Maktabgacha ta'lim muassasasida mehnat burchagi.
Mehnat burchagining
ahamiyati kattadir. Bunda bolalar ishlatishi mumkin bo'lgan quyidagi asboblar
saqlanadi:
—bichish-tikish uchun kerak bo'ladigan igna, ip, tugmacha, gazlama, gardish,
lentalar, qaychi, sim;
—bog'dorchilikda ishlatiladigan asboblardan tesha, kurakcha, xaskash,
ketmoncha, leyka, chelakcha, jo'yak olish uchun tayoqcha va kurakcha;
— mashg'ulot uchun kerak bo'ladigan yelim, qaychi, bigiz, pichoqcha, arra, egov
va sanoat chiqindilari.
Mashg'ulot davomida bolalarga asboblardan qanday foydalanish kerakligi o'rgatib
boriladi. Bolalar tomonidan bajarilgan ishlar bilan tanishtiriladi. Buzilgan o'yinchoqlar
88
ta'mirlanadi. Mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun quyidagi ta'lim-tarbiyaviy
talablarga e'tibor qilish lozim:
—bolalar mehnati uchun zarur shart-sharoitni yaratish, ish joyi bilan ta'minlash;
—kundalik rejimdan vaqt ajratish;
—bolalarning imkoniyatlariga va ularning kuchiga to'g'ri keladigan asbob-
anjomlar tanlay bilish;
—asbob-anjomlarni bolalar uchun qulay yerga joylashtirish;
—barcha gigiyena talablariga amal qilish, tozalik, sof havo, binoning to'g'ri
yoritilishi.
Mehnat topshiriqlari har bir bolaning yoshiga to`g`ri kelishi, bajarish
muddatining to`g`ri taqsimlanishi, mehnat qilayotganda qomatni to`g`ri tutishga
e’tiborni qaratish.
Turmushda uchraydigan hilma-xil materiallar:qutichalar (gugurt, karton, qand,
kosmetika kremlari, tish pastalari, vitaminlar va shu kabilarning qutilari), g'altaklar,
shishaning qopqoqlaridan bolalar o'yinchoqlar, sovg'alar tayyorlashadi.
Ishlab chiqarish chiqindilari:
porolon, penoplast, mis sim
bo'laklari. Porolondan
sabzavot va mevalarning xilma-xil shakllarini yasashda foydalaniladi. Yasalgan narsani
bo'yash uchun, u avval toza suv bilan namlanadi, so'ngra uni siqib olib, bo'yoqqa
bo'ktiriladi.
Porolondan yasalgan narsalarni bezatish uchun sim bo'laklari (rangli qoplamali
yoki qoplamasiz), mo'yna, gazlama qiyqimlari kerak bo'ladi.
Tabiiy materiallar quyidagilar
: qoraqarag'ay va qarag'ay so'tasi: o'rmon yong'qqlari,
cho'chqa yong'oq, kashtanlar; qarag'ay po'stlog'i, qushlarning patlari, o'tlar, poxol,
mox, po'stloq, ko'knor g'unchalari, yong'oq pallalari, chig'anoqlar va boshqalar.
Bularning hammasi qopqog'iga teshikchalar qilingan yopiq qutilarda saqlanadi. Agar
quruq va qorong'i xonalar bo'lsa, ularni to'shalgan eski gazetalar ustida quritish mumkin.
Bunday quritish tabiiy materialning tabiiy rangini va pishiqligini saqlash imkonini beradi.
Agarda tabiiy material (so'ta, cho'chqa yong'oq, kashtanlar) uzoq saqlansa, u qotib
qoladi. Shu sababli ularni kuzda yangilash lozim bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tilgan materiallar mashg'ulotlarni bolalar bilan birga o`tkazish uchun
ham, yakka holda foydalanish uchun ham yetarli miqdorda bo'lishi kerak. Barcha
materiallar bolalar mashg'ulotlardan bo'sh vaqtlarida foydalana olishlari uchun guruh
xonasida o'z joyiga ega bo'lishi, ularning yonida esa ish uchun zarur asboblar turishi lozim.
Kazein yelimdan
karton va qog'ozdan narsalar yasashda foydalaniladi. Mashg'ulotdan oldin
kazein yelimi kukuniga iliq suv solib, qaymoq darajasidagi quyuqlikka ega bo'lgunga
qadar yaxshilab aralashtiriladi va shu zahotiyoq idishlarga solinadi.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |