Barmoq teatri.
Yoz oyida bolalarning o'z qo'llari bilan yasagan o'yinchoqlaridan o'yinchoq
teatrlari, stol va barmoq teatrlari tashkil qilganda foydalanish mumkin. Bunda
bolalar nafaqat oddiy tomoshabin bo'lib qolmasdan, ular mehnat qiluvchi,
ijodkorga aylanib, o'zlaridan kichik ukalariga teatr ko'rsatish bilan ularni
xursand qiladilar.
Barmoq teatri qahramonlarini qog'ozdan yasash mumkin. Bu kichik konus va
silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan.
76
Qog'ozdan odam, hayvonlarning kichik shaklida barmoqqa tasvirini tayyorlab, uni
barmoqqa qog'ozdan uzuk shaklida yasalgan qog'oz halqaga yelimlanadi va
barmoqqa kiyib olinadi. Teatr qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash
mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab,
qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq
sig'adigan kichik teshikcha qilib qo'yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan,
dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan.
Barmoq teatri uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng
tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uni teskari
tomonidan tikib, so'ngra o'ngiga ag'dariladi,
qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan tikishni, ko'z, qosh, burun,
og'iz kabilarni tikish yoki yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin.
Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to'rdan bezaklarni o'zlari tikadilar. Porolondan ham
barmoq teatri qahramonlarini yasash mumkin. Porolondan turli qahramonlarning bosh qismini
tayyorlab, barmoqqa kiygazish joyini qilib, qahramonlarni bezatishda matolardan ham
foydalanish mumkin. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari ishtirokida barmoqqa kiyish uchun
qahramonni barmoqqa mos qilib bichib, usti tomonidan «halqa» choki bilan, ba'zan esa to'g'ri
chok bilan ichki tomonidan tikib,o'ngi tomoniga o'giriladi. Detallarni bolalar o'zlari tugmacha,
jun iplar yordamida jihozlaydilar.
Barmoq teatrini qog'oz quyqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog'ozdan silindr yasab,
barmoqqa mos qilib qog'oz quyqani silindrga kirgiziladi, so'ng xohlagan shaklni yasash mumkin.
Qurigandan keyin bosh qismlar bo'yaladi. Ularga ba'zi detallarni qog'ozdan qirqib, yelimlab
qo'ysa ham bo'ladi. Masalan: quloqlarni, ko'zlarni tugmachadan, matolardan, turli iplardan
sochlarni qilish mumkin. Bunday o'yinchoqlarni katta maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil
bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha qushcha, hayvonlar boshining orqa
tomoniga kichik karton kog'oz qoldig'idan barmoq sig'gulik qilib yopishtirib qo'yish mumkin.
Barmoq teatri boshqa teatrlar kabidir, lekin uning farqi shundaki, har bir ertak
qahramonlarini bolalarning barmoqlariga mos kichik, yoki ertak ko'rsatuvchining barmog'iga
to'g'ri keladigan qilib tayyorlanadi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |