Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana14.04.2022
Hajmi1,57 Mb.
#550628
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
Ж.НематовШахсий компютр архитектураси(ўқув амалиёти) Уқитиш мат туп

Operativ xotira 
Operativ xotira hajmi ko‘pincha yetishmaydi, ba’zan bo‘ladi va hech qachon 
haddan tashqari ko‘p bo‘lmaydi. Faqat moliyaviy cheklashlar bo‘lishi mumkin. 
Xotira hajmi million baytlar – megabayt (Mbayt)da o‘lchanadi. Ular qanchalik 
katta bo‘lsa, shunchalik yaxshi bo‘ladi va dasturlar tezroq ishlaydi. Zamonaviy 
dasturlar kamida 16 Mbayt hajmli xotira talab qiladilar, vaholanki xotirasi 32 
Mbaytdan kam bo‘lmagan kompyuterlarni eng ko‘p sotib olishadi. 64 Mbaytli 
xotira bilan istalgan dasturni ishlash mumkin, xotira 128 Mbayt bo‘lsa esa – juda 
yaxshi, lekin hozircha qimmatroq. 
Bir megabayt juda yaxshi hisoblangan paytlar u o‘nlab alohida 
mikrosxemalar ko‘rinishida turna qator bo‘lib onalik platasining katta qismini 
qoplar edi. Hozirgi 16-32 megabaytli hajmlarda plata o‘lchamlari juda katta bo‘lar 
edi. «Xotira» yangi texnologiyaga o‘tdi – u vertikal bo‘yicha o‘sa boshladi. 


59 
Dastlab xotiraning sakkiz razryadli SIMM moduli – katta bo‘lmagan 
platachalar paydo bo‘ldi; platachalarga xotira mikrosxemalari kavsharlanar edi. 
Odatda platada to‘rttadan sakkiztagacha bunday bo‘linmalar o‘rnatilar edi, SIMM-
modullarining o‘zi esa 4 Mbaytgacha hajmda bo‘lar edi (6.1-rasm). Bunda 
xotiraning umumiy hajmi 15-32 Mbaytgacha yetar edi. Bunday SIMM-modullar 
30 kontaktli (ularni o‘rnatish uchun bo‘linmadagi kontaktlar soni bo‘yicha) deb 
ataladi. 
8.1-rasm. Operativ xotira modullari 
Ularni 72 kontaktli SIMM-modullari almashtirdi; ularda xotira 32-razryadli 
qilib tashkil qilingan. 486 kompyuterlari uchun bunday moduldan bittasi yetar edi 
(to‘rtta 30 kontaktli o‘rniga), ma’lumotlar shinasi 64 razryadli «Pentium» uchun 
esa SIMM-modullar soni albatta juft bo‘lishi kerak. 
Bitta SIMM-modulning hajmi – 4 dan 32 Mbaytgacha. Umumiy holda 
kompyuterni tanlashda xotiraning zarur bo‘lgan hajmi modullarning eng kam 
sonida yig‘ilgan bo‘lishligiga intilish zarur. Bunda yanada kengaytirish uchun 
bo‘sh uyachalar qoladi. 
Hozirgi paytda SIMM-modullardan deyarli foydalanishmayapti. Xotira 
mikrosxemalarini ishlab chiqarish texnologiyasi – mikroelektronikaning eng tez 
rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Yaqin o‘tmishda xotira protsessorga nisbatan 
ancha sekin ishlardi va unga murojaat qilish uchun kutish sikllari va maxsus bufer 
sxemalar – kesh-xotiralardan foydalanishar edi. Bugungi kunda DIMM xotira 
modullari ko‘proq qo‘llanilmoqda; ular protsessor bilan sinxron ishlaydi (8.1-
rasm). 


60 
DIMM-modullarni juft o‘rnatish shart emas – ularning soni toq bo‘lishi ham 
mumkin. Eng universal onalik platalari ham DIMM-modullarini va ham SIMM-
modullarini o‘rnatish uchun bo‘linmalarga ega, lekin bu modullarni aralash 
o‘rnatib bo‘lmaydi. Ya’ni operativ xotira mikrosxemalari bir turga taalluqli 
bo‘lishi kerak.
Kompyuter ishining ishonchliligi muayyan modullarning xossalariga bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. Bir ishlab chiqaruvchining bir xil modullaridan foydalanish eng 
yaxshi variant hisoblanadi (agar bir partiyadan bo‘lsa yanada yaxshi). Shuning 
uchun sizning kompyuteringizda 32 Mbayt sig‘imli DIMM-modul o‘rnatilgan 
bo‘lsa, siz esa xotira sig‘imini 64 Mbaytgacha oshirmoqchi bo‘lsangiz – eng 
yaxshi variant – mavjud modulni sotish va uning o‘rniga bir partiyaga taalluqli 
bo‘lgan ikkita yangi, yoki 64 Mbayt sig‘imli bitta katta modulni sotib olishdir. 
Hozirgi paytda sig‘imi bir necha gigabaytgacha bo‘lgan DDR SDRAM 
(DDR) va RDRAM (6.2-rasm) modullari tobora keng qo‘llanilmoqda, DIMM-
modullarini ishlab chiqish to‘xtatilgan. Masalan, Intel korporatsiyasi pulni DRAM 
ishlab chiqarishga ajratmoqda. Elpida Memory va Intel korporatsiyalari Elpida 
ishlab chiqarishlari quvvatlarini rivojlantirish haqidagi hamkorlik bitimiga qo‘l 
qo‘yishdi. 
8.2-rasm. Samsung PC1066 RDRAM – 128 Mbayt 
Bugungi kunda Elpida Memory xotira ishlab chiquvchi yagona Yaponiya 
kompaniyasidir. Kompaniya NEC va Hitachi hamkorligida 1999 yilda tashkil 
qilindi. Ajratilayotgan mablag‘lar Xirosimadagi zavod quvvatini oshirishga 


61 
sarflanmoqda; bu zavod 0,11 mikronli texnologik jarayon bo‘yicha DRAM chiplari 
uchun 30 santimetrli taglik (подложка) chiqaradi. Elpida kompaniyasi Intel 
Capital dan tashqari boshqa investorlar tarafidan ham 
moliyalanadi. 
Intel bilan shartnoma shartlaridan biri – DRAM xotirasining yangi 
arxitekturasini ishlash bo‘yicha kompaniyalar rejalarini koordinatsiyalashdir. 
Hozirgi paytda bu – hisoblash tizimining tayanch elementlaridan biridir; xotira 
xarakteristikalarini yaxshilash umumiy unumdorlikni sezilarli oshiradi. 
Umumiy xotirali tizimlarda protsessorlar soni ko’p bo’ladi ammo ular 
yagona, umumiy xotiraga ega bo’ladilar. Umumiy xotirali tizimlarning tipik vakili 
sifatida simmetrik protsessorli SMP(symmetric multiprocessors) tizimni olish 
mumkin. SMP tizimida har bir protsessor bir xil unumdorlikga ega va umumiy 
xotiraga barcha prosessorlarning murojaat huquqi hamda murojaat vaqti 
davomiyligi ham bir xil bo’ladi. Quyida SMP tiziming strukturasi keltirilgan. 
8.3-rasm.SMP tizimi strukturasi 
Taqsimlangan xotirali tizimlar – parallel superkompyuterlar bo’lib, ularning 
tipik vakili MPP (massive parallel processing) hisoblanadi. MPP tizimi ko’p 
miqdorda protsessor va xotiraga ega. Bu tizim yuqori tezlik ega kanal orqali 
bog’langan, ajratilgan mashina (tugun) massivi qilib qurilgan, superkompyuter 


62 
modeli sifatida foydalaniladi. Har bir mashina (tugun) faqatgina lokal xotiraga 
murojaat qiladi. Bunda har bir mashina ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish yo’li 
orqali o’zaro bog’liq bo’lmagan jarayonlarni parallel ravishda bajaradi. Quyida 
MPP tizimining strukturasi keltirilgan. 
8.4-rasm.
 
MPP tizimining strukturasi 
Yuqoridagi ikkala sinf kompyuterlari ko’p hollarda ishchi sinf kompyuteri 
mikroprotsessorlari yordamida quriladi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish