Nevio Skala (Italiya):
- Aroqqa qarshi hech narsa qilolmayman. Lekin bu ichimlik juda
sovutilgan va hatto muzlatilgan bo‘lishi kerakki, shunda bir-ikki qultum
ichish mumkin. Umuman, men bunday o‘tkir alkagolli ichimliklarni yoq-
tirmayman. Agar zavodlar faqat men uchun bunday ichimlik ishlab chiqa-
radigan bo‘lishsa, xonavayron bo‘lishadi. Tushlikda 1 bokal vino bo‘lsa, bu
boshqa gap (Alkagol ichimliklar haqida).
Ivan De La Penya (Ispaniya):
- Men barcha narsani qo‘lga kiritishim mumkin edi. Buyuk futbol-
chiga aylanishim, orzularimga erishish hech gap emasdi... Yakunda nima
bo‘ldi? Shunchaki “joydari” futbolchilar qatoridan joy oldim. Yoshlikldagi
niyatlarimni amalga oshirishni uddalay olmadim... Men, men... E-ye, bor-
ye, barchasidan voz kechdim (Faoliyatini yakunlashi tog‘risida).
Pol Gaskoyn (Angliya):
- Alkogol menga olganidan ko‘ra ko‘proq narsa berdi
- Ushbu mavsumda menga 14 ta sariq kartochka ko‘rsatishdi. Shular-
dan sakkiztasi o‘zimning aybim tufayli, qolganlarini esa hakamning aybi
bilan qo‘lga kiritdim.
- Mavsum oxirida, uning boshida va o‘rtasida bo‘lgani kabi “Mid lsbro”
uchun unchalik ko‘p o‘ynamadim.
154
Yusupov FURQAT
Zayniddin Zidan (Fransiya):
- Siz meni haqiqatda jahon chempionatining finalida, faoliyatimni tu-
gatishimga 10 daqiqa qolganida bu ishni qilishni xohladi, deb o‘ylaysizmi?
Bu uydirma, uning ortidan javob reaksiyasi vujudga keladi. Aybdorlar
va “buzg‘unchilar”ni esa jazolash kerak (JCh-2006 da Materatsiga kalla
qo‘ygani haqida).
- Bu tarzda yo‘llagan 10 ta zarbadan 9 tasi tribunaga uchib ketgan
bo‘lardi. Ammo Glazgoda menga omad kulib boqdi. Mashg‘ulotlarda biror
marta bunday zarbalar yo‘llashni alohida mashq qilmaganman (ChL-2002
finalida “Baer” darvozasiga uragan “shedevr”i haqida).
- Futbol o‘ynash uchun oyoq kiyimim yo‘qligi uchun xafa bo‘lardim. Bir
kuni bir oyog‘i yo‘q kishini uchratib qoldim.
- Maydonda ham ijodkor o‘yinchi edim va bu borada hanuz o‘zgarganim
yo‘q. Faqat ijodning shakli boshqacha..
- Doimo hujumkor futbol tarafdori bo‘lganman. Lekin bunda hujum va
himoya o‘rtasidagi balansni ushlash lozim. Chunki ayniqsa, hozirgi futbol-
da mustahkam himoyasiz hech qayerga borolmaysiz.
Asosiy aqidam oddiy: futbol faqat xursandchilik ulashishi kerak. Harqa-
lay, muxlislarni siqiltirish uchun murabbiylikka o‘tmaganim aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |