Yusupov FURQAT
...tarjimon
Barchaga ma’lum, “Portu”, “Chelsi”, “Inter” klublarining sobiq,
“Real”ning amaldagi bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatini tarji-
mon sifatida boshlagan
...ota
O‘tmish futbolining eng taniqli yulduzlaridan biri, jahonning ikki
karra chempioni - braziliyalik Garrincha zurriyoti sifatida 14 nafar
bola rasman tan olingan. Ularning dastlabki 11 nafari qiz bo‘lgan.
...aktyor
“MYu” afsonalaridan biri Erik Kantona futbolchilik faoliyatiga
nuqta qo‘ygach, o‘zini bir qator filmlarda sinab ko‘rdi. Xususan,
“Erikka qarab” kartinasidagi roli kinotanqidchilarda ham iliq
taassurot uyg‘otdi. 1999-yili suratga olingan va Sheyk-xar Kapur
rejissyorlik qilgan “Elizabet” seriali futbolchi uchun tajriba maktabini
o‘tadi. Kantona shuningdek, Parij teatrlaridan birida Face au Paradis
nomli spektaklda ham rol ijro etgan.
...“sotqin”
Luish Figuning “Barselona”dan “Real”ga o‘tishi uni sotqinlarning
buyugiga aylantirdi. “El-klassiko” bahslarining birida kataloniyalik
muxlis Luishning yuziga Portugaliya bayrog‘i va cho‘chqa boshini
irg‘itdi. Ha, ishqibozlar sotqinlikni aslo kechirishmaydi.
371
FUTBOL FALSAFASI
SUARESNING TELBALIKLARI
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Suares so‘nggi 2 oy mobayni-
da karikaturachilarning asosiy “nishoni”ga aylandi. Ya’ni hujum-
chi futbolga g‘alati uslubini joriy qildi. U ko‘ziga yomon ko‘ringan
raqib larini chalib yiqitishi yoki musht urib qulatishdan ko‘ra, tishlab
olishni afzal biladi. Suaresning 4 ta telbaliklari haqida so‘z yurita-
miz.
1. Suarsening ilk katta telbaligi 2010-yilda “Ayaks”da to‘p
surayotgan kezida PSVga qarshi o‘yinda ro‘y berdi. Suares ushbu
o‘yinda juda ham ko‘p asabiylashdi. Ikkinchi bo‘limda uni hattoki
maydon chetlatishlari ham mumkin edi. PSVning yetakchi futbol-
chisi Afellay Luis bilan “to‘qnashib” ketganidan so‘ng ajoyib tarz-
da qulatildi. Aslida hech qanday “kontakt” bo‘lmagandi. Hayri-
yat, hakam ham vaziyatni to‘g‘ri baholay oldi. Aks holda hujumchi
o‘yinni barvaqt yakunlashi mumkin edi. 80-daqiqada esa Suares
maydon markazidan shunday kuchli zarba yo‘lladiki, Isaakson jid-
diy jarohat olish evaziga to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Aosisy
voqea qo‘shimcha vaqtda yuz berdi. Voqea joyiga oshiqqan Suares
Ottman Bakkalga yaqinlashdi va uning yelkasini tishlab oldi. G‘ayri
-
tabiiy tajovuzdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan Bakkal uchrashuv haka-
miga maykasi ostidagi qon tomchilarini ko‘rsatdi. Oqibatda “Ayaks”
rahbariyati Suaresni 2 ta o‘yinga diskalifikatsiya qildi. Shuningdek
jarimaga ham tortdi. 4 kundan keyin esa, Gollandiya futbol fede-
ratsiyasi hujumchining tajovuzkor harakatini qoralab, 7 ta o‘yinda
maydonga tushmasligini ma’lum qildi.
2. 2011-yilning qishida Suares “Liverpul” safida “Manchester
Yunayted”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. O‘yin vaqtida
u mehmonlar himoyachisi Patris Evraga nisbatan “negro” so‘zini
ishlatgan. U o‘zini oqlash uchun qilgan ma’ruzasida Urugvayda bu
372
Do'stlaringiz bilan baham: |