23
YUqorida ta’kidlanganidek, xo‘jalik operatsiyalari va mablag‘lar turli-tumandir. Lekin
buxgalteriya hisobi ular haqida yig‘ma ko‘rsatkichlarni berishi kerak. Bu yig‘iladigan ma’lumotlar pul
o‘lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli qo‘llaniladi. Baholash
yordamida natura va mehnat ko‘rsatkichlari pul ko‘rsatkichlariga aylantiriladi.
Xo‘jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha
chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham moddiylashtirilgan mehnatni
hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq bo‘lgan, ularning
obektiga tegishli bo‘lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan mahsulotlarning
tannarxini aniqlab topish lozim bo‘ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori
ustidan nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan kalkulatsiya yordamida hisoblab topiladi. U obektlarning
haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
SHunday qilib, kalkulatsiya buxgalteriya hisobi obektlarini qiymatli o‘lchash
uchun xizmat
qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari
o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy tannarx
kalkulatsiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi.
Xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik operatsiyalarini
aks ettirishda, ularni boshqarish uchun zarur
bo‘lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi obektlarini iqtisodiy jihatdan guruhlashda
schyotlardan foydalaniladi.
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob obektlariga faqat tarqoq bo‘lgan tavsifni
beradi. SHu sababli schyotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ma’lumotlarni umumlashtirgan holda guruhlash
va summalashtirish lozim bo‘ladi. Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida schyotlar bajaradi.
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama
yozuv vositasida
amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo‘jalik operatsiyasi natijasida yuzaga
keladigan ikki hodisani o‘zaro bog‘langan holda aks ettirishdan iborat. Masalan, materiallarni xarid
qilish operatsiyasini qayd eta turib, sotib olingan qiymatliklarning kelishi va mol etkazib beruvchilarga
to‘langan pul mablag‘larining sarflanishi ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘lanadi yoki mahsulot tayyorlashga
meteriallar sarflashni aks ettira turib, o‘zaro bog‘liqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va
korxona omboridagi materiallarning kamayishi ko‘rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish
ularning iqtisodiy mazmunini ochib beradi va xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishga yordam
beradi.
SHunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi obektlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi, aniq obektlarning keng bo‘lgan tarkibi korxona xo‘jalik mablag‘larini
doimiy ko‘zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun xo‘jalik mablag‘larini ikki, ya’ni
ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga
qarab, ko‘rsatadigan buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Xo‘jalik mablag‘larini aks ettirishning bunday
tartibi ularning barcha yig‘indisini o‘zaro bog‘langan holda ko‘rish imkonini beradi va korxonaning
ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni engillashtiradi.
Xo‘jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirish buxgalteriya
hisobida ularni
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ustidan kuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko‘rsatkichlar
xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo‘yicha belgilanadi. Bu ishlab chiqarish va sotish
xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bularning hammasi hisob ma’lumotlari asosida
byudjet bajarlishining yig‘ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot hisob-kitoblarning
ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligini
va ularning o‘tgan davrdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy
ahvolini baholash maqsadida boshqa korxonalarning xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan solishtirish
mumkinligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: