bu kartochkalarda alohida ustun ajratilgan.
Miqdoriy shakl
Kirim
Chiqim
Qoldiq
Nazorat(imzo va sana)
«Nazorat» ustuni qilingan yozuvlarning turliligini tekshiruvchi buxgalterning imzosini qo’yish
uchun
xizmat qiladi.
Har xil xarajatlarni hisobga oladigan analitik hisob kartochkalarining tuzilishi alohida, boshqa
ko’rinishga ega. Uning yordamida birinchi navbatda har bir xarajat turi bo’yicha alohida summalar
to’grisidagi yakunii ma’lumotlar olinishi kerak. Shuning uchun bunday kartochkalarda bir summali ustun
(odatda debetli) xarajatlarning ayrim turlarini hisobga olish uchun ajratilgan qator ustunlarga bo’linadi.
Bunday shakl ko’p ustunli deb nomlanadi.
Ko’p ustunli shakl
Debet
Kredit
Belgi
Ko’p ustunli shaklga yozuvlar amalga oshirilayotganda xususiy ustunlarga yozilayotgan
har bir
summa «Debet-kredit» bo’limning yakuniy ustuniga ham, albatta, yozib qo’yiladi.
Ba’zi fermer xo’jaliklarilarda tovar - moddiy boyliklar ham natura, ham pul ko’rsatkichlarida hisobga
olinadi. Buning uchun miqdor - summa shakl xizmat qiladi.
Miqdor – summa shakl
Bahosi
Kirim
Chiqim
Qoldiq
Belgi
Miqdori
Summa
Miqdori
Summa
Miqdori
Summa
Bu ko’rib chiqilgan ustunli kartochkalarni ustunlarga ajratish usulidan boshqa hisob registrlari uchun,
masalan, analitik hisob - kitoblari yoki yordamchi hisob vedomostlari uchun ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: